Odam yarim qomatini qo’llari bilan qalamtasvirda ishlash

Ushbu kitob tasviriy san'at, xususan qalamtasvirning mohiyatini yoritadi. Unda tasviriy san'at turlari, janrlari, qalamtasvirning ahamiyati va o'qitish metodikasi, shuningdek, odam qomatini qalamtasvirda tasvirlash uslublari va bosqichlari haqida ma'lumot berilgan. Asosan kasb-hunar kollejlari va pedagogika yo'nalishidagi talabalar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Tasviriy san'at va uning turlari: San'atning tarixiy rivojlanishi jarayonida uning turlari shakllana bordi. Grafika, rangtasvir, haykaltaroshlik, me'morchilik, xalq amaliy bezak san'ati va boshqalar.Ularning barchasi inson va ma'naviy hayotning muhim qismi bo'lib, yuksak badiiy ideyallarni, go'zallik haqidagi tushunchalarni ifoda etadi.
  • Qalamtasvir va uning maqsad-vazifalari: Qalamtasvir barcha tasviriy san'at turlarining asosi hisoblanadi. Rassom tasviriy san'at turining qaysi birida ijod qilishidan qat'iy nazar, qalamtasvirga asoslanadi. U o'zining kuzatishlari, katta asar kompozitsiyalari ustidagi izlanishlarini avval qalamda dastlabki chizgilar bilan ifodalaydi.
  • Odam yarim qomatini qo'llari bilan qalamtasvirda ishlash bosqichlari: Talaba gips bo'laklari rasmini chizishdan tirik odam boshi rasmini chizishga o'tar ekan, o'z ishida juda ko'p qiyinchilik va murakkabliklarga duch keladi. Tirik bosh esa doim harakatda bo'ladi: naturachi qimirlab ketsa, soya va yarim soyalar xarakteri o'zgaradi.
  • Ta'lim samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llashning mohiyati: Ta'lim muassasalarini resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlanadi oʻquv tarbiya jarayoni yangi oʻquv-uslubiy majmualar, ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan to'liq ta'minlanadi”. Bunda biz pedagogik