Chang cholg’u asbobida o’qitishning mazmuni va metodikasi

Ushbu kitob oʻzbek xalq cholgʻu asboblarining tarixi, chalish texnikasi va uslublari hamda chang cholgʻusi haqida batafsil maʼlumot beradi. Unda chang cholgʻusining ijro texnologiyasi, ijrochilik uslublari va uni sozlash jarayonlari, shuningdek, turli xil chang namunalarining diapazonlari va tovushlar joylashuvi haqida atroflicha soʻz yuritilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Mavzuning dolzarbligi, maqsadi va vazifalari, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati, tatqiqotning metadologik asoslari bayon etilgan.
  • I-Bob. O'zbek xalq cholg'u asboblarining tarixi: Oʻzbek xalq cholgʻu asboblarining shakllanishi va takomillashuvi jarayoni, ularning tarixiy rivojlanishi, sharq allomalarining musiqa haqidagi asarlari, cholgʻularning turlari va ularning ijro uslublari haqida maʼlumot berilgan.
  • II Bob Chang cholg'usida ijrochilik texnologiyasi: Chang cholg'usining ijrochilik uslublari, tovush chiqarish yoʻllari, changni sozlash va ijro texnikasi, chang cholgʻusi guruhlari va ularning diapazonlari, shuningdek, chang asbobining pardalari hamda tovushlarning joylashuvi haqida maʼlumot berilgan.
  • Xulosa: Oʻzbekistonning madaniy merosini tiklash, yosh avlodga targʻibot qilish va milliy cholgʻu asboblarini rivojlantirishning muhimligi ta’kidlangan. Chang cholgʻu asbobida mukammal ijro uslublarini egallash va yaxshi ijrochi boʻlish oʻzbek milliy sanʼatiga boʻlgan hurmat va ehtirom ekanligi, ustozlarning xizmatlari tahsinga loyiq ekanligi qayd etilgan.