Янги туғилган чақалоқлар муаммоларини ҳал қилиш
Ushbu qo'llanma yangi tug'ilgan chaqaloqlardagi kasalliklar, ularning oldini olish, diagnostikasi va davolash usullari haqida batafsil ma'lumot beradi. Qo'llanma tibbiyot xodimlari, jumladan shifokorlar, hamshiralar va akusherlar uchun mo'ljallangan bo'lib, ular neonatal parvarishni takomillashtirishga yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Yangi tug'ilgan chaqaloqlarning umumiy parvarishi: Ushbu mavzu yangi tug'ilgan chaqaloqni parvarishlashning asosiy tamoyillari, jumladan ovqatlantirish, tana haroratini normal saqlash, infektsiyani oldini olish, immunizatsiya va o'sishni baholashni o'z ichiga oladi. Shuningdek, unda kislorod, antibiotiklar tayinlash va qon tarkiblarini quyish qoidalari haqida ma'lumotlar berilgan. Ruhni qo'llab-quvvatlash, kasalni ko'rish, uyga jo'natish va keyingi kuzatuv bo'yicha ham ma'lumotlar kiritilgan.
- Yangi tug'ilgan chaqaloqlardagi umumiy kasalliklar va ularning diagnostikasi: Qo'llanmada respirator distress sindromi, nafas olish buzilishi, sepsiz, gipoglikemiya, jigar kasalliklari, diareya, qusish, sariqlik, gemolitik kasalliklar, kon'yunktivit va boshqa ko'plab kasalliklarning diagnostikasi va davolash usullari batafsil yoritilgan. Har bir kasallikning belgilari, sindromlari va qo'shimcha tekshiruvlar haqida ma'lumot berilgan.
- Maxsus holatlarni davolash: Bu qismda tug'ma nuqsonlar, jumladan lab va tanglay tirqishlari, maymoqlik, umurtqa pog'onasi nuqsonlari, tug'ma yurak nuqsonlari, teri va shilliq qavatlardagi muammolar (qiizargan, yiringli ko'zlar, kinid qonashi) kabi holatlarni davolash usullari ko'rsatilgan. Shuningdek, tug'ma zaxm, sil, B gepatit va OITS kabi infeksiyalar bilan kasallangan onalardan tug'ilgan chaqaloqlarni parvarishlash usullari ham bayon etilgan.