Qo’qon xonligining boshqaruv tizimi va uni o’qitishning talim texnologiyasi

Краткое описание:


Qo`qon xonligi siyosiy tarixi va davlat boshqaruv tizimi tahlilini amalga oshirish asosiy maqsad sifatida qo`yilgan va bunda nafaqat Qo`qon xonligi tarixi, davlat boshqaruv tizimi, Buxoro va Xiva xonliklaridagi o`xshash va farqli jihatlarni yoritib berish



Автор: Shoturayeva Sevara Toshmuratovna.
Издано: в 2014 году
Категория: Дипломная работа / Выпускная квалификационная работа
  1. Комментарии:

    Komronbek
    Гости
    Rus davlati Buxoro va Xiva xonliklariga qarshi urush olib boraetgan yillari Qo’qon xonligida chuqur siyosiy va ijtimoiy iqtisodiy inqiroz hukm surmoqda edi. Bu vaqtlarda xonlik erlarining yarmi Rus davlati tomonidan bosib olingan bo’lib, uning chegarasi asosan Farg’ona vodiysidan iborat edi.
    Xudoyorxon siyosiy jihatdan o’ta ko’rligi, qo’rqoqligi va shaxsiyatparastligi orqasida ruslarning ham, xalqning ham kuz o’ngida o’z obro’sini to’kkan edi. U qanday bo’lmasin, taxtni saqlab qolish uchun Rus davlatiga tayanishga, unga o’zini yaxshi ko’rsatishga qattiq tirishdi. U rus hukumati vakillariga sodiqligi va har qanday xizmatga tayyorligi haqida birin ketin xatlar yozib turdi. Hatto Rossiya bilan xonlikni bir davlat deyishgacha bordi. Masalan, u bu xususda 1869 yil 18 aprelda Turkiston generalgubernatorligi ma’muriyatiga shunday xat yozgan: «Sizlar tomonga qochib o’tgan sarboz Tursunqulov bilan yuborgan samimiy xatingizni oldim. Sizga nisbatan bo’lgan do’stlik tufayli mazkur sarbozni kechirib, sarpo kiygizdik va xursand qildik. Chunki u begona davlatga emas, balki Qo’qon bilan bir davlat — Rossiyaga, ya’ni bir mamlakatga qochgan».

    Demak, Xudoyorxon o’z vaqtida xonlik qilib, dushman tarafiga o’tgan kishini afv etib, bu bilan Rossiyaga sodiqligini izhor etgan. Ayniqsa, uning «bir davlat» xaqidagi gaplari Rus davlatining itoatkor xizmatkoriga aylanganidan dalolat beradi.

    Turkiston generalgubernatorligi ma’muriyatining Xudoyorxonga yuborgan javob xatida uning so’zlaridan mamnun bo’lganliklari uqdirilgan.

    Xudoyorxon Rossiya panohida taxtda utirishni va ayshu ishrat qilishni afzal ko’rdi. «U, — deb ezgan edi Ibrat, — Rusiyadan xotirjam bo’lib, vaqtini o’yin-kulgu bilan o’tkazub, qush solmoq va ko’pkari chopmoq yo’llarinda bo’lub, ulamo va fuzalo nasihatlariga amal qilmay, jabru zulm tarafiga o’tib turganida, raiyatu xalq (undan) yuz o’girdi» (Isxoqxon Junaydulloxoja ug’li (Ibrat), Farg’ona tarixi.

    Xudoyorxon davlat manfaatlari va taqdirini o’ylamay, Rossiyaga orqa qilib, ko’ngliga nima kelsa, shuni qilavergan. Shu boisdan mahalliy va rus manbalarida xonni qoralovchi ma’lumotlar serobdir. Ularda Xudoyorxon tengi yo’q ochko’z, molparast, uta shafqatsiz va zolim sifatida tasvirlanadi. «Xudoyorxon, — deb ko’rsatiladi manbada, — ko’p badavlabosqinchilik va talonchilik rejalarining oxirgi nuqtasi hisoblanadi.
    28 октября 2019 01:59
    0
Ваш комментарий:
Введите код с картинки:*
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив