Geologiya asoslari va geomorfologiya
Ushbu ko'rsatma "Geologiya asoslari va geomorfologiya" fani bo'yicha talabalarning bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirishga mo'ljallangan. Unda Yerning shakli, kattaligi, tuzilishi, rivojlanish bosqichlari, geologik jarayonlar va ularning yer rel'efining hosil bo'lishidagi o'rni haqida keng qamrovli ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, Yerning ichki tuzilishi, endogen va ekzogen jarayonlar, tektonik harakatlar, vulkanizm, minerallar, tog' jinslari, geologik xaritalar, geomorfologik jarayonlar va ularning ta'siri kabi muhim mavzular chuqur o'rganilgan.
Asosiy mavzular
- Yerning ichki tuzilishi: Yer po'sti, mantiya va yadroning tuzilishi, ularning tarkibi, harakati va rivojlanish bosqichlari, geodinamik hodisalar, paleogeografik o'zgarishlar, turli mineral va tog' jinslari haqida umumiy tushunchalar, geologik tekshirishlarda bajariladigan ishlar va boshqalar haqida ma'lumot beriladi.
- Endogen jarayonlar va ularning rel'efga ta'siri: Yerning ichki kuchlari ta'sirida vujudga keladigan o'zgarishlar, tog'larning hosil bo'lishi, vulkanlar, zilzilalar va ularning rel'efga ta'siri haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan.
- Ekzogen va endogen jarayonlarning bog'liqligi: Yerning ichki va tashqi kuchlarining o'zaro ta'siri, hamda ularning rel'ef hosil qilishdagi roli haqida ma'lumot beradi. Nurash, denudatsiya, eroziya va akkumulyatsiya kabi jarayonlar va ularning ta'siri tushuntirilgan.
- Litosfera plitalari tektonikasi: Yer qobig'ining litosfera plitalardan iboratligi, ularning harakati, o'zaro ta'siri va bu harakatlarning rel'efga ta'siri haqida ma'lumot beriladi.
- Tarixiy geologiya. Yerning tarixiy taraqqiyot bosqichlari: Yerning paydo bo'lishidan hozirgi kungacha bo'lgan geologik taraqqiyot bosqichlari, davrlar, epoxalar va ularga xos bo'lgan geologik va biologik o'zgarishlar haqida ma'lumot beriladi.
- Tog' jinslari va minerallarning umumiy xususiyatlari: Minerallarning fizikaviy xususiyatlari (rangi, qattiqligi, yaltiroqligi, sinish qobiliyati) va kimyoviy tarkibi, shuningdek, tog' jinslarining tasnifi va ularning hosil bo'lishi haqida ma'lumot beriladi.
- Magmatizm va magmatik tog' jinslari: Magmaning hosil bo'lishi, uning tarkibi, kristal-lanishi va natijada hosil bo'ladigan intruziv va effuziv magmatik jinslar haqida ma'lumot beriladi.
- Cho'kindi tog' jinslari: Cho'kindi tog' jinslarining hosil bo'lishi, ularning mexanik, kimyoviy va organik turlari, tarkibi va xossalari haqida batafsil ma'lumot berilgan.
- Metamorfik tog' jinslari: Metamorfizm jarayoni, uning turlari (kontakt va mintaqaviy metamorfizm) va natijasida hosil bo'ladigan metamorfik tog' jinslarining tarkibi, tuzilishi va xossalari haqida ma'lumot beriladi.
- Geologik kesma va geologik kartalar tuzish: Geologik kartalar va kesmalarning ma'nosi, ularni tuzish usullari, hamda ulardan foydalanish yo'llari haqida ma'lumot beriladi.
- Platforma va geosinklinallarning paydo bo'lishi va rivojlanishi: Yer po'stining rivojlanishidagi asosiy tektonik elementlar - platformalar va geosinklinallarning hosil bo'lishi, rivojlanishi va ularning rel'efga ta'siri haqida ma'lumot berilgan.
- Nisbiy va mutlaq geoxronologiyani o'rganish metodlari: Yer yoshini aniqlash usullari (nisbiy va mutlaq geoxronologiya) va geoxronologik jadvalni tahlil qilish haqida ma'lumot beriladi.
- Yer yuzasi rel'ef kartasini ishlash: Yer yuzasi rel'efini aks ettiruvchi xaritalar bilan ishlash, ularning ma'nosini tushunish va tahlil qilish haqida ma'lumot beradi.
- Yer shari rel'efining gipsografik va bateografik egri chizig'ini chizish va tahlil qilish: Gipsografik va bateografik egri chiziqlarning ma'nosi, ularni tuzish va tahlil qilish, hamda yer yuzasi rel'efining asosiy shakllarini aniqlash haqida ma'lumot beriladi.
- Geomorfologik kartalar tuzish: Geomorfologik kartalarni tuzish va ulardan foydalanish usullari, hamda ularning yordamida turli hududlarning rel'efini o'rganish haqida ma'lumot berilgan.
- Karst, graben, antiklinal va sinklinal rel'ef shakllarini o'rganish: Karst, graben, antiklinal va sinklinal kabi rel'ef shakllarining hosil bo'lishi, rivojlanishi va ularning xususiyatlari haqida batafsil ma'lumot beriladi.
- Daryolar va muzlik ishi natijasida hosil bo'lgan rel'ef shakllarini chizish va ularning tahlili: Daryo vodiylari, meandirlar, terrasalarning hosil bo'lishi, shuningdek, muzliklarning faoliyati va ularning rel'efga ta'siri haqida ma'lumot berilgan.
- Shamolning geologik faoliyati natijasida hosil bo'lgan rel'ef shakllarini o'rganish: Shamolning geologik faoliyati, shamol eroziyasi va shamolning rel'efga ta'siri natijasida hosil bo'lgan shakllar haqida ma'lumot beriladi.
- Dunyo okeani va dengizlarning geologik faoliyatini o'rganib chiqish: Dunyo okeani tubining tuzilishi, relefi, qirg'oqlarining shakllanishi va okeanlardagi geologik jarayonlar haqida ma'lumot berilgan.