Sport maktablarida Dzyudochilarni tayyorlash tizimining axamiyati
Ushbu tadqiqot sport maktablarida dzyudochilarni tayyorlash tizimining ahamiyati va samaradorligini oshirishga bag'ishlangan. Unda dzyudochilarni tayyorlash jarayonining uslubiy jihatlari, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyatning ahamiyati, shuningdek, texnik-taktik tayyorgarlik va musobaqa omillaridan foydalanish masalari ko'rib chiqiladi. Kitobda dzyudoni o'rgatish metodikasi, mashg'ulotlar tashkil qilish va o'tkazish bo'yicha tavsiyalar berilgan. Shuningdek, dzyudochilarni yuqori natijalarga erishishida jismoniy tayyorgarlik va texnik-taktik mashg'ulotlarning o'rni ham yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Sport maktablarida dzyudo mashg'ulotlarini tashkil qilishning asoslari: Bu bo'limda dzyudo mashg'ulotlarini tashkil qilish dasturining usulubiy qismi, o'quv-mashq jarayonida foydalaniladigan metodik tavsiyalar va sport maktablari uchun ko'rsatmalar bayon etilgan. Shuningdek, tayyorgarlikning asosiy turlari, mashg'ulotlar va musobaqalar yuklamalarini rejalashtirish hamda nazoratni tashkil etish masalalariga to'xtalgan.
- Dzyudochilarni yuqori natijaga erishtirishda texnik –taktik va musobaqa omillaridan foydalanish: Ushbu bo'limda dzyudochining texnik-taktik tayyorgarligi, musobaqa omillaridan foydalanish va musobaqalar tashkil qilish va o'tkazish masalalari ko'rib chiqilgan. Dzyudo texnikasi va metodikasi, taqtik tayyorgarlikning asosiy tushunchalari va sport musobaqalarini tashkil qilish hamda o'tkazish bo'yicha tavsiyalar berilgan.