Загрузка...
O’quvchilarda  tarixiy bilimlarni shakllantirish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari
Автор:
Qodirova Gulhayo.
Издано
в 2013 году

O’quvchilarda tarixiy bilimlarni shakllantirish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari

Краткое описание:


Mavzuning o’rganilish darajasi: Biz tanlagan “O’quvchilarda tarixiy bilimlarni shakllantirish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari” (“Jahon tarixi” darslari misolida) nomli bitiruv malakaviy ishi mavzusining o’rganilganlik darajasiga e’tibor qaratsak, o’quvchilarda tarixiy bilimlarni tarix fanlarini o’qitish jarayonida yoki zamonaviy darslarni tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan vazifalarni amalga oshirishda mustaqil O’zbekistonda ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalarni qo’llash masalalarini yoritib beruvchi juda ko’plab metodik adabiyotlarni uchratish mumkin. Ayniqsa, mustaqillik yillarida bu narsaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida ta’lim sohasida innovatsion g’oyalarni amalga oshirish, o’quvchi yoshlarning tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, tarixiy bilimlarini mustahkamlash va mustaqil fikrga ega bo’lgan shaxsni shakllantirish maqsadida olib borilayotgan vazifalarni ro’yobga chiqarish uchun, albatta metodik adabiyotlarga murojaat qilinadi. Tarix fanlarini o’qitish bo’yicha bugungi kunda turli metodik adabiyotlardan foydalanish imkoniyati kengayib bormoqda. Yaratilayotgan adabiyotlarning barchasi ta’lim sifatini zamonaviylashtirishga qaratilgan. Ayniqsa, mahalliy adabiyotlar bilan birga xorijiy davlatlar mualliflari tomonidan yaratilayotgan metodik adabiyotlarda va metodik jurnallarda e’lon qilinayotgan ilmiy maqolalarda umumiy o’rta ta’lim tizimida darslarni tashkil qilishning zamonaviy usullari xususida fikrlar yuritiladi.



Ваш комментарий:
Введите код с картинки:*
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив