Klinik farmakologiya
Qo'llanmada klinik farmakologiya fani asosiy savollari, aniq kasallik va sindromlarda bemorga dorining klinik va farmakologik tavsifidan kelib chiqib, samarali va xavfsiz dori va dorilar aralashmasini tavsiya qilish, o'tkazilayotgan farmakoterapiyani samaradorligi va xavfsizligini nazorat qilish usullari yoritilgan. Qo'llanma farmatsevtika, tibbiyot institutlari davolash va pediatriya kulliyotlari talabalari hamda amaliyot vrachlari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Klinik farmakologiya fani maqsadi, vazifalari va qisqacha tarixi, boshqa fanlar orasida tutgan o‘rni: Farmakologiyaning taraqqiyoti amaliy tibbiyotni yuqori samarali dori vositalari bilan boyishiga olib keldi. Texnikaviy taraqqiyot bugungi kunda ilmiy va amaliy tibbiyotda dorilarning inson organizmiga ta’siri haqida to‘plangan dunyo tibbiyoti tajribasini e’tiborga olib, Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti 1971-yili «Klinik farmakologiya»ni alohida fan sifatida e’tirof etdi. Bundan maqsad dorilar farmakodinamikasi, farmakokinetikasi, o‘zaro va salbiy ta’sirlarini klinik o‘rganishni hozirgi zamon texnikaviy asosda chuqurlashtirishni ko‘zda tutadi.
- Klinik farmakologiya — aniq kasallik yoki sindromda bemorga dorining klinik va farmakologik tavsifidan kelib chiqqan holda samarali dori tanlash, samarali va xavfsiz dorilar aralashmasini tavsiya etish hamda o'tkazilayotgan farmakoterapiyaning samaradorligi va xavfsizligini nazorat qilish haqidagi fandir.: Demak, klinik farmakologiyani bosh maqsadi - samarali, xavfsiz, individual farmakoterapiyani olkazishni ta’minlashdan iborat. Klinik farmakologiya fani yosh bo'lsa-da uning hal qiladigan masalalari hozirgi kun tibbiyot amaliyoti uchun dolzarbdir. Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti ekspertlari ta’kidlashicha klinik farmakologiya fani vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Dorilarni samarali, xavfsiz ishlatish yo‘llarini ishlab chiqish bilan farmakoterapiya sifatini oshirish. 2. Yangi dorilami klinik sinovdan o‘tkazish: dorilarning farmakodinamikasi, farmakokinetikasi o‘zaro va salbiy ta’sirlari haqida ilmiy-amaliy ma’lumotlar to‘plash (ilmiy tadqiqot ishlari). 3. Dorilami inson organizmiga ta’siri haqidagi dunyo amaliyotida to‘plangan ma’lumotlarni yig‘ish va o‘qitish (ilm tarqatish).
- Klinik farmakologiya fani mediko-biologik fanlar (farmakologiya, fiziologiya, bioximtya, mikrobiologiya, patologik fiziologiya va anatomiya) hamda klinik fanlar (ichki kasalliklar propedevtikasi va klinik biokimyo laboratoriya ishi, ichki kasalliklar, jarrohlik, akusher-ginekologiya) bilan chambarchas bog‘liqdir.: Klinik farmakologiya fani vrachni kundalik ishida uchraydigan samarali. xavfsiz, individual dori tanlash, samarali dorilar aralashmasini tavsiya etish, o‘tkazilayotgan farmakoterapiyani nazorat qilish kabi dolzarb masalani hal qilishda ko'maklashadi.