Использование имитационного моделирования для расчета пропускной способности железнодорожной линии.

Ushbu dissertatsiya ishida temir yo'l liniyalarini modernizatsiya qilish va ta'mirlash jarayonida vujudga keladigan muammolar, xususan, rekonstrutsiya qilinayotgan temir yo'l liniyasining o'tkazish qobiliyatini aniqlashda yuk poezdlarining texnik stansiyalarda to'xtab qolishlarini hisobga olish masalasi ko'rib chiqilgan. Ishda taklif etilgan usullar va modellashtirish texnologiyalari yordamida temir yo'l liniyalarining o'tkazish qobiliyatini aniqlash, ta'mirlash ishlari uchun optimal "okno"larni tanlash va ularning iqtisodiy samaradorligini hisoblash bo'yicha tadqiqotlar olib borilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Ushbu bo'limda tadqiqotning dolzarbligi, mavzuni o'rganish darajasi, magistrlik dissertatsiyasining maqsadi va vazifalari, tadqiqot obyekti va predmeti, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati hamda aniqlangan muammolar bayon etilgan.
  • 1-bob. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Bobda temir yo'l liniyalarining mavjud o'tkazish qobiliyatini aniqlashga oid muammolar, ularni bartaraf etish usullari, shuningdek, avtomatik blokirovka tizimlari va ularning qo'llanilishi tahlil qilingan.
  • 2-bob. Qayta qurilayotgan liniyalarning imitasion modelini ishlab chiqish: Ushbu bobda qayta qurilayotgan temir yo'l liniyalarining imitasion modelini yaratish, "okno"lar ajratishning variantlarini tanlash va algoritm tuzish usullari ko'rib chiqilgan.
  • 3-bob. Qayta qurilayotgan uchastkaning o'tkazish qobiliyatini texnik-iqtisodiy asoslash: Bobda "okno" ajratishning iqtisodiy jihatdan samarali variantini tanlash hamda mavjud yuk tashish hajmini qayta qurilayotgan liniyalardan o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish masalalari tahlil qilingan.
  • Xulosa: Dissertatsiyada amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida yo'lga qo'yilgan asosiy xulosalar va ularning amaliy ahamiyati bayon etilgan.