Qo‘shimchalar asosida qovurg‘ali tom yopma plitalari ishlab chiqarish korxonasini loyihalash,1,5x6m, mahs.46 ming.m3

Ushbu diplom loyihasi

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Mustaqillikning 25 yili davomida demokratik jamiyat va bozor iqtisodiyotini barpo etishga yo'naltirilgan bosqichma-bosqich islohotlar iyosati O'zbekiston aholisi farovonligini yaxshilashda anchagina ijobiy-iqtisodiy o'zgarishlarga olib keladi. Shuningdek, yosh respublika jahon hamjamiyati tomonidan tan olinib, unda o'z mavqeyiga ega bo'ldi. Bunda faol inavatsion siyosat yuritish va mavjud barcha moliyaviy, intelektual va boshqa resurslarni import o'rnini bosuvchi va eksportga yo'naltirilgan, xomashyomizni qayta ishlashni nazarda tutuvchi ishlab chiqarishni yaratishga yo'naltirish muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy asoslangan investitsion loyihalarni amalga oshirish hamda O'zbekiston iqtisodiyotining urtuvor tarmoqlariga trashqi sarmoyalar va kreditlarni jalb etish bugungi kunda xalq xo'jaligida tarkibiy o'zgarishlarni yanada juqurlashtirish borasida belgilab olingan maqsadlarga erishishning eng muhim va ustuvor vazifasi sifatida qaralmoqda. Iqtisodiy asoslangan investitsion rejalarni bajarish va O'zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga tashqi davlatlar sarmoyasi va kreditlarni jalb etish, amalda xalq xo'jaligida tarkibiy o'zgarishlarni rivojlantirish maqsadida belgilangan eng muhim va ustuvor vazifa deb qaralmoqda. Respublikamizda bu vazifani samarali bajarish uchun investitsion faoliyat yuritilishiga qulay muhit va zarur bo'lgan shart-sharoitlar, huquqiy me'yorlar yaratildi, anchagina yetakchi donor-davlatlar va xalqaro moliyaviy va sanoat tashkilot va o'z investitsiyalari, kreditlarini ajratishga tayyor ekanligini bildirishdi. Yuzaga kelgan barcha imtiyozlardan unumli va oqilona foydalanish uchun samarali ishlab chiqarish turlarini loyihalashtirish va ularni tadbiq etish talab qilinadi Respublika xalq xo'jaligining asosiy tarmoqlari qatorida qurilish materiallar sanoati yetakchi ro'l o'ynaydi. Bu o'z xomashyo bazasiga ega ekanligimiz, qurilishmateriallari, sanoat va uy joy konstruksiyalariga bo'lgan yuqori ehtiyoj hamda malakali mutahasislarning mavjudligi bilan belgilanadi.
  • 1.1. Mahsulot nomenklaturasi: Turli buyum va konsttruksiyalarni tayorlash usulidan aynan birini tanlash o'sha usulning turli texnologik o'ziga xosligi va ishlab chiqarish hajmiga bog'liq bo'ladi. Shu bilan birga aynan bir buyumni ishlab chiqarishda texnik iqtisodiy kursatkichlarni hisobga olish ham ahamiyatlidir. Temir-beton buyumlarning yuzdan ortiq turlari mavjud. Ishlab chiqarishda tejamkorlikka erishish uchun ularning turini imkon qadar kamaytirish lozim. Yuqorida aytilgandek, temir-beton buyumlari quyidagi xususiyatlariga ko'ra bo'linadi: qaysi yo'nalishda ishlatilishiga ko'ra: sanoat, uy, fuqaro qurilishi uchun: bino va inshootda ishlatilish o'rniga ko'ra: fundament tom qoplamasi, devor va xonalar uchun; geometrik shakliga ko'ra; ustunsimon plitali blokli panjarali ko'ndalang kesimning shakli va xususiyatiga ko'ra; uzluksiz g'ovak qovurg'ali qat-qat armatura qo'yilishiga ko'ra; betonli, temir-betonli, beton turiga ko'ra; og'ir, yengil, yacheykali beton. Tayorlash texnologiyasini tanlash buyumning shakli o'lchamlari og'irligi beton turi va armaturani qo'yilish usuliga ko'ra tanlanadi.
  • 1.2. Ishlab chiqorish usulini tanlash va asoslash: Yig'ma beton vat emir-beton buyumlarini ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlar qator mustaqil operatsiyalardan tashkil topib, alohida jarayonlarga birikadi. Operatsiyalar shartli ravishda: asosiy, yordamchi va transportli turlarga bo'linadi.Asosiy operatsiyalar beton qorishmasining tayyorlanishi va qorishmani tashkil qiluvchi materiallarni tayyorlash; armatura mahsulotlarini armaturalash va qoliplash; qoliplangan mahsulotga issiqlik bilan ishlov berish; tayyor mahsulotni qolipdan ko'chirish va qoliplarni keying siklga tayyorlash; ba'zi bir mahsulotlarning yuza qismini pardozlashdan iborat. Asosiy texnologik operatsiyalardan tashqari har bir bosqichda yordamchi operatsiyalar ham bajariladi: suv va bug'larning, siqilgan havo, elektr energiyasining olinishi va uzatilishi, hom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarning sifatini nazorat qilish va boshqa asosiy operatsiyalarni bajarish uchun zarur etaplar olib boriladi. Transport vositasi bilan bajariladigan operatsiya (jarayon)lar, bu materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlarni holat va qolipini o'zgartirmay ko'chirishdir. Bajariladigan operatsiyalarga mos qo'llaniladigan asbob-uskunalar bajaradigan vazifasiga qarab asosiy-texnologik, yordamchi va transport deb ataladi. Asosiy va transport asboblarida ma'lum ketma-ketlikda bajarish uchun mo'ljallangan operatsiyalar texnologik tizim deyiladi. Yig'ma temir-beton ishlab chiqarishda eng taraqqiy etib rivojlanayotgan texnologik jarayonni tashkil etish uzluksiz ishlab chiqarish va tayyorlanayotgan mahsulotning turiga qarab texnologik tizimni nihoyatda mahsuslashtirishdir. Uzluksiz ishlab chiqarishning asosiy qonun qoidasi o'rnatilgan asbob-uskunalardan to'liq foydalanish, mexanizatsiya kompleksi, ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirishni nazarda tutish kerak. Bu qoida har bir ish joyida bajariladigan operatsiyalarning sikl davrini bir-biriga moslashgan holda bir maromida bajarilishini o'z zimmasiga oladi. Bir maromda ishlash uchun ma'lum operatsiyani bajarishda o'rnatilgan vaqt moqdorini doimiy bo'lishiga va qat'iy vaqt intervali bilan siklga rioya qilish talab qilinadi. Sinxronlash texnologik tizimda operatsiyalarni bir-biriga moslab alohida qismlarga bo'lishda har bir qismdagi operatsiyalarning sikl muddati shu texnologik potok(konveyer)ning har bir qismidagi sikl muddatiga teng bo'lishini ta'minlaydi. Sikl 2 yoki 3 marta katta bo'lgan oqimli qismlarda ishchi yoki moslama o'rni ham mos darajada oshirilishi kerak, chunki boshqa tizimda qismlarda ishlab chiqarish imkoniyati pasaymasligi kerak va qabul qilingan maromda mahsulot olinishi kerak. Uzluksiz oqim mahsulotni qismdan qismga uzatilishida ishlab chiqarish maydonidan unumliroq foydalanish imkonini beradi.
  • 1.3. Korxonaning ish rejimi: Yig'ma temir beton buyumlari korxonalari uchun qabul qilinadi: - yilda hisobiy ishchi sutkalari soni – 262; - temir-yo'l transportida materiallar va xomashyoni tushirishda – 365 sutkada ishchi smenalari soni (issiqlik ishlovisiz) - 2 - issiqlik ishlovida sutkada ishchi smena soni - 3 - xomashyo va materiallarni qabul qilish va tayyor mahsulotlarni yuklashda sutkada ishchi smenalar soni: a) temir yo'l transportida -3; b) avtotransportda - 2 yoki 3; Yilda ishchi sutkalari soni (262) 5- kunlik ish haftasidan kelib chiqiladi.
  • 1.4. Buyum turlari bo'yicha sex mahsuldorligini hisoblash: Korxonaning yillik ishlab chiqarish dasturi va buyumning nomenklaturasi topshirishga berilgan. Korxonaning ish rejimidan kelib chiqib, buyum va fabrikat ishlab chiqarish dasturi ishlab chiqarishdagi yo'qotish va brakni inobatga olgan holda hisoblanadi. Ishlab chiqarishdagi yo'qotish va brak qiymati tavsiya etiladi: - Beton qorishmalari uchun – 0,5% gacha; - Buyum bo'yicha – 1,0% gacha. Har bir texnologik tizim uchun ishlab chiqarish mahsuldorligi quyidagi formula asosida hisoblanadi: Mx= 36000/ (1 - 1,5/100) = 36548m³ Bu yerda: Mx- hisoblanayotgan tizim mahsuldorligi; M₁-sex (korxona)ning berilgan mahsuldorligi; Б – brakdan yo'qotishlar – 1,5%.
  • 1.5. Xom ashyo va yarim fabrikatlarga korxonaning talabini aniqlash: Qotishni tezlashtiruvchi «Relamiks» qo'shimchasi "Relamiks" qo'shimchasi o'zining xususiyatlari bilan betonning qotishini tezlashtiradi mustahkamligini oshiradi, sovuqqa chidamligi oshadi, suv o'tkazuvchanligi pasayadi. Betonda “Relamiks" qoshimchasini qo'llash quyidagilarni taminlaydi: - issiqlik – namlik ishlovi berish haroratini va davomiyligini qisqartiradi; - issiqlik – namlik ishlovisiz texnologiya bo'yicha buyum va konstruksiyalarni tayyorlash; - tovar betonlar tayyorlash; - yig'ma buyum va konstruktsiyalarni og'ir va mayda donadorli betonlardan olish; - yengil betonlar olish; - qurilish qorishmalarini ishlab chiqarish; - armaturalangan temir beton konstruksiyalarda qo'llash. "Relamiks" qo'shichasi suvga aralashtiruvchi kulrang hamda suvli aralashma shaklida (to'q kulrang) ishlab chiqariladi. “Relamiks” qo'shimchasini betonga kiritishning samaradorligi. “Relamiks” qo'shimchasini qo'llashda quyidagi ko'rsatkichlarga erishiladi: - beton qorishmasini harakatchanligini oshiradi bunda mustahkamlik kamayadi; - suv miqdori 15-20% ga kamayadi; -beton mustahkamligi ortadi, bunda dastlabki 3 sutkada normal qotishda 40-50% gacha va 28 sytka qotishda esa mustahkamlik ortishi 20% ni tashkil etadi. -betonning loyihaviy mustahkamligi 20-30% ga ortadi; - sement sarfini 20%gach kamaytiradi; -betonning armatura bilan bog'lanishini 1.5-1.6 marta oshiradi; - yuqori suv o'tkazmaydigan darz ketishiga bardoshli va sovuqqa chidamli beton olinadi. "Relamiks” qo'shimchasi beton qorishmasiga suvli aralashma shaklida kiritiladi. Qo'shimcha suyuq konsentratsiyasi 32% dan kam bo'lmagan holatda ishlab chiqariladi. Beton qorishmasiga 100kg sement uchun 0.8% qo'shimcha kiritiladi. 100kg → 100% X kg → 0.8% x = 100*0.8/100 =0.8kg: Bu quruq qo'shimcha. Qo'shimcha suyuq holatda betonga kiritilganda: 0.8kg →35% x = 0.8*100/35 = 2.28kg Xkg →100% Qo'shimchani betonda qo'llashdan oldin tajriba sharoitida sinovdan o'tkazilishi va shundan so'ng ishlab chiqarishga qo'llash kerak.
  • 1.6. Texnologik linyanlari loyihalash: Agregat ketma-ketlik liniya mahsuldorligini hisoblash Qoliplash sexida asosiy texnologik asbob-uskunalarni joylashtirish, butun ishlab chiqarish liniyasini bir tipdagi prolyotdan iborat, rejada o'lchami 144x18m bo'lgan sanoat binosida nazarda tutiladi. Katta uzunlikdagi va enli prolyotni sanoat binosidan foydalanish asoslangan holda qabul qilinadi. Qoliplash sexida quyidagilar joylashtiriladi: qoliplarni tayyorlash postlari, betonni joylashtirish va zichlash, qolipdan bo'shatish, ta'mirlash, ushlab turish, buyumni qabul qilish, pardozlash, issiqlik ishlov berish kameralari egallagan maydon, armatura buyumlari va komplekt detallar zahira ombori, qoliplarni ta'mirlash maydoni, qoliplar zahirasi, yiriklashtirib yig'ish va pardozlash postlari yoki konveyeri, sovuq faslda buyumlarni vaqtinchalik saqlash maydoni. Asosiy e'tibor qoliplash uskunalarini tanlash va hisoblashga qaratiladi, boshqa sexlar esa uni to'xtovsiz ishlashini ta'minlash zarur. Agregat oqimi liniya yoki davriy harakat konveyerining yillik mahsuldorligi quyidagi formula bilan hisoblanadi: P= (60·h·C·V) / t (m³)=P= (60*16*262 * 0,46) / 15 = 7713m² Bu yerda: h - sutkadagi ish soatlari soni; C - bir yildagi ish kunlari soni – 262 kun; V- bir vaqtda qoliplanayotgan buyumlar hajmi, m³; t - qoliplash sikli, min(beton quyish va zichlash postida), konveyerli liniya uchun esa – konveyer ishi sikli, yig'ma temir-beton korxonalarini texnologik loyihalash normalari bo'yicha aniqlanadi.
  • 1.7. Issiqlik bilan ishlov beruvchi kameralar soni va qoliplarning zaruriy sonini hisoblash: O'ra tipidagi issiqlik bilan ishlov berish kameralari ishlab chiqarishning agregat oqimi usulida ishlatiladi. O'rali kameralar standart uskunalar emas va shuning uchun ularning gabarit o'lchamlari va soni har bir holat uchun alohida tanlanadi va hisoblanadi. Cexning bir proletida barcha kameralar o'zaro almashinuvchi va bir hil o'lchamda bo'lishi maqsadga muvofiq. Kameralar o'lchamlarini o'rnatishda kamera chuqurligi 2,8 m dan oshmasligi zarur, bunda balandlik bo'yicha sezilarli harorat farqi yuzaga kelmasligi kerak. O'rali kameralarda qoliplar bir-birining ustiga 4-6 yarusda qo'yilishini hisobga olish zarur. Buyumning yuqori ochiq yuzasi buzulmasligi va issiqlik kirish yo'li qulay bo'lishi uchun, qoliplar orasiga 5-7 sm qalinlikdagi prakladkalar o'rnatiladi. Shunday qilib, kameraning umumiy balandligi: qoliplar balandligi, pastki qolip osti va kamera poli orasidagi hamda yuqori qolip va qopqoq orasidagi 10 sm li ikkita ochiq joy, qoliplar orasidagi prokladkalar qalinligiga teng bo'shliqlar yig'indisidan tashkil topadi. Kamera uzunligi va eni quyidagicha aniqlanadi: Buyumlarning umumiy uzunligi va enidan kelib chiqib, qoliplarning gabarit o'lchamlarini hisobga olib, qolip cheti va bortlari hamda kamera devorlari orasidagi bo'shliqlar 10 dan 15 sm gacha deb qabul qilinib hisoblanadi: Agarda buyumlar kameralarda ikki yoki uch qator qilib joylashtirilsa, u holda qatorlar orasidagi bo'shliqlar hisobga olinadi. Odatda kamera o'lchamlari buyumlarning umumiy hajmi 18-20 m³ga hisoblanadi. Yirik o'lchamli buyumlar uchun kameralardan foydalanish koeffisienti o'rtacha 0,3-0,4 ga teng bo'ladi. Kameraning bir ish siklida optimal yuklatilganda issiqlik ishlovidagi buyumlar o'lchami va hajmini bilgan holda, kameralarning yillik mahsuldorligini tayyor buyumlarni hajmi (m³) ga nisbatan aniqlash oson bo'ladi. Bir kamera mahsuldorligini aniqlab, ushbu prolyotdagi kameralarning umumiy sonini aniqlash mumkin. Cex programmasini ortishi va kameralarni ta'mirga to'xtashini hisobga olib, hisob-kitob bilan olingan kameralar sonini 1-2ga orttirish kerak. Kamera mahsulotni qoliplash uchun zarur bo'lgan vaqtga qarab qoliplash davomiyligini aniqlash va O'ra kameralar sonini aniqlash quyidagi formula bilan amalga oshiriladi: 60*16*17 / 24*15*6 = 8 dona. Qolipni bir aylanishining o'rtachavaqti: T = Tк+60/60*15 + 15*2/60 = 17+0,75= 17,75soat O'ra kameralari bilan jihozlangan bitta agregat ketma-ketlik liniya uchun qoliplar soni: N=1,05*60*h*T / 24*t = 1,05*60*16*17,75 / 24*15 = 48 dona
  • 1.8. Texnologik uskunani tanlash va hisoblash: Bu bo'limda asbob uskunalarning faqat texnologik hisobi mashinalarni alohida qismlarning konstruktiv hisobisiz beriladi. Asbob uskunalarning texnologik hisobi sifatida mashinalar (yoki asbob uskunalar) mahsuldorligini aniqlash va ishlab chiqarish dasturiga mos holda mashinalar sonini aniqlash tushuniladi. Asbob - uskunalarni texnologik hisoblashni umumiy formulasi quydagicha : Pm = Pt / (Pp* Kvn) Bu yerda: Pm-o'rnatilayotgan mashinalar soni; P₁ - berilgan texnologik jarayon bo'yicha talab etilgan soatdagi ishlab chiqarishi; Pp - taxlangan mashinaning soatdagi ishlab chiqarish; Kvn- asbob uskunalardan vaqt bo'yicha foidalanishning normativ koiffisenti (0.8-0.9 qabul qilinadi)
  • 1.9. Sement omborini hisoblash: Beton qorish sexi va sement saqlash korxonalari asosan silos tipidagi omborlar bilan ta'minlanadi. Bu siloslar alohida yacheykalar - siloslardan iborat bo'lib diametri - 5-10 m sig'imi – 25-1500 m³ ni tashkil etadi; po'lat yoki temir - betondan tayorlanadi. Kichik uskunalar uchun sig'imi 10-20 m bo'lgan inventer siloslar ishlatiladi. Sementning norma bo'yicha zaxirasi korxona talabidan kelib chiqib 5-10 sutkaga etadigan holda tayyorlanadi. Ombor sig'imini aniqlashda sement miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi. Nsem = Mx·S·Zs·1.04/0.9·C Bu erda: Mx - korxonaning yillik mahsuldorligi; m³ S - 1m³ mahsulot uchun o'rtacha sement sarfi, t Zs - ombordagi sement zaxirasi sutkada 1.04 - yuklashda va transport jarayonlarida mumkin bo'lgan sement ishlatilish koeffisenti; 0.9 - sementni saqlash uchun sig'imni to'lash koeffisenti C - yilda ishchi sikllari soni; Nsem = 36548 · 0.357·10·1.04/0.9 · 262 = 135695/235.8 = 574t
  • 1.10. Toldiruvchilar omborini hisoblash: Temir beton buyumlari ishlab chiqarish korxonalarning to'ldiruvchilar ombori transport turi, qabul usuli to'ldiruvchilarni saqlash va uzatishdan kelib chiqib turli turda bo'ladi. Toldiruvchilar ombori to'ldiruvchilarni saqlash va joylashtirish usuliga bog'liq holda ochiq yoki yopiq shtabel, yarim bunker va silos tipida quriladi. Shtabel va yarim bunker omborlar estakadalar, yer osti galerelari bilan jihozlanadi. Omborda to'ldiruvchi materiallarni kermativ zaxirasi 5 10 sutkaga yetadigan tartibda qabul qilinadi. 1m³ og'ir beton uchun taxminan 0.45m³ qum va 0.9m³ shag'al yoki chaqiq tosh talab etiladi, yengil beton uchun esa 0.55m³ qum va 0.8m³ shag'al yoki chaqiq tosh ishlatiladi. Fraksiyalarni to'ldiruvchilarni betonda qo'llashda tuzatish koeffisienti (ikkita fraksiya uchun – 1.05; uchta fraksiya uchun -1.1; to'rtta fraksiya uchun – 1.15) kiritiladi. To'ldiruvchi omborning yig'ish quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi. Qum uchun – Nq = Mx · Q · Zq1.04/0.9 C (m³) Shag'al uchun - Nsh=Mx · Sh·Zsh·1.04 / 0.9 C (m³) Bu yerda: Mx - korxonaning yillik mahsuldorligi m³; Q-qum sarfi - 0.45 m³; Zq va Zsh - ombordagi qum yoki shag'al zaxirasi sutkada; 1.04 - mavjud yuqotishlarni hisobga oluvchi koeffisient; 0.9 - omborning to'lish koeffisenti; C-yilda ish kunlari soni 262 kun; Sh - shag'al sarfi - 0.9 m³ Nq = 36548·0.45 · 10 · 1.04 /0.9 · 262 = 171045/235,8 = 725 m³ Nsh = 36548·0.9·10 · 1.04 /0.9 · 262 = 342089/235.8 = 1449 m³ To'ldiruvchi shtabining issiqlik balandligi estakada yordamida yuklashda 12 metrni tashkil etadi. Temir yo'l vagonlardan to'ldiruvchilarni harakatlantiruvchi mashinada tushirishda shtabel balandligi 4-6 metr qabul qilinadi. To'ldiruvchilarni saqlash bo'linma soni: Qum uchun -2; Yirik to'ldiruvchi (keramzit shag'ali) uchun – 4 ta qabul qilinadi; To'ldiruvchilar omborining umumiy maydoni quydagi formula bo'yicha aniqlanadi; Somb = Sf·Ko;m² Bu yerda; Sf - omborning foidali maydoni bo'lib u barcha shtabellarning yuzasi yig'indisiga teng m² Ko - ombor maydonini yo'laklar bilish hisobiga kengayishini inobatga oluvchi koeffisient (K = 1.4-1.5) Somb=432*1,5 = 648 m²
  • 1.11. Beton qorish sexini hisoblash: Yig'ma temir beton ishlab chiqarish korxonalarida periodik harakatlanuvchi materiallarning erkin tushishda ishlovchi va aralashtiruvchi stasionar beton qorgichlar ishlatiladi. Beton qorgichlarning markasi ularning asosiy xarakteristikalarini hisobga olib tanlanadi tayyor aralashma hajmi, soatda aralashma miqdori araiashtirish usuli to'ldiruvchilarning yirikligiga va boshqalarga bog'liq. Beton qorgichning soatdagi mahsuldorligi quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi: Qs = V·Pq ·K·K·m / 1000 (m³/soat); Bu yerda ; V - aralashtirish barabanining sig'imi; K-vaqtdan foidalanish koeffisenti - 0.91; Kn-uzatishning notekisligini hisobga oluvchi koeffisient – 0.8; m beton qorishmasini chiqish koeffisienti – 0.65 - 0.75; Pq-soatda beton aralashtirishlar soni; Q = 500-20-0.91·0.8-0.74 / 1000 = 5.4 m³ / soat. Sig'imi - 325 litr va undan yuqori beton aralashtirishlarda aralashtirishlar soni (Pq) soatda: - majburiy aralashtirish – 20 ; - qattiq aralashmani gravitasini aralashtirish – 15; - yengil to'ldiruvchilarni gravitasini aralashtirish – 15; - silikat va yacheykali betonlar – 10; - qorishmalar - 30; Beton qorish sexining yillik mahsuldorligi quyidagi formula bo'yicha topiladi: =Qs Tsm·N· Tf (m³) Bu yerda Qs-beton qorishmaning soatdagi maxsuldorligi;m³/soat Tsm- smenada ish vaqti, soat; N - smenalar soni; Tf - asbob uskunalarning yillik ishlash fondi - 247 sutka; = 5.4*8*2*247 = 21340 = 21.3 ming m³/yilda Diplom loyihasida tipovoy seksiyali 500 litrdan iborat 2 ta beton qorgichni qabul qilamiz.
  • 1.12. Tayor mahsulotlar omborini hisoblash: Temir beton ishlab chiqarish korxonalaridagi tayyor mahsulotlar ombori texnik nazorat bo'limidan o'tgan mahsulotlarni iste'molchiga temir yo'l yoki avtotransportda jo'natguncha saqlash uchun quriladi. Yilning issiq faslida ombordan buyumlarni issiqlik, namlik ishlovini sisentrik uchun foydalaniladi. Tayyor mahsulotlar ombori tarkibiga yig'ma yog'och va metal kasetalar kirib, ularda vertikal yoki qiya holatda yirik o'lchamda panellar saqlanadi, individual yoki guruh holatida buyumlarni saqlash uchun kondesatorlar vat emir biton buyumlarini yiriklashtirib yig'ish, inventer sistermalar, og'daruvchi tanlash va boshqalar kiradi. Shtabellangan buyumlarning balandligi: mayda-1.6 m; yirik-3m. Buyum shtaberlari masafa - 20 sm. Har ikki shtabel orasidagi yo'laklar 0.7-1 m va bitta machinery yo'lak-1.5 m. Tayyor mahsulotlar ombori maydoni quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi. A=Qsyt·T · K₁ · K₂ / Qn (m²); Bu yerda : Qsyt - sutkada tushadigan buyumlar soni, dona Tc - buyumlarni saqlash davriyligi – 10 -14 sutka; K₁ - yo'laklar yuzasisi hisobga oluvchi koeffisenti-1.5m; K₂ - kran tipiga bog'liq holda ombor maydonini kengayishini kengayishini inobatga oluvchi koeffisient: - ko'prik krani – 1.3; - minorali kran – 1.5; - tirgakli kran – 1.7; Qn - 1m² omborda saqlash uchun ruxsat etilgan buyumning normativ hajmi: qovurg'ali panellar, ferma, yopma balkalar va boshqa murakkab profildagi konstruksiyalar uchun – 0.5 m³ /m²; - ko'p bo'shliqli plitalar, issiqlik va boshqa liniyali elementlar uchun -1 m³/m²; A=Qsut · T · K₁ · K₂ / Q₁= 303 · 10 · 1.5 · 1.3 / 0,5 = 11817 m²
  • 2.1. Qovurg'ali tom yopma panelni hisoblash: Boshlang'ich maʼlumotlar. Uzunligi – 6,0 m Eni – 1,5 m Beton sinfi – B25 Armatura sinfi – A-IV Sanoat binolarining tom yopmalari uchun moʻljallangan qovurg'ali panellarni hisoblash va konstruktiv loyihalash talab qilinadi. Nominal oʻlchamlarini 6,0x1,5 m oʻlchamda qabul qilamiz. Tom yopma paneliga ta'sir qiluvchi doimiy yuklar 2.1-jadvalda keltirilgan. Vaqtinchalik normativ (me'yoriy) yuk 7000 N/m² Uzoq muddatli ta'sir etuvchi yuk 5000 N/m². Ishonchlilik koeffisienti y₁ = 0,95 . Panel qovurg'alari A-IV klassli po'lat sterjenli armaturalardan payvandlab tayyorlangan karkaslar bilan armaturalanadi. Plita Bp-I klassli simlardan payvandlab tayyorlangan to'rlar bilan armaturalanadi. Panel uchun B25 klassli beton qoʻllaniladi.
  • 3. Iqtisodiy qism: 3.1. Xom ashyoviy materiallar, sotib olinadigan buyumlar va yarim tayor mahsulotlarga bo'lgan talabni hisoblash Resurslarga bo'lgan talab diplom loyihasining texnologik qismida berilgan ko'rsatkichlar asosida belgilanadi. Resurslarni qiymati fabrikaning korxona ombori narxidan belgilaniladi: So Ss + St; S5 - xomashyo va materiallar narxi; St- transport xarajatlar; 1. Sement turi t 410000 2. Qum turi m³ 35000 3. Shag'al m³ 30000 4. Armatura turi t 1800000 5. Suv m³ 250 6 Qo'shimcha m³ 1000000 3.1-jadval Xomashyo materiallarga bo'lgan talabni hisoblash Mahsulotning nomi birligi umumiy Ishlab chiqarish hajmi Metall, t narxi 1 donasi Kerak uchun bo'lgan norma miqdor donasi umumiy 1 2 3 4 5 6 7 Qovurgali plita dona 79452 0.05724 4548 1800000 8186400000 Sement, t narxi Qum, m³ 1 donasi Kerak narxi uchun bo'lgan 1 donasi Kerak uchun narxi norma miqdor donasi umumiy norma miqdor donasi umumiy 8 9 10 11 12 13 14 15 0.164 13047 410 000 5349270000 0.304 24156 35000 845460000 Shagal,m³ qoshimcha,m³ 1 donasi Kerak narxi 1 donasi Kerak narxi uchun bo'lgan uchun miqdor norma miqdor donasi umumiy norma donasi umumiy 16 17 18 19 20 21 22 23 0.522 41454 30000 1243620000 0.00105 83.3 1000000 83300000 3.2. Yoqilg'i, issiqlik energiya va elektroenergiyaga bo'lgan talabni hisoblash Hisob butun nomenklatura bo'yicha bajariladi, yonilg'i va energiya sarfi diplom loyihasining texnologik bo'limidan olinadi. 3.2-jadval Yoqilg'i, issiqlik energiyasi va elektroenergiya bo'lgan talab Mahsulot nomi O'lchov birligi Yillik ishlab chiqarish normasi Donaga birlik normasi Yillik sarflanish miqdori Umumiy qiymati so'm Texnologik maqsadlar uchun issiqlik energiyasi(t) Qovurgali plita dona 79452 2.8 1780 222466 395988768 Texnologik maqsadlar uchun elektrenergiya, (kvt) Qovurgali plita dona 79452 27 120 2145204 257424480 Yonig'li va energiya narxlari: 1. Texnologik bug' – 1 tonnasi – 1780 so'm 2. Elektrenergiya – 1kvt/soat -120so'm 3. Suv 4. Boshqa yoqilg'ilar 3.3. Asosiy ishlab chiqarish xodimlarining asosiy va qo'shimcha ish haqini hisoblash Bu hisoblarni bajarish uchun avval quydagi ko'rsatkichlarga asoslanib bir ishchining ish fondi hisoblanadi; - kalendar bo'yicha ish fondi - 365 kun - bayram kunlari - 8 kun - dam olish kunlari - 52 kun - qo'shimcha dam olish kunlari-52 kun - navbatdagi va qo'shimcha ta'til - 18 kun - o'qish uchun ta'til - 1 kun - tug'ulganlik uchun ta'til 1 kun - kasallik va boshqa sababli ishga chiqmaslik 1.5 kun - davlat va jamoat topshiriqlarini bajarish 1 kun. Ish vaqti balansi (1ta ishchining haftasiga 5 kunlik ishda) 3.3-jadval Ishchi coatlar balansi Kursatkichlar O'lchov birligi Miqdori 1 Ish vaqtining kalendar fondi kun 365 Ta'til kunlari soni: kun 112 2 a) bayram kun 8 b) dam olish kun 52 c) qo'shimcha dam olish kun 52 3 Kalendar bo'yicha ish miqdori kun 253 Ishga kelmaslik jumladan: kun 22,5 a) navbatdagi va qo'shimcha ta'til kun 18 4 b) o'qish uchun ta'til kun 1 c) tug'ish uchun ta'til kun 1 d) kasallik va qonunda ko'zda tutilgan boshqa sabab bilan kun 1.5 e) davlat va jamoat ishlarini bajarish kun 1 Ta'til ikkinchi kuni Navbatdagi va qo'shimcha ta'til 5 davomidaish kuni hisoblanadigan ikkinchi dam olish kunlari soni kun 3.0 6 Yildagi ishchi kunlari soni kun 233.5 7 Ish kunlarining o'rtacha davomiyligi soat 8,2 8 Bir ishchining foidali ish vaqti fondi soat 1914.7 3.4-jadval Qadoqlash sexi bo'yicha asosiy va yordamchi ishlab chiqarish ishchilarning yillik ish haqi fondini hisobi T/r Ischi kashrlash nomi 2 3 4 5 6 7 8 Asosiy ishchilar 1 Beton yotqizuvchi machinist 2 IV 4000 15317600 15317600 2 Kran haydovchisi 2 III 5000 19147000 19147000 3 Elektr payvandlovchi 2 IV 5000 19147000 19147000 4 qoliplovchi 1 III 4000 7658800 7658800 Jami: 61270400 Qo'shimchaishhaqi – 6.5% - 3982576 Jamiqo'shimchavaasosiyishhaqi - 65252976 Ijtimoiysug'urtaajratma - 6.1% - 3980432 Jamiishhaqifondi - 69233408 so'm Yordamchi ishchilar 1 Navbatchi elektrik 2 III 4000 15317600 15317600 2 Navbatchi slesor 2 IV 5000 19147000 19147000 3 Nazoratchi 1 IV 4000 7658800 7658800 Jami : 42123400 Qo'shimchaishhaqi – 6.5% - 2738021 Jamiqo'shimchavaasosiyishhaqi - 44861421 Ijtimoiysug'urtaajratma - 2736547 Jamiishhaqifondi - 47597968 so'm Sex bo'yicha ish haqi fondi 116831376 so'm Ishchilarning soni kasbi tarif razriyadi va soat tarif ish haqi diplomoldi amaliyotidan olinadi. 3.5-jadval Qadoqlash sexi kichik xodim va xizmatchi xodimlarning ish haqi fondini hisoblash T/r Kasb nomlanishi soni oylik maoshi so'm yillik fond so'm 1 Sex boshlig'i 1 700000 8400000 2 Mexanik 2 560000 6720000 3 Sex masteri 1 420000 10080000 4 Farrosh 2 160000 3840000 Jami: 29040000 Qo'shimcha ish haqi - 6.5% - 1887600 so'm; Jami asosiy va qo'shimcha ish haqi - 30927600 so'm; Ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar - 6.1% - 1886583 so'm Jami ish haqi fondi: 32814183 so'm 3.6-jadval Uskunalarni ta'mirlashga ketadigan xarajatlar T/r Xarajatlarning nomlanishi Summa, so'm 1 Uskunalarni ishlatish bilan band bo'lgan yordamchi ishchilar ish haqi 70982060 2 Yordamchi materiallar 5491030 3 Transport vositalari va ishlab chiqarish uskunalarining avtomotizasiyasi 7081240 4 Transport vositalari va eskiruvchi kunlik ta'mir 3540620 5 Qiymati va shu eskiruvchi inventorning ishdan chiqishiga ketgan xarajatlar 3320310 6 Boshqa xarajatlar 27446980 Jami : 118062240 so'm Uskunalarnixizmatko'rsatishvasaqlashxarajatlarioʼzichigatexnologikbosimvako 'tarmakraniishlatish, sozlash, tamirlashvaxizmatko'rsatishuchunketganbarchaxarajatlarnioʼzichigaoladi. Ustunlarda ishlovchi yordamchi ishchilarning ish haqi 3.4-jadval dan olinadi (yordamchi ishchilar qismi ). Yordamchi materiallari ketgan xarajatlar yordamchi ishchilar ish haqqining 50% i miqdorida olinadi. Transport vositalari va ishlab chiqarish uskunalariga ketgan xarajatlar va uskunalarining smeta narxini amortizatsiya narxiga k'opayrirish orqali topiladi. Uskuna va uning montaji smeta narxi diploma loyixasining texnologik qismidan olinadi. Uskunalarning kunlik ta'miri uchun ketgan xarajatlarning 50% miqdorida olinadi. Kam qiymatli va tez eskiruvchi inventorlarning ishdan chiqishini qayta tiklashda ketadigan xarajatlar qiymati asosiy ishchilar ish haqqining 30% miqdorida olinadi. 3.7-jadval Sex bo'yicha xarajatlar hisobi Xarajatlar ro'yxati Summa T/r so'm 1. Sex personalining ish haqi 23064845 2. Bino va inshootlarni saqlash 2361245 3. Bino va inshootlarning texnik taʼmiri 22119777 4. Bino va inshootlarning amortizatsiyasi 44239553 5. Mehnat muhafazasi va yong'inga qarshi texnikaga ketgan xarajatlar 5983443 6. Boshqa xarajatlar 21917520 Jami: 119586383 Sex personalining ish haqi xizmatchilar va kichik xodim ish haqi fondidan olinadi. Bino va inshootlarni tuzish (ishchi holida saqlash) uchun xarajatlar qiymati bino va inshootlar smeta narxining 2 % miqdorida olinadi yoki inshoot hajmi va maydonini shu ko'rsatkichlarga ketgan kapital qo'mitalarga ko'paytirish orqali topiladi. Bino va inshootlarning smeta narxi o'z ichiga qurilish ishlariga ketgan uskuna sotib olishga va montaj ishlarini bajarishga ketgan xarajatlarni oladi. Bino va inshootlarning amortizatsiyasiga ketgan xarajatlar qiymatini amortizatsion ajratmalar normasiga ko'paytmasiga teng. Bino va inshootlarning kundalik tamirlash uchun ketgan xarajatlar qiymati amortizatsion qiymatining 50 %ini tashkil etadi. Mehnatni muhofaza qilish va yong'inga qarshi texnikaga ketgan xarajatlar hamma ishchilar ish haqining 2.5% miqdorida olinadi. 3.8.Zavod bo'yicha umumiy xaralatlarni xisoblash Umumkorxona xarajatlarini korxonani boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlarni o'z ichiga olib, rahbarlik ta'minoti amortizatsiya umumkorxona maqsadlari uchun qo'llaniladigan asosiy vositalarning ta'minoti va ta'miri kadrlar tayyorlash korxonani qo'riqlash va boshqa xarajatlardan iborat bo'ladi. Bu xarajatlar ishlab chiqarish ishchilarning asosiy va qo'shimcha ish haqining 45% miqdorida olinadi. (Jadval – 3.4) - 235737704x0,45 =106081967 so'm 3.9. Brak bo'yicha yo'qotishlar hisobi Brak mahsulot ishlab chiqarish natijasida chiqadigan xarajatlar xom ashyo materiallarning – 3% miqdorida hisoblanadi 1180917400x0.03=35427522 so'm.
  • 3.10.Mahsulotning fabric-zavod narxini topish: Mahsulotning fabric-zavod narxi=sex smeta xarajatlari+zavod bo'yicha umumiy xarajatlar+brak bo'yicha yo'qotish 119586383+106081967+35427522=261095872 so'm
  • 3.11. Ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlarni topish: Ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlar qiymati mahsulotni sotish bilan bog'liq xarajatlarni o'z ichiga oladi va fabrika -zavod narxining - 4% miqdorida qabul qilinadi: 261095872 x 0,04=10443834 so'm
  • 3.12-jadval: Mahsulotning umumiy tannarxini xisoblash Yillik daromad miqdori Kalkulatsiya birlik xarajatlar Xarajatlar kalkulyatsiya ro'yxati O'lchov birligi Yillik Narxi Summa 1buyum Summa uchun talab so'm so'm talab 1 2 3 4 5 6 7 8 Xomashyo materiallar 1. a)sement t 13047 410000 5349270000 0.164 b)shag'al m³ 41454 30000 1243620000 0.522 c)metal t 4548 1800000 8186400000 0.057 d)qum m³ 24156 35000 845460000 0.304 e)suv m³ 7828 250 1957000 0.0985 j)qo'shimcha m³ 83.3 1000000 83300000 0.00105 buyum va xom ashyo narxi 197135 Yordamchi materiallar 5491030 70 Texnik xarajatlar jarayon yoqilg'i t 1780 395988768 4984 Texnik jarayon ychun elektr energiya kvt 120 257424480 3240 Ishchilar asosiy ish haqi 229035900 6362 Ishchilar qo'simcha ish haqi 14887333 413 ma uchun ajratma 14879316 412
  • 4. Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi: Reja: 4.1.Mehnat xavfsizligi va zamonaviy qurilish obyektlarida mehnat muhofazasining tutgan o'rni. 4.2.Ishlab chiqarish sanitoriyasi va mehnat gigiyenasi. 4.3.Qurilishda mehnat xavfsizligi. 4.4.Yong'in xavfsizligi. 4.1. Mehnat xavfsizligi va zamonaviy qurilish obyektlarida mehnat muhofazasining tutgan o'rni Mehnat xavfsizligi xizmatining asosiy vazifalari qurilish maydonida va unga bog'liq bo'lgan ish jarayonlarida sodir bo'ladigan jaroxatlanish va boshqa baxtsiz hodisalarni keltirib chiqaradigan sabablarni bartaraf qilish va tashkilot ma'muriyatining ishchi va xizmatchiga ish sharoitini yaxshilab berish ustidan nazorat qilib turish, fan va texnika yutuqlarini joriy qilish asosida mehnat xavfsizligi va himoya vositalarini mustaqil takomillashtirish, qurilishda mehnat mehnat madaniyatini oshirish baxtsiz hodisalarni oldini olishda qaratilgan tashkiliy, texnik, sanitariya tadbirlarini ishlab chiqish va joriy etishdan iborat. Mehnat muhofazasining zamonaviy qurilishda, obyektlarida temir beton korxonalarida tutgan o'rni beqiyos. Hozirgi zamon qurilish tartibi xalq xo'jaligining en murakkab ishlab chiqarish jarayonlaridan biriga aylandi. Ishchilarning kasbiy malakasini oshirish ishning sifatiga va ularning xavfsizligiga bevosita bog'liqdir. Mehnat xavsizligini to'la va tez taminlangani uchun ishchi va xizmatchilarning mehnatga bo'lgan munosabatlarini tubdan o'zgartirishga majbur qila oladigan uslubiy tadbir lozim bunda ularning mehnati natijalariga moddiy ta'sir ko'rsata olsin mehnat xavsizligini boshqarish - bu mehnat jarayonida odamlarning saqlab qolishga qaratilgan bir qator texnikaviy, tashkiliy, tozalik va davolanish bo'yincha chora – tadbirlarni ishlab chiqish va amalda bajarilishini ta'minlash nazorat qilib borishdan iboratdir. Zamonaviy qurilish obyektlarida mehnat xavsizligini boshqarishni tashkilot bo'yincha bosh muhandis, brigada bo'limlarida va qurilish maydonlarida esa muttasadi raxbar xodimlar amalga oshiradilar. Uslubiy va tashkiliy ishlarni bu borada xavfsizlik muhandisi olib boradi. 4.2. Ishlab chiqarish sanatoriyasi va mehnat gigiyenasi Qurilishda sanitariya va mehnat gigiyenasi masalalari bir qator meyoriy hujjatlar asosida rejalashtiriladi. Bu hujjatlarda sanoat korxonalarini loyihalashtirishda mavjud sanitariya me'yorlari, “Sanoat korxonalari bosh rejasini loyihalash me'yorlari”, “Qurilish tashkilotlarining yordamchi bino va xonalarini loyihalash bo'yicha ko'rsatma" va boshqalar kiradi. Bu hujjatlarning asosiy vazifasi sog'lom mehnat sharoiti yaratish yo'li bilan jarohatlanish va kasallikning oldini olishdan iborat. Ularda sanoat korxonalarini loyihalash, qurish va foidalanish davrida sanitariya talablarini rejalashtirish chora tadbirlari berilgan. Sanoat korxonalaridan ajralib chiqadigan va ishchi muhitga tarqaladigan har xil zaharli chang va zaharli gaz moddalarini odam uchun zaharsiz ruxsat etilgan miqdorini belgilab beradi. Shunday qilib qurilishda ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi tozalik va ozodalik bo'yicha tadbirlar tuzishdan, korxonalarda sog'lom mehnat sharoitlarini yaratishdan iborat. 4.3. Qurilishda mehnat xavfsizligi Qurilish boshqarmalari va sanoat korxonalari tarkibida mehnat muhofazasini tashkil qilish va uni boshqarish bo'yincha maxsus xavfsizlik mavjud. Mehnat xavfsizligi xizmzatini bevosita tashkilotning bosh rahbari chiqaradi. Jismoniy mehnat jarayonida inson mehnat quroli yordamida jisimga ta'sir etish yo'li bilan uning shaklini va mohiyatini o'zgartirishga erishadi. Bu mehnatning samarasi mehnat quroli va ishchining mohirligidan tashqari, ish joyining harorati va yoritilganligi, ozoda va saramjonligi, havoning musaffoligi shovqin - suronning yo'qligi va shunga o'xshash bir qator omillarga bog'liqki, bularning barchasi mehnat sharoitini ifodalaydi. Davr talabi va mehnat jarayonlarini murakkablashib borayotganligi sababli, tashkilotlarda, qurilishda va sanoat korxonalarida mehnat xavfsizligini boshqarishda tashkil etishda zarurat tug'uldi. Mehnat xavfsizligini boshqarishning maqsadi mehnat muhofazasi qoidalarini ishchilarga yetkazish, uni ishlab chiqarishga tadbiq etishdan iborat. 4.4 Yong'in xavfsizligi Yong'inlar sanoat korxonalari xalq xo'jaligining hamma tarmoqlari, qishloq xo'jaligi, turar joy binolarida yuz berishi mumkin bo'lgan hodisa hisoblanadi. Yong'in chiqmasligini ta'minlash yong'in chiqqan taqdirda uning rivojlanib, tarqalib ketmasligi chora tadbirlarini ko'rish birinchidan moddiy boyliklarni saqlab qolishga qaratilgan bo'lsa, ikkinchidan inson salomatligi va uning hayotini saqlab qolish chora-tadbirlarini amalga oshirilishi, mehnat muhofazasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Beton va temir beton buyum va konstruksiyalari ishlab chiqarish korxonasi sexlari va omborlari atrofi to'siladi bunda korxona o't o'chirish vositalari bilan ta'minlangan bo'lishi kerak. Sanoat korxonalarining yong'inga va portlashga xavflilik kategoriyasini aniqlash, bu korxonada xavfsiz ish sharoitini ta'minlash uchun chora tadbirlar ishlab chiqarish zarur. Texnologik jarayonlarni yong'inga va portlashga xavfliligi tahlil qilinganda texnologik sxemalardan, chegaralardan ma'lumotnomada keltirilgan materiallardan sanoat korxonasida ishlatilayotgan material va moddalarning yong'inga portlashga va avariyalarga sababchi bo'ladigan sabablari o'rganiladi. Maydalovchi qurilmalar, tegirmonlar, isitish va qizdirish vositalarida yetarli darajada chang bilan aralashma hosil bo'lishi va portlashga olib kelishi mumkin. Sanoat korxonalarida yonuvchi aralashmalarni alangalanishiga olib keladigan omillar ochiq alangali olovlardan foydalanish, cho'g'langan yonuvchi moddalar mexanik energiyani issiqlik energiyasiga aylantirish elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish va kimyoviy reaksiyalar hisoblanadi. Yondirish manbai sifatida gaz payvandlash qurilmasi elektrpayvandlash ishlarida chiqadigan uchqunlarni hisobga olish kerak: yong'inning oldini olish maqsadida zamonaviy va o'ta mustahkam elektr qurilmalari va asbob anjomlaridan korxonalarda keng qo'llanilmoqda.