Shaxs va jamiyat
«Shaxs va jamiyat» fani bo‘yicha testlar 1-mavzu. "Shaxs va jamiyat" kursining mazmuni va vazifalari 2-mavzu. Inson bioijtimoiy mavjudot 3-mavzu. Qadimgi dunyoda ijtimoiy fikrlar 4-mavzu. O’rta Osiyo mutafakkirlarining inson va jamiyathaqidagi ta’limotlari 5-mavzu. Evropada inson va jamiyatning mohiyati to’g’risidagi g’oyalar 6-mavzu. Hozirgi davrda shaxs va jamiyat taraqqiyoti masalalariga doir fikrlar va qarashlar 7-mavzu. Jamiyatning ijtimoiy tuzilishi masalalari 8-mavzu. Jamiyatning siyosiy va huquqiy tizimi. O’zbekistonda huquqiy demokratik jamiyat qurilishining asosiy yo’nalishlari 9-mavzu. Inson va jamiyatning ma’naviy hayoti. O’zbekistonda ma’naviy yangilanishning asosiy masalalari 10-mavzu. XXI asr va insoniyatning rivojlanish istiqbollari 11-mavzu. Zamonamizning olamshumul muammolari va O’zbekistonning kelajagi Glossariy "Shaxs va jamiyat" fani bo‘yicha testlar Adabiyolar
Asosiy mavzular
- 1-mavzu. "Shaxs va jamiyat" kursining mazmuni va vazifalari: 1. Fanning mazmuni va vazifalari. Fanlar taraqqiyotida differensiatsiya va integratsiya jarayonlari 2. "Shaxs va jamiyat" predmetining mazmuni va uning boshqa fanlar orasida tutgan o‘rni 3. Jamiyat taraqqiyotiga formatsiyaviy va sivilizatsiyaviy yondoshuvlar
- 2-mavzu. Inson bioijtimoiy mavjudot: 1. Inson hayotida fizik-ximik, biologik-fiziologik tomonlarning o‘rni va ahamiyati. 2. Inson ijtimoiy mavjudot sifatida. Inson, individ, shaxs tushunchalari. 3. Shaxsning tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar. 4. Jamiyat hayotida insonning o’rni. Buyuk shaxs maqomi.
- 3-mavzu. Qadimgi dunyoda ijtimoiy fikrlar: 1. Qadimgi Misr va Mesopotamiyada inson va jamiyat xaqidagi qarashlar. 2. Qadimgi Hindiston va Xitoydagi ijtimoiy fikrlar. 3. Qadimgi Gretsiya va Rimdagi ijtimoiy g’oyalar tizimi.
- 4-mavzu. O’rta Osiyo mutafakkirlarining inson va jamiyat haqidagi ta’limotlari: 1. O’rta Osiyoda islomgacha bo’lganijtimoiy fikrlar:zardushtiylik, moniylik, mazdakiylik 2. O’rta Osiyo mutafakkirlarining ijtimoiy taraqqiyot, insoniy munosabatlarning murakkabligi haqidagi fikrlari 3. O’rta Osiyolik mashhur davlat arboblarining ijtimoiy taraqqiyot, insoniy munosabatlarning murakkabligi haqidagi fikrlari
- 5-mavzu. Evropada inson va jamiyatning mohiyati to’g’risidagi g’oyalar: 1. Xristian nazariyotchilarining jamiyat va inson haqidagi g’oyalari 2. Rotsionalizm va pozitivizm 3. Milliy tushunchalar va jamiyat 4. Huquqiy madaniyat 5. Fuqarolik jamiyati
- 6-mavzu. Hozirgi davrda shaxs va jamiyat taraqqiyoti masalalariga doir fikrlar va qarashlar: 1. Milliy ideologiya 2. Jamiyatshunoslik ilmlari rivojlanishidagi xususiyatlar 3. O’zbekiston Respublikasining olamshumul muammolar yechimiga qo’shayotgan hissasi
- 7-mavzu. Jamiyatning ijtimoiy tuzilishi masalalari: 1. Jamiyatdagi ijtimoiy guruhlar, qatlamlar va sinflar tasnifi.
- 8-mavzu. Jamiyatning siyosiy va huquqiy tizimi. O’zbekistonda huquqiy demokratik jamiyat qurilishining asosiy yo’nalishlari: 1. Jamiyatning siyosiy tizimi 2. Davlat siyosiy sistemaning asosiy instituti 3. Hokimiyatning bo’linish tamoyili
- 9-mavzu. Inson va jamiyatning ma’naviy hayoti. O’zbekistonda ma’naviy yangilanishning asosiy masalalari: 1. Ma’naviyatning jamiyat hayotidagi o’rni 2. Mustaqillik va xalqimiz ma’naviyatining qayta tiklanishi
- 10-mavzu. XXI asr va insoniyatning rivojlanish istiqbollari: 1. Insoniyat kelajagi to’g’risidagi optimistik va pessimistik prognozlar 2. Resurslar muammosi. Insoniyat tarixidagi barcha muammolarni echishga intilish. 3. Dunyo okeanidan foydalanish muammosi.
- 11-mavzu. Zamonamizning olamshumul muammolari va O’zbekistonning kelajagi: 1. Olamshumul muammolar tushunchasi, ularning mazmuni, belgilar va turlari 2. Xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm – xalqlarning tinchligi va xavfsizligiga tahdid soluvchi jahonshumul muammo sifatida 3. O’zbekiston Respublikasining olamshumul muammolar yechimiga qo’shayotgan hissasi
- Glossariy: Borliq – inson ongidan tashqarida va unga bog’liq bo’lmagan holda, ya’ni ob’ektiv ravishda mavjud bo’lgan reallik. Aparteid – irqiy kamsitishga asoslangan holda mamlakat aholisini kuch bilan bo’lish siyosati. Institutsiyalar – kishilarning turli birlashmalari (oila, kasaba tashkiloti, partiya, davlat). Ijtimoiy tartibot – barqarorlik, uyg’unlik, ijtimoiy munosabatlarning, kishilar hatti-harakatlarining muvofiqligi kabi jamiyatdagi tartibot, uning normal faoliyat ko’rsatishini ta’minlovchi zaruriy shartlar. Qadriyat – 1) borliqdagi muayyan hodisalarning ijtimoiy, madaniy va insoniy mazmunini ko’rsatish uchun falsafiy va sotsiologik adabiyotlarda keng foydalaniladigan ibora. Odatda guruhga oid (ijtimoiy) va shaxsga oid qadriyatlar, shuningdek moddiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy qadriyatlar bir-biridan farqlanadi. 2) inson uchun ahamiyatli, uning uchun qimmatli va muhim bo’lgan, uning faoliyatida mo’ljal hisoblanuvchi narsa-hodisa. Inson faoliyatining muayyan mo’ljallari. Ijtimoiy munosabatlar – birgalikdagi amaliy va ma’naviy faoliyat jarayonida kishilar o’rtasida vujudga keluvchi munosabatlar. Umuminsoniy qadriyatlar – butun insoniyatning tarixiy ma’naviy tajribasini aks ettiruvchi va har qanday shaxsning to’laqonli hayot kechirishi va rivojlanishi, umuminsoniy manfaatlarning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratuvchi dunyoqarash ideallari, axloqiy va huquqiy normalar. Ijtimoiy muhit – kishilarning yashashi, kamol topishi, rivojlanishi va faoliyatini ta’minlovchi ijtimoiy (moddiy va ma’naviy) sharoitlarni o’z ichiga olgan va uni qurshab turgan ijtimoiy dunyo (sotsium). Ijtimoiy o’zaro ta’sir – ikki yoki undan ortiq individlar yoxud kishilar birlashmalari o’rtasida amalga oshuvchi turli-tuman ta’sirlar. Ijtimoiy ko’rsatma – turli darajada amal qiluvchi jamiyat (oila, kasbiy, siyosiy, diniy va shu kabi birlashmalar) tomonidan individ yoki jamoaning ijtimoiy ahamiyatli ob’ektga nisbatan muayyan tarzda munosabatda bo’lishga moyilligi va tayyorligini ta’minlovchi yo’l-yo’riqlar; shaxsning jamiyatdagi qadriyat mo’ljallari tizimi. Mojaro (nizo) – tomonlar, kuchlar, manfaatlar, fikrlar, qarashlar to’qnashuvi sifatida amal qiluvchi o’ziga xos ijtimoiy hodisa; murakkabliklar va kurashni ko’zda tutuvchi jiddiy kelishmovchilik, keskin tortishuv. Muomala, qiliq – insonning axloqiy o’z-o’zini anglashining natijasi sifatida baholanuvchi ongli harakati, bunda u o’zining o’z-o’ziga, boshqa kishilarga, kishilar guruhiga yoki jamiyatga munosabatida o’zini muayyan shaxs sifatida ko’rsatadi. Avtoritet (hurmat) – u yoki bu shaxs, qarashlar tizimi yoki tashkilotning muayyan sifatlari, xizmatlari uchun umum tag olingan ahamiyati, ta’siri.
- "Shaxs va jamiyat" fani bo‘yicha testlar: 1) Homo sapiens – bu ... 2) Kishilar ba’zi guruhlarining irqiy, milliy, etnik, diniy belgilarga ko‘ra qirib yuborilishiga... deyiladi. 3) Kishilar ba’zi guruhlarining muayyan hududlarda saqlab, ularning siyosiy, iqtisodiy, fuqaroviy va boshqa huquqlarini cheklash siyosati.... deyiladi. 4) Nikoh yoki qondoshlik belgisiga ko‘ra hosil bo‘lgan kishilar birligi... deyiladi 5) Parlament .... organi hisoblanadi 6) Yaxshilik va yomonlik nuqtai nazaridan boshqariluvchi insoniy munosabatlarga ... sohasi deyiladi 7) Davlat tomonidan o‘rnatilgan va kishilarning hatti-harakatini majburiy boshqarish sohasiga ... deyiladi a) axoq b) madaniyat v) huquq g) din 8) Tirik organizmlar, shuningdek insonning atrof-muhit bilan o‘zaro aloqadorliklari haqidagi fan ... deyiladi a) anatomiya b) zoologiya v) ekologiya g) geologiya 9) Insonni tushunishdagi nuqtai nazarlar tarixiy ketma-ketligi to‘g‘ri ko‘rsatigan javobni toping a) teotsentrizm – kosmotsentrizm – antropotsentrizm b) kosmotsentrizm – teotsentrizm – antropotsentrizm v) antropotsetrizm – kosmotsentrizm – teotsentrizm g) teotsentrizm – antropotsentrizm – kosmotsentrizm 10) Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qachon qabul qilingan? a) 1945 yil 9 may b) 1946 yil 6 avgust v) 1948 yil 10 dekabr g) 1949 yil 12 avgust 11) Inson va jamiyatni tushunishga qaratilgan eng qadimiy dunyoqarash nima deb ataladi? a) diniy, b) afsonaviy v) falsafiy g) ilmiy 12) Xalqaro hujjatlarning barchasida taqiqlangan ijtimoiy holat – bu... a) qullik b) hamkorlik v) urush g) yollanma mehnat 13) Shaxsning siyosiy maqomi (statusi) quyidagilarni anglatadi: a) insonning siyosiy qarashlari b) xalq hokimiyati v) insonning siyosiy munosabatlar tizimidagi o‘rni g) ko‘pchilik kishilarning siyosatga tortilganligi 14) Jamiyat taraqqiyotiga formatsiyaviy yondoshuv qachon va qanday g‘oya asosida vujudga kelgan? a) XIX asrda, iqtisodiy determinizm b) XIX asrda, materializm v) XIX asrda, klassitsizm g) XIX asrda, texnokratik yondoshuv 15) Nemis mutafakkiri I.G.Gerder fikricha insoniyat o‘z taraqqiyotida qonuniy ravishda ...ga keladi. a) tubanlikka b) insonparvarlikka v) kommunizmga g) boshboshdoqlikka 16) Hozirgi zamon xalqaro insonparvarlik huquqi (XIH)ga asos bo‘lgan 1864 yilgi xalqaro shartnoma qanday nom bilan atalgandi? a) Yarador va kasallarni dala gospitallarida saqlashni yaxshilash haqidagi konvensiya b) Harbiy asirlar bilan muomala haqidagi konvensiya v) Quruqlikdagi urush paytida yaradorlarning qismatini yaxshilash haqidagi konvensiya g) Urush paytida fuqaro aholini himoya qilish haqidagi konvensiya 17) Fin olimi P.Kuusi evolyusion jarayonni quyidagi bosqichlarga ajratadi a) kosmik, biologik, madaniy b) ximiyaviy, biologik, insoniy v) antropologik, madaniy g) biologik, texnik, kibernetik 18) Nima uchun xalqaro insonparvarlik huquqining bir qismi «Gaaga huquqi» deb ataladi? a) Chunki uni Gaaga shahrida yashovchi kishi ishlab chiqqan b) Chunki uning loyihasi Gaaga shahri ma’muriyati tomonidan taklif qilingan v) Chunki uning asoslari Gaaga shahrida ishlab chiqilgan g) Chunki Gaaga shahrida xalqaro sud joylashgan 19) Qadimgi Misrda dunyoning yaratuvchisi deb hisoblangan xudoning nomi a) Seta b) Ra v) Osiris g) Isida 20) "Xo‘jayinning qul bilan suhbati" nomli asar qaysi xalqqa mansub? a) Qadimgi misrliklarga b) Qadimgi xitoyliklarga v) Zahriddin Muhammad Bobur (1483-1530) g) Nodira (1792-1842) 46) Jamiyatning qaysi sohasi odamlarning hokimiyatga taalluqli munosabatlarini o‘z ichiga oladi? a) iqtisodiy b) ijtimoiy v) siyosiy g) ma’naviy 47) Quyidagi fikrni tugating: Xalqaro insonparvarlik huquqi... maqsadiga xizmat qiluvchi hatti-harakat qoidalarini o‘z ichiga oladi. a) fuqarolarga siyosiy huquq va erkinliklar berish b) qurolli mojaro paytida insonparvarlikning minimal darajasini saqlash v) xalqaro va ichki nizolar vaziyatida davlat chegaralarini saqlash g) tabiiy ofatlardan aziyat chekkanlarga yordam ko‘rsatish 48) "Diskriminatsiya" tushunchasi nimani anglatadi? a) kishilarning huquqbuzarlikka moyilligi haqidagi nazariya b) "kriminal politsiya" atamasining sinonimi v) diniy, irqiy, etnik va shunga o‘xshash boshqa belgilariga ko‘ra kishilar huquqlarining kamsititilishi g) xalqaro insonparvarlik huquqi normalariga nomuvofiq barcha xatti-harakatlar 49) Qaysi badiiy asar toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov va uning rafiqasi Bahrinisoning jasoratiga bag‘ishlangan? a) B. Polevoyning "Chin inson haqida qissa"si b) P. Levining "Agar u inson bo‘lsa" asari v) H. G‘ulomning "Toshkentliklar" asari g) R. Fayziyning "Hazrati inson" asari 50) Quyida keltirilayotgan chaqiriq qaysi asardan olingan: "... Respublikamizga kelgan birorta bola joylashmay qolmasligi lozim. Agar ochlikdan holdan toygan bolalarni ko‘rsangiz, garchi ular boshqa respublikalarga ketayotgan bo‘lsa-da, eshelonlarni Toshkentda qoldiring. O‘zbekiston ularni qabul qiladi, joylashtiradi, tarbiyalaydi, beistisno barchasini o‘qitadi..." a) A. Neverovning "Toshkent – non shahri" asaridan b) R. Fayziyning "Hazrati inson" asaridan v) E. Arifovning "Harbiy komendantning qaydnomalari" asaridan g) H. G‘ulomning "Toshkentliklar" asaridan 51) «Shaxs va jamiyat» o‘quv qo‘llanmasida tilga olingan XIX asrning taniqli tarixchisi Muhammad Hakimxon To‘raning (1802-1870) o‘sha davrdagi harbiy harakatlar aks ettirilgan asarining nomini ko‘rsating: a) «Tarixi jahonnomoi» («Dunyoni ko‘rish tarixi») b) «Muntaxab ut-tavorix» («Tanlangan tarixlar») v) «Tavorixi manzuma» («She’rlardagi tarix») g) «Tazkirai shuaro» («Shoirlar antologiyasi») 52) Shaxs... a) faqat axloqiy munosabatlarni amalga oshiruvchi va ongli siyosiy faoliyat yurituvchi sub’ekt b) o‘z shaxsining muhimligini ta’kidlovchi inson v) emotsional, irodaviy, ijtimoiy xususiyatlarning bir butunligini mujassam etgan, ijtimoiy taraqqiyot mahsuli bo‘lgan individ g) noyob xislatlarga ega bo‘lgan insonni bildiruvchi tushuncha 53) Inson va jamiyatning vujudga kelishi muammolari ilmiy tilda qanday ataladi? a) antropogenez b) sotsiogenez v) antropologiya g) antroposotsiogenez 54) Bolalar huquqlari haqidagi 1989 yilgi Konvensiyaga 2000 yilgi Fakultativ protokol unda qatnashuvchi davlatlarga quyidagi majburiyatlarni yuklaydi: a) 18 yoshdan kichik bo‘lganlarni qurolli kuchlar va guruhlarga yollashga yo‘l qo‘ymaslik b) maktabgacha tarbiya muassasalaridagi barcha bolalarni issiq ovqat bilan ta’minlash v) maktablarda informatika va hisoblash texnikasi asoslarini albatta o‘qitishni yo‘lga qo‘yish g) barcha fuqarolarning o‘rta ma’lumot olishini tashkil qilish 55) "Repressaliy" tushunchasining to‘g‘ri ta’rifini ko‘rsating a) boshqa davlat territoriyasini qandaydir da’volarni amalga oshirish maqsadida egallab olish b) mojaroning asta-sekin kengayishi, kuchayishi, keskinlashuvi v) o‘zaro nizoda bo‘lgan tomonlardan birining boshqa tomondan o‘ch olish maqsadida majburiy ravishda amalga oshiradigan hatti-harakatlari g) axborot xizmatlariga tashkiliy jihatdan qarshi turish 56) "Ratifikatsiya" – bu... a) ikki tomonning o‘zaro foydali hamkorlik bo‘yicha kelishuvi b) biror mamlakat nomidan imzolangan xalqaro shartnomaning ushbu davlat oliy organi tomonidan tasdiqlanishi v) harbiy mojarolarning (kodifikatsiya qilinishi) tasnif qilinishi g) davlat boshlig‘iga ishonch yorliqlarining topshirilishi 57) Fransuz mutafakkiri J.J.Russo fikricha... a) xalq hokimiyat shaklini o‘zgartirishga, ijtimoiy shartnomani bekor qilishga va o‘z tabiiy erkinligiga qaytishga haqli b) barcha kishilar jamiyatda o‘z ixtiyoriga ko‘ra yashashga haqli v) davlat kishilar hayotini istagan paytida o‘zgartirishga haqli g) inson peshonasiga yozilgan taqdirga ko‘nikishi shart 58) Shaxsning tarkib topishiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omillar qaysi javobda to‘liqroq ko‘rsatilgan? a) oilaviy tarbiya, ta’lim tizimi, shaxsiy tirishqoqlik, genetik omil b) ijtimoiy qurshov, shaxsiy tajriba, genetik xususiyatlar, madaniyatning ta’siri v) ta’lim va tarbiya, taqdir, oilaviy imkoniyat, insonning maqsadi, g) taqdir, muayyan darajadagi boylik, tirishqoqlik, saxovatli kishilar ta’siri 59) Olamning Olloh tomonidan yaratilganligini himoya qiluvchi qarash quyidagi konsepsiyalarning qaysi birida o‘z ifodasini topgan? a) evolyusiyaviy konsepsiya b) boshqa olamdan keltirilganlik konsepsiyasi v) doimiylik holati konsepsiyasi g) kreatsionizm konsepsiyasi 60) Erdagi hayot kootservat moddalardan boshlanadi, degan fikrni kim aytgan? a) ingliz olimi A.Uolles b) fransuz olimi P.Laplas v) rus olimi A.Oparin g) amerika olimi S.Myuller 61) Bu mamlakatning o‘ziga xosligi shundaki, unda ruhoniylik hech qachon katta ahamiyatga ega bo‘lmagan. a) qadimgi Rim b) qadimgi Xitoy v) qadimgi Hindiston g) qadimgi Gretsiya 62) Insoniylik – oliy, deyarli etishib bo‘lmaydigan idealdir, u barcha konkret etuklik va takomilliklarning yig‘indisi bo‘lib, unga faqat o‘tmishda yashaganlar erishganlar, degan fikr kimga tegishli? a) Konfutsiy b) Sitseron v) Forobiy g) Gegel 63) Insonning, ijtimoiy guruhlarning va umuman jamiyatning xatti-harakati anglanmagan psixik faoliyat, instiktlarga bog‘liq, degan fikrni kim aytgan? a) Karl Yaspers b) Ogyust Kont v) Zigmund Freyd g) Nikolay Berdyaev 64) Qaysi bir javobda faqatgina siyosiy-sotsial institutlar ko‘rsatilgan? a) banklar, davlat, mulk, oila b) partiya, davlat, kasaba uyushmalari v) davlat, kasaba uyushmalari, biznes, oila g) ta’lim, din, madaniyat, oila. 65) Bozor iqtisodiyoti sharoitida oilaning qaysi vazifalari ko‘proq ahamiyat kasb etadi? a) xo‘jalik, tarbiyaviy, iqtisodiy b) avlodlarni etishtirish, regulyativ (tartibga solish), iqtisodiy v) bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish, avlodlarni etishtirish g) iqtisodiy, xo‘jalik-maishiy, avlodlarni etishtirish 66) Qadimgi Hindistonda jamiyat qanday ijtimoiy tabaqalarga bo‘lingan? a) braxmanlar, savdogarlar, plebeylar, dehqonlar b) patritsiylar, braxmanlar, shudralar, mulkdorlar v) braxmanlar, harbiylar, boshqaruvchilar, faylasuflar g) braxmanlar, kshatriylar, vayshlar, shudralar 67) Quyida shaxsga berilgan ta’rifning qaysi biri mukammalroq hisoblanadi? a) shaxs tabiatdan yuqori turuvchi sotsial mavjudot. b) shaxs alohida yarq etgan individuallik. v) shaxs tarixni harakatga keltiruvchi kuch. g) shaxs sotsial mavjudot, sotsial hayotning ongli sub’ekti bo‘lgan har bir inson.
- Adabiyolar: 1.Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. 6-j., T., O’zbekiston, 1998. 2.Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-j., T., O’zbekiston, 1999. 3.Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. 8-j., T., O’zbekiston, 2000. 4.Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. 9-j., O’zbekiston, 2001. 5.Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. 10-j., O’zbekiston, 2002. 6.Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T., O’zbekiston. 2000. 7.Mahmudov T. Mustaqillik va ma’naviyat. T.: 2001. 8.Murodov X., Muxammadiev N., Jamolov G’. O’zbekiston jahon hamjamiyati safida. T., 2000. 9.Xurram Baraka. Tasavvuf va Xoja Ahrori Valiy. Samarqand, 1997. 10.Choriev A. Inson falsafasi. I kitob. Inson to’g’risidagi falsafiy fikrlar taraqqiyoti. Qarshi, 1998. 11.Choriev A. Tasavvuf falsafasida inson qiyofasi. Qarshi, 1997. 12.Choriev A. Millatlararo munosabat madaniyati. Qarshi, 1993. 13.Choriev A. Inson falsafasi. II kitob. Mustaqil shaxs. T., 2002.