Falsafa
Ushbu kitob "Falsafa" fanidan tuzilgan ma'ruzalar matni bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida tayyorlangan. Unda falsafiy bilimlar shakllanishi va rivojlanishining tarixiy bosqichlari, falsafiy dunyoqarash, inson hayotining maqsadi, mazmuni va mohiyati, borliq, harakat va rivojlanish, falsafiy kategoriyalar, ong, ruhiyat, bilish, jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, qadriyatlar, milliy falsafa, hozirgi dunyoning ilmiy, falsafiy, diniy manzarasi, insoniyatning umumbashariy muammolari kabi mavzular tahlil qilingan. Kitobda oʻzbek falsafasi, uning oʻtmishi va zamonaviy rivojlanishi, Islom Karimov istiqbol falsafasining asoschisi, dunyoqarash tushunchasi, mifologik dunyoqarash, diniy dunyoqarash, falsafa-dunyoqarash sifatida, dialektika, metafizika, sofistika, sinergetika, germenevtika, eklektika, dogmatika singari falsafiy uslublar, qadimgi va oʻrta asrlar falsafasi, falsafiy qonun va kategoriyalar, bilish falsafasi, inson falsafasi (antropologiya) kabi mavzular ham yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli: "Falsafa" atamasining mohiyati va mazmuni, uning talqinlari, falsafaning bahs mavzulari va ularning ilmiy-nazariy oʻrganilishi, Oʻzbekiston falsafasi, Islom Karimov istiqbol falsafasi, dunyoqarash tushunchasi, mifologik va diniy dunyoqarash, falsafa-dunyoqarash sifatida va uning ahamiyati.
- Qadimgi va oʻrta asrlar falsafasi: Markaziy Osiyodagi qadimgi falsafiy qarashlar, "Avesto” va zardushtiylik gʻoyalari, Makedoniyalik Iskandar istilosi va Grek-Baqtriya davri falsafasi, Markaziy Osiyoda buddaviylik, Moniy falsafasi, Mazdak gʻoyalari, Jahon tsivilizatsiyasiga Sharq falsafasining ta'siri, Qadimgi Xitoy falsafasi, Antik dunyo falsafasi, Xristianlikning shakllanishi va gʻarb falsafasiga ta'siri.
- Falsafiy qonun va kategoriyalar: Taraqqiyot jarayonida takrorlanish tamoyili, qonun va qonuniyat tushunchalari, dialektika, mazmun va shakl, sabab va oqibat, zaruriyat va tasodif, imkoniyat va voqelik kabi falsafiy kategoriyalar va ularning oʻzaro aloqadorligi.
- Bilish falsafasi: Gnoseologiya – bilish falsafasi. Bilish nazariyasining predmeti va uning mohiyati. Bilim va bilishning maqsadi. Inson bilishining asosiy bosqichlari: hissiy va aqliy bilish, ilmiy bilish va uning uslublari. Haqiqat tushunchasi va uning turlari.
- Inson falsafasi (antropologiya): Inson olamning tarkibiy qismi. Odam, individ, shaxs va inson tushunchalari. Insonning tabiati va mohiyati. Mustaqil Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurishda inson qadri va erkinliklari. Inson muammosini oʻrganishning tarbiyaviy zarurati va ahamiyati.
- Olam va odam: falsafiy talqin: Olam va fanning paydo boʻlishi va evolyutsiyasi haqida falsafiy fikrlar. Olam va odamning mavjudligi va yashashi bilan bogʻliq muammolar va falsafaning asosiy masalasi, monistik, dualistik va plyuralistik qarashlar. Olam tushunchasi, uning diniy, ilmiy va falsafiy manzarasi. Olamni anglashda inson ongi va ruhiyatining oʻrni.