Физикавий кимё

Ushbu kitob kimyoviy kinetika, kataliz, termodinamika, eritmalar, fazaviy muvozanatlar va kimyoviy muvozanatga oid masalalarni o'z ichiga oladi. Unda kimyoviy reaksiyalar tezligi, mexanizmi, katalizatorlar, termodinamikaning asosiy tushunchalari, eritmalar, ularning xossalari va kimyoviy muvozanatga ta'sir etuvchi omillar atroflicha yoritilgan. Shuningdek, gazlar qonunlari, molekulyar kinetik nazariya, kimyoviy termodinamika, eritmalar, fazaviy muvozanatlar va kimyoviy kinetika kabi mavzular keng qamrovda tahlil qilingan.

Asosiy mavzular

  • Kimyoviy kinetika: Kimyoviy kinetika kimyoviy jarayon, uning mexanizmi va vaqt mobaynida borishi qonuniyatlari haqidagi ta'limotdir. Kimyoviy kinetikaning predmeti-kimyoviy reaksiyalardir. Bu bo'limda reaksiyalarning tezligi, mexanizmi, katalizatorlarning ta'siri va reaksiyalarning kinetik tenglamalari, tartiblari, molekulyar kinetika, faol komplekslar nazariyasi kabi mavzular o'rganiladi.
  • Kataliz: Ba'zi moddalar ta'sirida kimyoviy reaksiyalarni faollashishi yoki reaksiya tezligini ortishi kataliz deyiladi. Bunday moddalar katalizatorlar deb yuritiladi. Katalizatorlar reaksiyada ishtirok etadi, ya'ni reagentlar bilan qayta-qayta ta'sirlashadi, lekin reaksiya mahsulotlari tarkibiga kirmaydi. Kataliz gomogen va geterogen katalizga bo'linadi. Bu bo'limda katalizatorlarning ta'siri, ularning tasnifi, mexanizmi va amaliy ahamiyati haqida so'z boradi.
  • Termodinamika: Termodinamika fizika-kimyoning asosiy bo'limlaridan biri bo'lib, energiyaning bir turdan ikkinchisiga aylanishini o'rganadi. Bu kitobda termodinamikaning asosiy tushunchalari, qonunlari (birinchi, ikkinchi va uchinchi qonunlar), termodinamik potensiallar (Gelmgoʻlz va Gibss energiyalari), izotermik, izoborik, izoxor jarayonlar va issiqlik sig'imi kabi mavzular yoritilgan.
  • Eritmalar: Eritmalar deb, ikki yoki undan ortiq komponentlardan tashkil topgan termodinamik barqaror gomogen sistemalarga aytiladi. Eritmalar gazsimon, suyuq va qattiq eritmalarga bo'linadi. Bu bo'limda eritmalar konsentratsiyasini ifodalash usullari, ularning xossalari, jumladan, kolligativ xossalari (osmotik bosim, qaynash va muzlash temperaturalarining o'zgarishi), erish jarayoni va Vant-Goff qonunlari, eritmalar uchun kimyoviy potensial va Gibss-Dyugem tenglamasi kabi mavzular atroflicha tahlil qilingan.
  • Fazaviy muvozanatlar va Kimyoviy muvozanat: Termodinamik sistemaga kiruvchi moddalar bitta yoki bir nechta fazalar hosil qilib, har xil agregat holatlarda bo'lishi mumkin. Geterogen sistemalarda fazaviy muvozanat shartlari va fazaviy diagrammalar ko'rib chiqiladi. Kimyoviy muvozanat – bu teskari reaksiyalarning tezliklari tenglashgan holat bo'lib, bu holatda muvozanat konstanta va uni har xil omillar (temperatura, bosim, konsentratsiya)ga bog'liqligi o'rganiladi. Bu bo'limda kimyoviy muvozanat konstanta, uning turlari, hisoblash usullari va muvozanatga ta'sir etuvchi omillar yoritilgan.