Tibbiy bilim asoslari

Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma tibbiy bilim asoslari fanini o'rganish uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada odam anatomiyasi, fiziologiyasi, dorishunoslik, yuqumli kasalliklar, travmatologiya, epidermis va tug'ishga tayyorlash mavzulari qamrab olingan. Har bir mavzuni o'rganish uchun maqsad va vazifalar, tayanch iboralar va nazorat savollari hamda testlar keltirilgan. Qo'llanma zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar asosida tayyorlangan bo'lib, talabalarning bilimini oshirishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • TIBBIY YORDAMNING ANATOMO-FIZIOLOGIK ASOSLARI. QON TUZILISHI VA KASALLIKLARI.: Odam organizmining morfo-funksional asoslarini bilish, uning tuzilishini o'rganish, organlar faoliyatini chuqur tahlil qilish har bir oliy o'quv yurti talabasining burchi va vazifasidir. Xar bir mavzuda: xujayralar va to‘qimalar. Organizm-bir butunligi. Suyak-tayanch sistemasi. Qon-tomir va limfa sistemasi. Inson tanasining asosiy qismlarini; skelet qismlarini; qo‘l suyaklari va oyok suyaklarini; tana suyaklari ularning normal va patologik jarayonlari urganiladi. Xar bir sistemaning kasalliklari kifoz, lordoz, skoliyoz, gemofiliya, anemiya (kamkonlik) kasalliklari, ularni aniklash davolash va profilaktika usullarini urgatishdan iboratdir. Kasalliklarni keng ma’noda o’rganish, kasallik belgilarini bilish, vaqtida aniqlash, tuli favqullotda holatlarda yordam ko’rsatish, bu bo‘lg‘usi o‘qituvchiga o‘quvchilarni o‘qitishda va tarbiyalashda, shaxsiy yondoshishni aniklashda, katta ahamiyatga e’ga.
  • DORISHUNOSLIK.: Organizga yuborilganda shifobaxsh ta'sir ko'rsatadigan yoki kasalliklarning oldini olishga yordam beradigan dori moddalar haqidagi fan. Tibbiyotda ishlatiladigan dorilar (preparatlar) juda xilma-xil va juda ko‘p. Ular turli yo‘llar va usullar bilan o‘simliklardan, mineral xom-ashyo va hayvonlarning turli to‘qimalarini ishlab, sunoiy usulda ximiyaviy sintez yo‘li bilan hamda ba'zi mikroblarning hayot faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan moddalardan olinadi. Minerallardan olinadigan dori moddalarga vazelin, chortoq tuzi, natriy xlorid va uning hosilalari va boshqalar kiradi. Adrenalin, insulin kabi endokrin preparatlar organizmning ichki sekretsiya bezlaridan olinadi va hayvonlardan olinadigan dori moddalaridan hisoblanadi. ba'zi mikroorganizmlar hayot faoliyatida bo‘ladigan dori moddalarga antibiotiklar (penitsillin, streptomitsin) ni misol qilib ko‘rsatish mumkin. O‘simliklardan olinadigan dori moddalar ularning turli qismlari (ildiz, po‘stlog‘i, bargi va mevasi) da bo‘ladi. Ximiyaviy sintez yo‘li bilan olinadigan dori moddalar boshqa guruxlardagi dori moddalarga qaraganda juda ko‘p.
  • QORIN VA CHANOQ A’ZOLARINING SHIKASTLANISHLARI.: Qorin bo‘shlig‘i organlarining o‘tkir jarrohlik kasalliklari to‘satdan boshlanishi, tez rivojlanishi, hayot uchun xavfli asoratlar berishi va tez jarrohlik yo‘li bilan davolashni talab qilishi bilan xarakterlanadi. Bunday bemorlar shoshilinch ravishda kasalxonalarning jarrohlik bo‘limiga yotqizilishi kerak. Qorin bo‘shligi organlarining jarrohlik kasalliklariga quyidagilar kiradi: 1.YAllig‘lanish kasalliklari (o‘tkir appenditsit, o‘tkir xoletsistit, o‘tkir pankreatit, peritonit). 2.Bo‘shlikli organlarning teshilishi (oshqozon va 12-barmoqli ichak yarasining teshilishi, ichak yarasining teshilishi). 3.O‘tkir ichak tutilishi (ichakning buralib qolishi, siqilib qolgan churra). 4.Ichki qon ketish (oshqozon-ichakdan qon ketish, bachadondan tashqarigi (naychadagi)homiladorlik). 5.Qorin bo‘shlig‘i organlarining ochiq va yopiq shikastlanishi (jigarning qora taloqning yorilishi, bo‘shliqli organlarning shikastlanishi).
  • Onalik va bolalikni muxofaza qilish.: O‘zbekiston respublikasida “Onalik va bolalikni” muxofaza qilish, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va mahnaviy rivojlangan avlodni shakllantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni kuchaytirish va ular samaradorgini oshirish” kabi xujjatlarning mazmun-mохiyati, reprоduktiv salоmatlikni saqlash va mustaхqamlash, o`zbek оilalarida sоg`liqni saqlashgan оid milliy qadriyatlarning o`rni, tibbiy-gigienik nuqtai nazardan qizlarni bo`lg`usi оnalikka tayyorlash, хоmiladоrlik, Jinsiy tarbiya masalalari, doyli yordam tushunchasiga ega bo’lishdan iboratdur. Bolalar kasalliklarni keng ma’noda o’rganish, kasallik belgilarini bilish, vaqtida aniqlash, tuli favqullotda holatlarda yordam ko’rsatish, bu bo‘lg‘usi o‘qituvchiga o‘quvchilarni o‘qitishda va tarbiyalashda, shaxsiy yondoshishni aniklashda, katta ahamiyatga e’ga.
  • Epidemiya jarayoni. Virusli infeksiyalar. Havo tomchi, ichak, qon (transmissiv) va antropozoonoz infeksiyalar. Bolalar infeksiyalari.: Epidemiologiya yuqumli kasalliklarning vujudga kelish va tarqalish qonuniyatlari to‘g‘risidagi fandir. Epidemiologiyaning ta’rifini birinchi Bo‘lib rus tekshiruvchisi D.K.Zabolotniy bergan: «Epidemiologiya yoki epidemiyalarning vujudga kelish, tarqalish sabablarini o‘rganish, uning tarqalishi uchun mavjud bo‘lgan shart-sharoitlarni aniqlash, fan va amaliyotga tayangan holda unga qarshi kurash usullarini o‘rganadigan fandir». Hozirgi vaqtda uning yana ham aniqroq ta’rifi quyidagicha bo‘ladi: epidemiologiya kishilar kollektivida yuqumli kasalliklarning vujudga kelish, tarqalish, uning oldini olish va unga qarshi kurash choralarini o‘rganadigan fandir. Epidemiologiya umumiy va xususiy epidemiologiyaga bo‘linadi. Umumiy epidemiologiya aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarni tarqalish qonuniyatlarini (infeksiya manbai, yuqish mexanizmi, organizmning moyilligi va boshq.), profilaktika va unga qarshi kurash choralarini o‘rganadi, xususiy epidemiologiya esa har bir yuqumli kasallikka xos bo‘lgan epidemiologik xarakterni profilaktika va unga qarshi kurash choralarini alohida o‘rganadi.
  • INFeksiya tashxisi.: Infeksiya tashxisi qo‘yishda klinik manzara, bemorning umumiy axvoli, laboratoriya tekshirishlar natijalari, mikroskopik va rentgenologik ma’lumotlar, shuningdek patologik anatomik tekshirish natijalariga asoslaniladi. Har bir kasallikni tashxislashda, albatta, kasallikning kelib chiqish sababi, yuqish yo‘llari, yuqumli mexanizmlari, organizmning immuniteti, organizmga qarab turlicha kechishi, har bir bemor uchun individual yondashuvni hisobga olish zarur. O‘tkir va surunkali infeksiyalarda tashxis qo‘yishda qo‘shimcha laboratoriya tekshirishlari qatorida, qonni tekshirish – leykotsitlar soni va ularning nisbati, eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdori, leykositlar formulasi, limfotsitlar, eozinofillar, monotsitlar, neytrofillarning umumiy va segmentar nisbati, qon ivishining tezligi, gemokrit, qonda bilirubin miqdori, ECHT, OSh, qonda zardobda fermentlar aktivligi, siydikning umumiy va kimyoviy tahlili, o‘tkir infeksiyada esa bakterioskopiya va bakteriologik tekshiruvlar bajariladi. Qon ivishining tezligini aniqlash uchun Gash kofaktorini yoki boshqa tekshirishlardan foydalanish mumkin. SHuningdek, kasallikni yuqish manbaini va yuqish yo‘llarini aniqlash ham diagnostikaga katta yordam beradi. Ko‘pincha bemorlar o‘zlariga kasallikning qanday yuqqanligini bilishmaydi. Ularning ko‘chada yurgan axlati bilan ifloslangan suv yoki oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilganligi, bemor bilan shamol bilan yaqin aloqada bo‘lganligi yoki bemor ishlatgan buyumlar orqali zararlanganligi aniqlanadi.