Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish yo`nalishi, 404-guruh bitiruvchisi Akbarova Nigora Shukurjon qizi “O`qish darslarida “Ma`naviyat-qalb quyoshi” mavzusini o`rganish metodikasi (4-sinf)” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi asoslanib, ishning maqsad va vazifalari, tadqiqot obyekti, metodologik asosi, nazariy va amaliy ahamiyati asoslab berilgan. Bitiruv malakaviy ishining “4-sinf o`qish darslarida “Ma`naviyat-qalb quyoshi” mavzusini o`rganishning nazariy asoslari” nomli 1-bobida nazariy ma`lumotlar bilan cheklangan bo`lsa, “4-sinf o`qish darslarida “Ma`naviyat-qalb quyoshi” mavzusini o`rganish darslari va ularni tashkil etish” nomli 2-bobida esa oldingi bobda ilgari surgan fikrlarini darslar misolida, aniqrog`i, malakaviy amaliyot jarayonida o’tkazgan tajriba-sinov ishlarida nazariy jihatdan o’rganilgan muammoni amalda natijalarining tahlilini keltirib bera olgan. Olingan ma`lumotlar asosida xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu ““4-sinfda “Fe’llarni shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanishi” mavzusini o’rganish metodikasi”” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishida ona tili fani dasturi, fe’l so’z turkumini o’tish jadvali, fe’l so’z turkumiga qarashli so’zlarning shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanishini o’rgatish, unda ko’rgazmalilikning ahamiyati, darslarda multimediya va maxsus tayyorlangan dasturlarning ahamiyati va tadqiqot natijalari haqida so’z boradi.

Сўровнома

Оцените работу движка

Бошқа сўровномалар