Pedagogika. Psixologiya

Ushbu «PEDAGOGIKA.PSIXOLOGIYA» fanidan JN, ON va YaNlar uchun savol-javoblar, mustaqil ish topshiriqlari, test va yozma ish nazoratlar bo'yicha uslubiy qo'llanma.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Ushbu uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Kadrlat tayyorlash milliy dasturi, «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni, O'zbekiston Davlat ta'lim standartlari bo'yicha bakalavrlar tayyorlash saviyasi va mazmuniga majburiy talablar hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligining 2009 yil 11 iyundagi 204-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan «Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to'g'risida 'Nizom' ga asosan tuzilgan bo'lib, talabalarning «Pedagogika.Psixologiya» fanini mustaqil va mukammal o'rganishida muhim ahamiyatga ega.
  • «PEDAGOGIKA.PSIXOLOGIYA» fanidan (JN, ON va YaNlar uchun savol-javoblar, mustaqil ish topshiriqlari, test va yozma ish nazoratlar bo'yicha): Mustaqil ishlash jarayonida talaba nazariy bilimlarini amaliy tayyorgarligini oshirish, uning fikrlash qobiliyatini va olingan bilimlarning chuqurligini va sifatini belgilash xisoblanadi. Mustaqil ishingizni maqsadidan kelib chiqqan holda asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: - Pedagogika.Psixologiya fanidan tanlangan mustaqil ish mavzusi bo'yicha tarbiyaviy muammolar moxiyatini nazariy va amaliy asoslash va mazmunli yoritilishi; - Pedagogika.Psixologiya tushunchalarni teran va chuqur mantiqiy mushoxoda qilinishi; -milliy istiqbol g'oyasi va mafkuraning asosiy qoidalari xamda ta'lim-tarbiyani to'g'ri shakllantirish asosida xozirgi zamon rivojlanish omilari va rivojlanishning dolzarb muammolarini singdirish; - Prezident Islom Karimov asarlari, Respublika Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan ta'lim-tarbiyaga tegishli qonunlarni va Vazirlar Maxkamasining qarorlari va yo'riqnomalarini, -internet ma'lumotlari, xisobotlar va xujjatlarni taxlil qilish; -ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish xamda ta'lim samaradorligini oshirishga qaratilgan yo'l-yo'riq, xulosalar va ko'rsatmalarni ishlab chiqish. - Pedagogika.Psixologiyaning nazariy va amaliy mohiyatini yoritish Mustaqil ishini bajarish jarayoni o'quv jarayonining ajralmas qismi bo'lgani uchun to'g'ri tashkil etish, yoritilayotgan mavzuning sifatli bayon etilishiga ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ushbu Mustaqil ishini
  • Usulbiy qo'llanma «Texnologiya» fakultetining Kimyoviy texnologiya yo'nalishi III kurs talabalariga mo'ljallangan.: Ushbu uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Kadrlat tayyorlash milliy dasturi, «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni, O'zbekiston Davlat ta'lim standartlari bo'yicha bakalavrlar tayyorlash saviyasi va mazmuniga majburiy talablar hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligining 2009 yil 11 iyundagi 204-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan «Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to'g'risida 'Nizom' ga asosan tuzilgan bo'lib, talabalarning «Pedagogika.Psixologiya» fanini mustaqil va mukammal o'rganishida muhim ahamiyatga ega.
  • Tuzuvchi:: Q MII «Kasb ta'limi» kafedrasi katta o'qituvchisi B.T.Shodiyev
  • Taqrizchilar:: QDU «Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim» kafedrasi dotsenti Sh. Nurullaeva, Q MII «Kasb ta'limi» kafedrasi mudiri dotsent Z.L.Botirov
  • Mazkur uslubiy qo'llanma «Kasb ta'limi» kafedrasi majlisida (Bayon № «__»__ 201_ y) va «Texnologiya» fakulteti Usulbiy komissiyasi yig'ilishi (Bayon №__ «__»__ 201_ y) da ko'rib chiqilgan va chop etishga ruxsat etilgan.: Mazkur uslubiy qo'llanma «Kasb ta'limi» kafedrasi majlisida (Bayon № «__»__ 201_ y) va «Texnologiya» fakulteti Usulbiy komissiyasi yig'ilishi (Bayon №__ «__»__ 201_ y) da ko'rib chiqilgan va chop etishga ruxsat etilgan.
  • Pedagogik faoliyat va uni amalga oshirish: Mustaqil ishini bayon etish uchun iqtisodiy va tarbiyaviy, pedagogik qonuniyatlarni bilish va ularni qo'llash katta ahamiyatga ega. Mustaqil ishlashini bajarishda faqat uslubiy qo'llanmalarda va mustaqil ishi topshirig'ida tavsiya qilingan adabiyotlardan foydalanish bilan chegaralanib qolmasdan, imkoni boricha mustaqil xolda tanlangan adabiyotlarga asoslanish lozim, xatto xorijiy adabiyotlardan ham foydalanish ishni mazmunini boyishiga va yanada mukammal bajarilishiga yordam beradi.
  • Mustaqil ishi matnini yozish: Mustaqil ishini bajarishda uni yozish va rasmiylashtirish muhim va ma'suliyatli bosqich hisoblanadi. Kirish qismida talaba tanlagan mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, ahamiyati, uni o'rganish darajasi, metodlari, yangiligi, muammoni o'rganishga qaratilganligi, va Mustaqil ishi bo'yicha o'z oldiga qo'ygan masalalar mazmunining qisqa (2-3 bet) bayon etadi. Asosiy qismda belgilangan savollarni yoritishda masalaga uzviy bog'liq bo'lgan nazariy bilimlar bilan bir qatorda talaba tomonidan to'plangan materiallar, statistik ma'lumotlar, pedagogik tushunchalar mohiyati yoritiladi va taxlil qilinadi. Olingan natijalar, yangiliklar, g'oya va fikrlar ilmiy jihatdan asoslanadi va o'rganilgan adabiyotlar, me'yoriy xujjatlar va boshqa manbalardan to'plangan ma'lumotlar to'la tahlil qilinadi. Ushbu yo'nalishda bajarilgan ishlarning mamlakatimiz va xorijiy davlatlar tajribasi ham bayon etilishi maqsadga muvofiq keladi. Agar talaba mavzu bo'yicha olgan natijalarni tanqidiy baxolay olsa Mustaqil ishining qiymati yanada oshadi. Asosiy qismda mavzu moxiyati yanada kengroq ochishda mavzuga doir chizmalar va jadvallarni ko'rsatib o'tish mumkin. Nazariy tomondan o'rganilayotgan masala chuqur yoritilgandan so'ng mustaqil ishini bajaruvchi nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan o'zaro bog'lay olishi kerak. Ish bo'yicha berilayotgan takliflar asosli bo'lishi va takliflar aniq, lo'nda va tushunarli qilib bayon qilinishi kerak. Talaba mustaqil ishi matnini yozishda adabiyotlar va manbalardan olingan citatalar va mualliflarning qarashlari qo'shtirnoq ichida berilishiga e'tibor berilishi lozim. Xulosa qismida mustaqil ishining barcha qismlari doirasida bajarilgan ishlarga umumiy yakun yasaladi. Ushbu mustaqil ishi doirasida erishilgan asosiy natijalar xulosa va takliflar, tavsiyalar ko'rsatib o'tiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatini tuzishda ishning xulosa qismidan keyin keltiriladi, ro'yxatga faqat ishni yozish jarayonida muallif tomonidan foydalanilgan adabiyotlar, qonunlar, qarorlar, maqolalar, tezislar, avtoreferetlar, jurnallar, gazetalar va x.k.lar kiritiladi. Amaldagi «Xujjatlarni biblografik ro'yxatga olish» davlat standartiga muvofiq kurs ishlarida foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatida quyidagilar keltiriladi: kitob, monografiya, darslik, o'quv qo'llanmalar uchun muallif (lar) ning familiyasi, ismi, va otasining ismi bosh xarflari, kitobning nomi, nashr joyi (shaxar), nashriyot nomi, nashr yili, betlar ; to'plamdagi maqolalar va tezislar uchun muallif (lar) ning familiyasi, ismi va otasining ismi bosh xarflari, maqola nomi, to'plamning nomi, nashr joyi (shaxar) nashr yili, betlar to'plamdagi maqola nomi to'plam nomidan // belgisi bilan ajratiladi. jurnaldagi maqolalar uchun muallifning familiyasi, maqola nomi, jurnal nomi yili, betlari, maqola nomi ham jurnal nomidan // belgisi bilan ajratiladi.
  • Mustaqil ishini rasmiylashtirish: Mustaqil ishida foydalanilgan manbaalar adabiyotlar ro'yxatidan alfavit bo'yicha joylashtiriladi. Agar talaba ayrim ma'lumotlarni internetdan olgan bo'lsa, muallif va ishning nomi keyin WEB sayti ko'rsatiladi. Mustaqil ishini yozish jarayonida talaba adabiyotlarida keltirilgan boshqa olim va mutaxassislarning fikrlarini keltirish mumkin. Bunday xollarda matnda ushbu adabiyotlardan foydalanilganlik belgisi qo'llaniladi. Ayrim vaqtlarda mavzuga oid qonunlar, xukumat qarorlari va me'yoriy xujjatlardan aynan ko'chirmalar keltiriladi. Bunday hollarda satr osti izohi beriladi. Satr osti izohlari sahifa so'ngida berilib, matnda har bir sahifa uchun ketma – ketlik asosida raqamlanadi yoki yulduzchalar bilan belgilanadi. Ilovalar qismida Mustaqil ishi mavzusiga oid chizmalar, jadvallar, klaster texnologiyasi asosidagi kategoriyalar va turli tushuncharni keltirib o'tishi yoki matn tarzida atamalar asosida izohlarni keltirib o'tishi lozim. Ilovalar qismida mustaqil ishi mavzusiga tegishli boshqa chizmalardan ham foydalanish mumkin. zarurdir. Mustaqil ishini yozishda talaba avallo raxbarning ko'rsatma va maslahatlariga rioya etishi Mustaqil ishini rasmiylashtirish Mustaqil ishini rasmiylashtirish belgilangan talab va standartlarga javob berishi kerak. Mustaqil ishi matni sahifaning ma'lum chegaralarida joylanishi chizma va jadvallarni rasmiylashtirilishi, bir xil formatdagi oq qog'ozlardan foydalanilishi ishni sifatli va umumiy talablar bo'yicha yoritilishiga olib keladi. Mustaqil ishi asosan A4 (210x297 mm) farmatidagi oq qog'ozlarga ko'k tushda (ruchkada) tushunarli tarzda, qisqartirishlarsiz, aniq va ravon tilda o'z qo'li bilan davlat tilida (rus guruxlarda rus tilida) yoziladi. Mustaqil ishi xajmi 15 -20 betni tashkil etishi lozim. Xar bir sahifani chap tomonda 30 mm, o'ng tomondan 15 mm tepa va pastki tomondan 20 mm qoldirilgan holda yoziladi. Mustaqil ishi matnlari qog'ozning bir tomoniga xar sahifaga 25-30 qator yoziladi. Har qatorda 7-8 ta so'z joylashishi mumkin. Barcha satr osti izohlari qaysi sahifaga tegishli bo'lsa, o'sha sahifada keltiriladi. kirish asosiy va hulosa qismlari, ilovalar yangi sahifalardan boshlanadi. qismning nomi va matn orasi yaqqol ajralib turishi kerak. qismdagi sarlovhalar qismning tartib raqami bilan boshlanib, unda so'zlarning bo'g'in ko'chirilishiga yo'l qo'yilmaydi. Har bir qism, Sahifa tartib raqami sahifaning pastda o'rta–qismida keltiriladi. Mustaqil ishida keltirilgan qismlar, shuningdek ilovalar ham sahifalanadi. Jild varag'i 1-bet sanaladi, unga tartib raqami qo'yilmaydi. Mustaqil ishi qismlari quyidagicha joylashtiriladi: jild varag'i, mundarija, kirish, asosiy qism, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati, ilovalar. Ilovada turli xujjatlar, katta xajmdagi chizmalar, jadvallar va shu kabilar beriladi. Mustaqil ishi yuzasiga taqriz uchun oq qog'oz qo'yilishi maqsadga muvofiqdir. Jild (titul) varag'i mustaqil ishining 1- beti bo'lib, unda Vazirlik, oliy o'quv yurtining nomi fakultet va kafedra, Mustaqil ishi mavzusi, ta'lim yo'nalishi, kursi, guruxi, muallifning familiyasi, ismi va sharfi, ilmiy raxbarning ilmiy unvoni va darajasi, familiyasi, ismi va sharifi keltiriladi. (1-ilova).