“Pedagogika.Psixologiya” fanidan mustaqil ishlarni tashkil etishning maqsad va vazifalari

Ushbu uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni, O'zbekiston Davlat ta'lim standarti bo'yicha bakalavrlar tayyorlash saviyasi va mazmuniga majburiy talablar hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligining 2009 yil 11 iyundagi 204-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan «Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi tug'risida Nizom» ga asosan tuzilgan bo'lib, talabalarning «Pedagogika.Psixologiya» fanini mustaqil va mukammal o'rganishida muhim ahamiyatga ega. Bunda «Pedagogika.Psixologiya» fanidan mustaqil tayyorlanish uchun ON va YaN bo'yicha og'zaki, yozma, test nazorati savollari, fanning mazmunini ifodalovchi mavzular bo'yicha savol-javoblar hamda JN, ON, YaNlar bo'yicha talabalarning mustaqil ish topshiriqlari mavzulari batafsil yoritilgan. Uslubiy qo'llanma «Texnologiya» fakultetining Kimyoviy texnologiya yo'nalishi III kurs talabalariga mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Ushbu uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni, O'zbekiston Davlat ta'lim standarti bo'yicha bakalavrlar tayyorlash saviyasi va mazmuniga majburiy talablar hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligining 2009 yil 11 iyundagi 204-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan «Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi tug'risida Nizom» ga asosan tuzilgan bo'lib, talabalarning «Pedagogika.Psixologiya» fanini mustaqil va mukammal o'rganishida muhim ahamiyatga ega.
  • JN, OH va YaH lar bo'yicha mustaqil ish va topshiriqlar mavzulari: Pedagogik psixologiyaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari; Pedagogikaning metodlari. Pedagogikaning tarmoqlari; Pedagogik texnologiyalar va ularning mohiyati; Oila-pedagogik o'zaro munosabatlar, shaxs tarbiyasi va kamolotining sub'ekti. Oiladagi tarbiyaviy vazifalar; O'z-o'zini tarbiyalash va o'z-o'zini kamol toptirish; Ta'lim jarayoni; o'qitish va o'qish; Pedagogik nazorat va o'quvchilar o'zlashtirishini baholash xususiyatlari; «Psixologiya» fanining predmeti va vazifalari; Psixologiya va pedagogika; Individ, shaxs, individuallik. Shaxs tuzilishi; Shaxsning shakllanishi; Muloqot va uning turlari; Boshqaruv psixologiyasi; Rahbarlik ishini tashkil etish mahorati; Mehnat psixologiyasi.
  • «Pedagogika.Psixologiya» fanini o'rganishi va o'zlashtirishi bo'yicha savol-javoblar: Pedagogika qanday fan, u nima haqida bahs yuritadi?; Nima uchun pedagogika fanini hamma o'rganishi bilishi lozim?; Pedagogika fani qaysi fan negizida paydo bo'lgan?; Pedagogikaning fan sifatida shakllanishiga katta hissa qo'shgan olim?; Qachon O'rta Osiyoda ham pedagogik fikrlar taraqqiy eta boshladi?; Maktab so'zining ma'nosi nima?; Tarbiyaning ijtimoiy hodisa ekanligini izohlab bering?; Pedagogika fanlari tizimiga qaysi fanlar kiradi?; Pedagogika.Psixologiya nimani o'rganadi?; Pedagogika tarixi nimani o'rganadi?; Maxsus pedagogika nima?; Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasini izohlang?; Pedagogika fanining ob'ekti va predmeti nima?; Pedagogika fanining asosiy tushuncha (kategoriya)lariga nimalar kiradi?; Ta'lim deb nimaga aytiladi?; Tarbiya deb nimaga aytiladi?; Shaxsning shakllanishi va rivojlanishi (kamol topishi) deganda nimani tushunasiz?; Malaka nima?; “Ilm inson uchun g'oyat oliy va muqaddas fazilatdir”. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidir degan fikr qaysi pedagog-olim ta'kidlab o'tgan?; Ma'lumot deb nimaga aytiladi?.; Bilim nima?.; Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlariga nimalar kiradi?; Pedagogik eksperiment deganda nimani tushunasiz?; Anketa nima?.; Fan dasturining asosiy vazifasi nimalardan iborat?.; Jamiyatning o'qituvchi oldiga qo'yadigan asosiy talablarini ayting?; Pedagog psixologiya, pedagogika, yoshlar fiziologiyasi, maktab gigienasidan chuqur bilimlarga ega bo'lishi; O'zi dars beradigan fan bo'yicha mustaqil bilimga ega bo'lib, o'z kasbi sohasi bo'yicha jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo'lishi; Ta'lim-tarbiya metodikasini egallashi; O'z ishiga ijodiy yondashishi; Pedagogik texnika (mantiq, nutq ta'limining ifodali vositalari va pedagogik taktga ega bo'lishi); O'z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi kabi talablarga to'la javob bera olishga intilishi lozim va shart.; Pedagogik texnologiya tushunchasi fanga qachon kirib keldi?; Tarbiya haqidagi pedagogik fikrlar, qarashlar va ta'limotlar qaerda yuzaga kelgan?; Qog'oz ilk bor qaerda kashf qilingan?; Mehnat tarbiyasining vazifalarini ayting?; Ekologik ta'lim deganda nimani tushunasiz?; O'zbekistonda «Ta'lim to'g'risida» gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qachon qabul qilindi?; Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi va vazifalari?; Ta'lim turlarini ayting?; Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim; Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; Maktabdan tashqari ta'lim; Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalarini ruyobga chiqarish bosqichlari?; Kadrlar tayyorlashning milliy modelining tarkibiy komponentlariga nimalar kiradi?; Didaktika nima?; Didaktikaning asoschisi?; Nazariya nima?; Amaliyot nima?; Ta'lim jarayoni mohiyatini tushuntiring?; Ta'lim jarayonining ikki yoqlama xarakteri?; Ta'lim mazmuni haqida tushuncha bering?; Davlat ta'lim standartlari nima?; O'quv rejasi nima?; O'quv dasturi nima?; Darslik va unga qo'yilgan talablar. Darslikda mavzu soda, ravon tilda yozilishi, hamda tegishli qoida va ta'riflar berilishi kerak. Darslik ichidagi va muqovasidagi chizilgan rasmlar va bezatilishi o'quvchining yoshiga mos, fanning xarakteriga monand bo'lmog'i zarur. Mavzulardan fikrlar aniq va qisqa bo'lishi, ilmiylikka asoslanishi kerak.; Dars deb nimaga aytiladi?.; Ta'lim qonuniyatlari haqida umumiy tushuncha bering.; O'qitishning yetakchi qoidalariga nimalar kiradi?.; Ta'lim usullari haqida tushuncha bering? Ta'lim jarayonida to'g'ri usul tanlar ekanmiz, ko'zlangan natijaga komil ishonch va qisqa yo'l bilan erisha olamiz. Ta'lim usuli deganda, ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlari tushuniladi. O'qitish usullari ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchi-talaba faoliyatining qanday bo'lishini, o'qitish jarayonini qanday qilib tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi.; Ta'lim usullarining turlari?.; Ta'limning og'zaki usullari ga tavsif bering?.; Ta'limning amaliy usullariga tavsif bering?; O'qitishning amaliy usullariga yozma mashqlar (masalalar yechish, chizmalar tayyorlash), tajriba – laboratoriya tipidagi mashqlar (frontal tajribalar, laboratoriya ishlari, amaliyot, o'qitishning texnik vositalari va boshqalar); mehnat topshiriqlarini bajarish usullari kiradi. Amaliy metodlar o'qitishning og'zaki va ko'rsatmali metodlari bilan uzviy birlikda qullaniladi.; Ta'lim jarayonida o'quvchilarni rag'batlantirish deganda nimani tushunasiz?.; O'qitishni tashkil etish shakllari haqida tushuncha tushuncha bering.; Maktab ta'limida sinf-dars tizimini yaratgan Yan Amos Komenskiy (1592-1670) tarixda birinchi bo'lib maktab taʻlimida sinf-dars tizimini yaratdi.; Darsni tashkil etish va olib borishdagi bosh maqsad nima?.; Darsni tashkil etish va olib borishdagi bosh maqsad ta'lim jarayonining samaradorligini ta'minlashdir. Buning uchun: o'tilayotgan mavzudan ko'zlangan maqsadni o'qtirish bilan bir vaqtda, o'quvchilar materialni faol idrok qilishga safarbar etilgan bo'lishlari kerak. Ya'ni o'qituvchi bayon qilayotgan mavzu o'quvchilarni mustaqil fikr yuritishga, ongli o'zlashtirishga intilishlarini ta'minlamog'i lozim; Ajratilgan vaqt ichida o'qituvchi materiallarni tizimli va izchil bayon qilish bilan bir vaqtda, o'quvchilarni ham, albatta, mavzuga oid mustaqil ish olib borishlarini ta'minlash juda muhimdir.; Oliy o'quv yurtlarida o'qitishning tashkiliy shakllariga nimalar kiradi?.; Oliy o'quv yurtlarida o'qitishning shakl va usullari tasnifi o'zaro bog'langan va o'zaro shartlangan ikki faoliyatga tayanadi: o'quv jarayonini boshqarish va tashkil etish bo'yicha o'qituvchilarning faoliyati; talabalarning o'quv va bilish faoliyati.; Oliy maktabdagi o'quv jarayoni shakllariga ma'ruza, seminar va amaliy mashg'ulotlar, laboratoriya mashg'ulotlari, o'quv anjumanlar, maslahatlar, ekskursiya, ekspeditsiya, o'quv ishlab chiqarish pedagogik amaliyoti, kurs va diplom ishlari, talabalarning mustaqil taʻlimi kabilar kiradi.; Tarbiya jarayonining mohiyati.; Tarbiya ta'lim berish bilan mustahkam aloqada bo'lgani holda o'ziga xos qonuniyatlarga ega. Ta'lim-tarbiya yaxlit pedagogik jarayondir. Lekin ular bir-biriga aynan o'xshash emas. Tarbiya jarayoni murakkab jarayon bo'lib, u uzoq davom etadi hamda uning natijasini ko'rish qiyinroq kechadi. Bolalarni tarbiyalash ular tug'ilgan vaqtidan boshlanadi va muntazam ravishda ta'lim berish bilan birga olib boriladi. Bolaning o'sishi va tarbiyasi uning faoliyati jarayonida amalga oshiriladi.; O'z-o'zini tarbiyalash nima?.; Tarbiya jarayoni o'z-o'zini tarbiyalash bilan mustaxkam bog'langan. O'z-o'zini tarbiyalash kishining o'z shaxsini o'zgartirishga qaratilgan faoliyatidir. O'z-o'zini tarbiyalash to'g'ri tarbiya berish bilan birga sodir bo'ladi va ayni vaqtda to'g'ri tarbiya natijasi hisoblanadi.; O'z-o'zini tarbiyalashning muvaffaqiyatli bo'lishi uchun har bir kishi o'z-o'zini to'g'ri baholay bilishga o'rganishi, hayotda o'zi intilishi lozim bo'lgan idealni aniq tushungan holda o'zidagi ijobiy sifatlarni va mavjud kamchiliklarni ko'ra olishi muhim ahamiyatga ega.; Tarbiya qonuniyatlari va qoidalariga izoh bering.; Tarbiya qoidasi-pedagog ta'lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang'ich holat, rahbarlik asosidir. Tarbiya qoidalari o'qituvchi, tarbiyachilarga yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi qoidalar hisoblanadi. Tarbiya qoidalari Sharq va Markaziy Osiyo faylasuf-donishmandlarining fikrlari va milliy pedagogika erishgan yutuqlarga asoslanadi. Tarbiya qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin: tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi, tarbiyaning insonparvarlik va demokratik qoidasi, tarbiyani hayot bilan, mehnat bilan bog'liqligi qoidasi, tarbiyada milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi qoidasi, tarbiyada o'quvchilarning yoshi va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish qoidasi, izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta'sirlarning birligi va uzluksizligi qoidasi va boshqalar.; Komillik necha bosqichdan iborat?; Komillik uch bosqichdan iborat: jismoniy salomatlik; axloqiy poklik; aqliy yetuklik. Bu bosqichlarni shakllantirishda mustaqil fikrlash yetakchi o'rin egallaydi.; Tarbiya usullari haqida tushucha berin?; Tarbiya usullari - o'qituvchi, tarbiyachining tarbiyalanuvchilarga ta'sir ko'rsatish usullari, ularga ijobiy xulq-atvor ko'nikmalari va malakalarini singdirish maqsadida ularning hayoti va faoliyatini tarbiyaviy jihatdan to'g'ri tashkil etish yo'llaridir. Aniqrog'i, tarbiya usuli deb tarbiyachining bolalarda axloq-odob fazilatlarini tarkib toptirish maqsadida ularning ongi va irodasiga ta'sir etish yo'llariga aytiladi. Tarbiya usullari tarbiyaning maqsadi va mazmunidan kelib chiqib, komil inson shaxsini tarbiyalashga qaratilgan.; Shaxs rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar.; Pedagogika shaxsning kamolotga etishini murakkab va ziddiyatli jarayon deb biladi. Shaxsning shaklanishi, kamolga etishida nasl-irsiyat (biologik), ijtimoiy muhit ham maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya va nihoyat o'zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega.; Axloq nima?; Axloq - ijtimoiy ong shakli bo'lib, ijtimoiy hayotning hamma sohalarida insonning xulq - atvorini yo'lga solib turadigan talablar, normalar va qoidalardan iboratdir. Jamiyatning ijtimoiy - iqtisodiy sharoitlari, rivojlanishi bilan birgalikda axloq o'zgarib va rivojlanib boradi.; O'quv loyihasi, o'qitish jarayonini loyihalashtirish deganda nima nazarda tutiladi ?; Loyiha (lotincha projectus – oldinga tashlangan) – tasvir, asoslanma, aniq hisob kitob, chizmalar shaklida aks ettirilgan g'oya, ma'lumotning mohiyatini ochib beruvchi, ularni amalga oshirishning aniq yo'llarini belgilab beruvchi g'oyalar, fikrlar, obrazlardir. O'quv loyihasi – ahamiyatga molik nazariy yoki amaliy muammolarni ta'lim oluvchilar tomonidan amalga tadbiq qilishning tadqiqotchilik, izlanuvchanlik, ijodkorlik ish turidir. O'qitishni loyihalash esa ta'limning umumiy maqsadi, mazmuni o'quv maqsadlari o'qish, o'qitish, o'zlashtirishni baholash, tuzatishlar kiritishdir.; O'quv jarayoni qanday o'qitishning tarkibiy qismlaridan tashkil topgan?; Ma'lumki, o'quv jarayoni 3 ta bir-biri bilan bog'liq o'qitishning tarkibiy qismlaridan tashkil topgan. Motivlar. (M); O'quvchining o'qish faoliyati. (O'F); O'qituvchining boshqaruvchilik faoliyati. (B); Shunday qilib, o'quv jarayonini quyidagi formula tarzida ifodalash mumkin. O'J=M+O'F+B; Pedagogik faoliyat deganda nimani tushunasiz?; Pedagogik faoliyat – yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta'lim-tarbiya berishda maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. Pedagogik faoliyat, u bilan kimlar shug'ullanishlari xususida O'zbekiston Respublikasi Ta'lim to'g'risidagi qonunining 5-moddasida quyidagicha izoh berilgan: «Tegishli ma'lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga egadir. Pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta'lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug'ullanishiga yo'l qo'yilmaydi».; Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosida o'qituvchi shaxsiga qo'yilgan talablarni aytib bering?; O'qituvchi hozirgi zamon talablariga javob beradigan yuksak axloqiy-ma'naviy sifatlarga ega bo'lgan, chuqur bilim va mahorat egasi bo'lishi; Vatan tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur biladigan, ma'naviy komil inson bo'lishi; O'z fani doirasida chuqur bilimga ega bo'lgan, fanlararo aloqalarni yaxshi bilish va uni o'quvchilarga o'rgatish; Pedagogik texnologiyani yaxshi biladigan, uning yangi-yangi yo'llarini yarata oladigan, izlanuvchan, ijodiy ishlaydigan pedagogik mahorat egasi bo'lish; Pedagogik muomala madaniyatini yaxshi egallagan, o'z hissiyotini idora qiladigan, sabotli bo'lishi, pedagogik etika qoidalariga amal qiladigan bo'lishi; Dunyo taraqqiyoti darajasidagi bilimlardan xabardor, ilmiy dunyoqarashga ega bo'lgan inson bo'lishi; Bolalarni sevishi va ularning kelajagi uchun qayg'uradigan, istiqbolini o'ylab ish ko'ra biladigan mohir inson bo'lmog'i lozim; Nutqi ravon, xalq tili boyligi, ifoda usuli va tasvir vositalarini adabiy til uslubi va me'yorini to'la egallagan bo'lishi zarur. Xullas, har bir o'qituvchi o'z ustida tinmay ishlashi kerak hamda barcha sohada chuqur bilimli bo'lishi talab etiladi; O'zbekiston Respublikasi ta'lim to'g'risida Qonunining tarkibiy tuzilishini aytib bering?; Besh bo'lim va 34 moddadan iborat; Umumiy qoidalar (1-8-moddalar); Ta'lim tizimi va turlari (9-19-moddalar); Ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy ximoya qilish (20-24-moddalar); Ta'lim tizimini boshqarish (25-29-moddalar); Yakunlovchi xulosalar (30-34-moddalar); Ekologik tarbiya deganda nimani tushunasiz?; Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir. Ekologik ta'lim-tarbiyadan bosh maqsad ham turli yoshdagi kishilarda atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat.; O'quv mashg'ulotini loyihalashtirishda o'qituvchi asosiy vazifasi?; O'quv mashg'ulotini loyihalashtirishda o'qituvchi, avvalo, o'qitish jarayonini tahlil qilishi, o'quvchilarni mustaqil fikrlash, mustaqil o'qish bilimlarni ijodiy tahlil qilishga o'rgatishi, o'zlashtirilgan bilimlarni ko'nikmalarga aylantirish uchun o'quv mavzulari bo'yicha metodik tizimni yaratadi, o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma, malakalar mazmunini ishlab chiqadi.; Pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqi Ta'lim to'g'risidagi Qonunning qaysi moddasi bilan kafolatlanadi va uning mazmunini ayting?; 5-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish xuquqi; Tegishli ma'lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish xuquqiga ega.; Pedagog xodimlarni oliy o'quv yurtlariga ishga qabul qilish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi.; O'zbekiston Respublikasida qanday ta'lim turlari mavjud?; maktabgacha ta'lim; umumiy o'rta ta'lim; o'rta maxsus, kasb-xunar ta'limi; oliy ta'lim; oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta'lim.; Malakaviy amaliyot nima?; Nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash, mustaqil tajriba o'tkazish ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida talabalar o'tkazadigan amaliy ish turi hisoblanadi.; Attestasiya deganda nimani tushunasiz?.; Attestasiya bu- Oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining tayyorgarlik sifati va darajasini, Davlat ta'lim standartlari talablari mazmuniga mosligini belgilovchi jarayon.; Oliy ta'limga izoh bering?; Oliy ta'lim - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta'minlaydi. Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o'quv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta'lim muassasalarida) o'rta maxsus kasb-xunar ta'limi asosida amalga oshiriladi. Oliy ta'lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma'lumot to'g'risidagi xujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega.; Tarbiyada rag'batlantirish deganda nimani tushunasiz?; Rag'batlantirish o'quvchining ko'nglini ko'taradi, unga quvonch keltiradi, o'quvchini yanada yaxshiroqbo'lishga intilishiga yordam beradi. Rag'batlantirishning quyidagi turlari mavjud: O'quvchining kuchi yetadigan, mas'uliyatli topshiriq berish bilan bolaga ishonch bildirish; Maqtash (ota-onalar, bolalar jamoasi oldida); Esdalik sovg'alar berish; Maqtov yorlig'i berish; Stipendiya bilan taqdirlash (davlat stipendiyalari, ustama stipendiyalar); Faolllar oynasiga fotosuratini qo'yish; Mas'uliyat va jamoaning minnatdorchiligi; Musobaqalarda bayroq ko'tarish; Gazetada, radioda eʻlon va h.k.; Jazolash nima?.; Jazolash – bu tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir. Jazo o'quvchi-bola tarbiyasida qo'llanadigan oxirgi tarbiya usulidir. Jazo choralarini qo'llashda jismoniy jazo, urish, kaltaklash mumkin emas, bolani qo'rqitish va g'azablantirish ham yaxshi natija bermaydi, o'quvchi qo'rqqanidan yolg'on gapirishga o'rganadi, ikkiyuzlamachi bo'lib qoladi. Tarbiyaning jazo usuli choralariga quyidagilar kiradi: tanbeh berish, ogohlantirsh, hayfsan berish, uyaltirish va jamoaviy jazolardir.; Tanbeh berish nima?.; Tanbeh berish eng yengil jazo chorasidir. O'qituvchi bolaga yuzma-yuz turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo'yish ham mumkin.; Ogohlantirish – nomaʻqul hatti-harakatlarning oldini olish uchun qo'llaniladi.; Hayfsan berish – agar tanbeh va ogohlantirish kutilgan natijani bermasa, o'quvchi belgilangan intizomni buzaversa, salbiy holatlarni takrorlayversa, o'quvchining aybi qay darajada va uning intizomini qanday sharoitda buzganini e'tiborga olib unga hayfsan e'lon qilish mumkin.; Shaxs shakllanishi va rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarni ayting?; Shaxs shakllanishi va rivojlanishiga to'rtta omil ta'sir etadi. Ular quyidagilar: irsiyat (biologik omil); muhit; ta'lim-tarbiya; shaxsning mustaqil faoliyati.; Tarbiyaning tarkibiy qismlarini ayting?; Aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya, nafosat tarbiyasi, mehnat tarbiyasi, jismoniy tarbiya, iqtisodiy tarbiya, huquqiy tarbiya, ekologik tarbiya va h.k.; Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash deganda nimani tushunasiz?; Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko'nikmalarini chuqurlashtirish xamda yangilashni ta'minlaydi.; Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi; «Magistr» so'zi qanday ma'noni anglatadi?.; Magistr» so'zi lotin tilidan olingan bo'lib, «Boshliq» degan ma'noni anglatadi.; Qayta tayyorlashning turlari?.; Pedagogik; Kasbiy.; Oliy ta'lim qaysi ta'lim negiziga asoslanadi?; Umumiy o'rta, o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limiga.; Pedagogik qayta tayyorlash bu - .; Pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va etarli bo'lgan pedagogik tayyorgarlik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida mutaxassislarni qayta tayyorlashdir.; Pedagog munosabati deganda nimani tushunasiz?.; Pedagog munosabati pedagogning o'quvchi-talabalar bilan tarbiya maqsadida aloqa o'rnatishidir.; O'quv loyihasi, o'qitish jarayonini loyihalashtirish deganda nima nazarda tutiladi ?.; Loyiha (lotincha projectus – oldinga tashlangan) – tasvir, asoslanma, aniq hisob kitob, chizmalar shaklida aks ettirilgan g'oya, ma'lumotning mohiyatini ochib beruvchi, ularni amalga oshirishning aniq yo'llarini belgilab beruvchi g'oyalar, fikrlar, obrazlardir. O'quv loyihasi – ahamiyatga molik nazariy yoki amaliy muammolarni ta'lim oluvchilar tomonidan amalga tadbiq qilishning tadqiqotchilik, izlanuvchanlik, ijodkorlik ish turidir.; Dars va unga qo'yilgan talablar?; Turli-tuman fikr va mulohazalarni hisobga olgan holda dars quyidagi umumiy didaktik talablarga javob berishi lozim: Har bir dars ma'lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va puxta rejalashtirilgan bo'lmog'i lozim. Har bir dars mustahkam g'oyaviy-siyosiy yoʻnalishga ega boʻlog'i lozim. Har bir dars turmush bilan, amaliyot bilan bog'langan bo'lmog'i, shuningdek xilma xil usul, uslub va vositalardan unumli foydalangan holda olib borilmog'i lozim. Darsga ajratilgan har bir soat va daqiqalarni tejab, undan unumli foydalanmoq zarur. Dars o'qituvchi va o'quvchilarning faolligi birligini ta'minlamog'i lozim. Darsda o'quv materialining mazmuniga oid ko'rsatmali qurollar, texnik vositalar va kompyuterlardan foydalanish imkoniyatini yaratmoq lozim. Darsda har bir o'quvchining individual xususiyatlarini ham hisobga olish maqsadga muvofiqdir.; O'qituvchining bilish qobiliyatini izohlab bering?.; Bilish qobiliyati - fanning tegishli sohalariga oid (matematika, fizika, iqtisod, adabiyot va hakozolarga doir) qobiliyatlardir. Bunday qobiliyatga ega bo'lgan o'qituvchi fanni o'quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi, o'z fani sohasidagi materialni ipidan ignasigacha biladi, unga nihoyatda qiziqadi, oddiy tadqiqot ishlarini bajara oladi.; Pedagogik faoliyat uchun muhim boʻlgan axloqiy fazilatlarga nimialar kiradi?.; Axloqiy fazilatlarra: Insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy g'urur, adolat, yaxshilik qilish, burch, qadr-qimmat, mas'uliyat, vijdon, halollik, rostgo'ylik, poklik, talabchanlik kabi axloqiy fazilatlar o'qituvchi obro'sini oshiradi va pedagogik faoliyatning samarali bo'lishini ta'minlaydi. Bolalarga yaxshilik qilish, o'qituvchilik burchi, o'qituvchilik sha'ni, qadr-qimmati, o'qituvchilik mas'uliyati, o'qituvchilik vijdoni, talabchan va adolatli bo'lish, o'qituvchining ma'naviy qiyofasi, halolligi, pokligi, rostgo'yligi kabilar o'qituvchi axloqining muhim fazilatlari hisoblanadi.
  • Oraliq va yakuniy nazoratlar bo'yicha (yozma ish) savollari majmuasi: Savol-javoblar ko'rinishidagi nazorat savollari.
  • Oraliq va yakuniy nazoratlar bo'yicha test savollari: Test savollari ko'rinishidagi nazorat savollari.
  • «Pedagogika.Psixologiya» fanidan talabalar bilimini nazorat qilishning baholash mezonlari: Joriy nazorat, oralq nazorat va yakuniy nazorat uchun maksimal ball va baholash mezonlari keltirilgan.
  • Foydalanilgan adabiyotlar: Normativ huquqiy hujjatlar, Asosiy darsliklar va oquv qo`llanmalar, Qo`shimcha adabiyotlar, Elektron ta`lim resurslari ro'yxati keltirilgan.