Boshlang'ich sinflarda Qambar ota va M.Murodov asarlarini o'qish darslarini tashkil qilish va o'tkazish metodikasi
Ushbu tadqiqot ishida boshlang'ich sinflarda Qambar Ota va Mahmud Murodov asarlarini o'qish darslarini tashkil qilish va o'tkazish metodikasi tadqiq qilingan. Tadqiqot mavzusi o'zbek bolalar adabiyotining ikki atoqli namoyandasi - Qambar Ota va Mahmud Murodov ijodiga bag'ishlangan. Kitobda ushbu yozuvchilarning boshlang'ich sinflarda o'rganiladigan asarlarini o'qish jarayonini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha metodik tavsiyalar berilgan. Jumladan, Qambar Ota she'rlari va Mahmud Murodovning ertak va hikoyalarini o'qish darslarida qo'llaniladigan ilg'or pedagogik texnologiyalar va metodlar tahlil qilingan.
Asosiy mavzular
- Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi kunda ta'lim tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining muhim ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Boshlang'ich ta'limda esa ona tili ta'limi, xususan o'qish darslari bolalarning tafakkurini rivojlantirishda, ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda muhim rol o'ynaydi. Shu nuqtai nazardan, Qambar Ota va Mahmud Murodov kabi bolalar adabiyotining ustoz yozuvchilarining asarlarini o'qish jarayonini tashkil etish metodikasini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
- Tadqiqot maqsadi: Boshlang'ich sinflarda Qambar Ota va Mahmud Murodov asarlarini o'qish darslarini tashkil qilish va o'tkazish metodikasini tadqiq qilish.
- Tadqiqot vazifalari: 1. Boshlang'ich sinflarda oʻrganiladigan Qambar Ota va Mahmud Murodov asarlari mundarijasini ochib berish. 2. Qambar Ota va M.Murodov hayot yoʻli va ijodiy faoliyati haqida to'xtalish. 3. Boshlang'ich sinflarda Qambar Ota she'rlarini o'qish darslarini tashkil qilish va oʻtkazish yoʻllarini belgilash. 4. Boshlang'ich sinflarda M.Murodov ertak va hikoyalarini o'qish darslarini tashkil qilish va oʻtkazish yo'llari koʻrsatish. 5. Boshlang'ich sinf o'qish darslarida Qambar Ota va M.Murodov asarlarini oʻrganish qoʻllaniladigan ilg'or pedagogik texnologiyalarni koʻrsatib berish. 6. Boshlang'ich sinflarda Qambar Ota va M.Murodov asarlarini oʻrganishning tarbiyaviy jihatlarini ochib berish.
- Tadqiqot obyekti: Boshlang'ich sinflarda Qambar Ota va Mahmud Murodov asarlarini oʻqish darslarini tashkil qilish va oʻtkazish jarayoni.
- Tadqiqot predmeti: Boshlang'ich sinflarda Qambar Ota va M.Murodov asarlarini o'qish darslarini tashkil qilish va oʻtkazish metodikasining mazmuni, metodlari, shakl va vositalari.
- Tadqiqot metodlari: Pedagogik kuzatish, taqqoslashtirish va umumlashtirish, ilmiy-metodik adabiyotlarni tahlil qilish.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Boshlang'ich sinflarda Qambar Ota va Mahmud Murodov asarlarini oʻrganishning nazariy-metodik asoslari yoritib berildi.
- Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati: Boshlang'ich sinf "O'qish kitobi" darsligida berilgan Qambar Ota va Mahmud Murodov asarlarini oʻrganish metodikasi nazariy jihatdan ochib berildi hamda ularni o'rganish darslarini tashkil qilish va oʻtkazish yoʻllari ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalaridan boshlang'ich sinf o'qituvchilari, shu yoʻnalishda ta'lim olayotgan talabalar foydalanishi mumkin.
- Tadqiqotning tuzilishi: Kirish, II bob, to'rt qism, Xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Uning hajmi 58 sahifani tashkil qiladi.
- Qambar Ota she'rlarini o'qish darslarini tashkil qilish va samarali o'tkazish yo'llari: Boshlang'ich sinflarda oʻqitiladigan lirik she'rlarning tarbiyaviy ahamiyati katta. Ular oʻquvchilarning his-tuyg'usiga kuchli ta'sir qiladi, estetik didini tarbiyalaydi, ularda vatanparvarlik, vatanga intilish vagoʻzallikka muhabbat hislarini uyg'otadi. Lirik she'rlar ifodali o'qish orqaliginatinglovchi qalbiga toʻliq borib yetadi. Qambar Otaning she'rlari ham lirik she'rlar hisoblanadi. Odatda, lik she'rlarda shoirning ichki kechinmalari bilan birga tabiat ko'rinishi ham ifoda etiladi, shuning uchun she'rdagi peysaj tasvirini oʻrganish ham alohida ahamiyatga egadir. Bunday ekskursiya oʻquvchilarda Vatan tabiatiga qizg'in muhabbat uyg'otadi, uni yanada yashnatishga intilish paydo qiladi.
- Mahmud Murodov ijodiy faoliyati hamda uning boshlang'ich sinf “Oʻqish kitobi: Bugungi kunda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni amalga oshirishning birdan-bir yo'li ta'limstandart tizimini tinmay takomillashtirish orqali yosh avlodni ilm-fan asoslari bilan chuqur qurollantirishdir. Zero, ilm olish yo'lidagi izlanish insonning e'tiqodi va dunyoqarashini shakllantiradi, ma'naviy-axloqiy kamolot sari yetaklaydi. Mahmud Murodovning «Bog'cha bola», «Kaska», Baxtini topgan Bahriniso», «Kim eng yaxshi?», «Salom, Quyosh bobo!», «Jonli surat» kabi qator hikoya va ertaklarida tarbiyaviy g'oya bolalarga tanish hayot materiallari orqali ifoda etiladi. Ushbu asarlar bolalarning kundalik hayotidan olib yozilgan bo'lib, unda bolalarning xulq-atvorini rivojlantirishga qaratilgan tarbiyaviy g'oyalar mavjud.
- Boshlang'ich sinfflarda M.Murodov ertak va hikoyalarini oʻrganish yo'llari: Boshlang'ich sinf «O'qish kitobi» darsligidagi berilgan Mahmud Murodovning bitta ertak va uchta hikoaysini o'qish jarayonida oʻquvchilar mard, toʻgʻri, mehnatsevar, vatanparvar, kamtar va mehribon kishilar haqida tasavvur hosil qiladilar; ma'naviy barkamol insonga xos fazilatlarni bilib oladilar. Bularning hammasi bola shaxsining shakllanishiga yordam beradi. Boshlang'ich sinf o'qish darslarida bolalarni badiiy asarlar vositasida estetik tarbiyalashga alohida ahamiyat beriladi. O'qitilayotgan matn va uni o'rgatish metodlari bolaning estetik qabul qilish qobiliyatini, tabiat va jamiyatdagi haqiqiy go'zallikni ajrata olish, kishilar hayoti va san'atdagi go'zallikni his qilish kabi estetik fazilatlarni rivojlantirish uchun xizmat qilishi lozim.
- Xulosa: Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni-bilimlarni oʻrganish, o'zlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi. Maktab ta'lim-tarbiya maskani boʻlib, shaxsning kelajagi shu maskanda uning qanday amalga oshirilishiga, tarbiyachi hisoblanmish o'qituvchining oʻz burch, vazifalariga qanday munosabatda boʻlishiga bog'liqdir. Barkamol insonni, ya'ni, avvalo, oʻzi yashab turgan jamiyat, xalq uchun fidoyi shaxsni tarbiyalashga ham shu yerda zamin qoʻyiladi. Boshlang'ich sinf oʻquvchilarining ma'naviy-axloqiy tarbiyasida darsliklardan o'rin olgan Qambar Ota va va Mahmud Murodovlar asarlarining katta ahamiyati bor. Boshlang'ich sinflarda Qambar Otaning toʻrtta she'ri va M.Murodovning bitta ertagi hamda uchta hikoyasi oʻqib oʻrganiladi. Qambar Otaning she'rlari o'zining g'oyaviy-siyosiy va badiiy estetik yuksakligi bilan alohida ajralib turadi. Ular oʻquvchilar ongida hayotbaxsh g'oyalar paydo qilishda muhim rol o'ynaydi. M.Murodovning hikoyalari qahramonlari oʻquvchilarning oʻzlariga tengdosh samimiy bolalardir. Bu qahramonlar orqali oʻquvchilarda mehnatsevarlik, do'stlik, g'amxo'rlik va yurtimizga, uning ona-tabiatiga mehr-muhabbat tuyg'ulari singdiriladi. Shu bois hikoya oʻqish darslarida hikoyalarning mazmun-mohiyatini ochib beradigan ish turlaridan: savol-javob, lug'at ustida ishlash, oʻqilgan matnni qayta hikoyalash, tanlab o'qish, badiiy tasviriy vositalarni aniqlash kabilardan foydalanish maqsadga muvofiq boʻladi.