XI-XII asrlarda o’rta osiyo siyosiy hayoti tarixining tarixshunosligi

Краткое описание:


Ushbu disertatsiya ishining maqsadi XI-XII asrlarda O’rta Osiyo siyosiy hayoti tarixining tarixshunosligini tarixshunoslik fanining eng samarali va so’ngi usullari yordamida ochib berish, bu davr siyosiy hayotiga nisbatan turli davrlarda yashab ijod qilgan tarixchilar ya’ni, XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlaridagi tarixchilar-olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar, XX asr 20-yillaridan shu asrning 80-yillari oxirlarigacha qilingan tadqiqotlar, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, XIX asr oxirlaridan xorij mamlakatlarida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar ular tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalarini tatqiq etish va tahlil etish va shu orqali tarixshunoslik fanining yanada rivojlanishiga hissa qo’shishdan iboratdir. XI-XII asrlarda O’rta Osiyo siyosiy hayoti tarixining tarixshunosligini yoritib berishda biroz e’tibordan chetda qolgan muammolarni topish va uni tarixchilar e’tiboriga havola etish ishning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Mavzuning vazifalari O’rta Osiyoning XI-XII asrlar siyosiy hayotini turli tuzum va jamiyatlarda qanday nuqtai-nazardan yoritilganligini o’rganish, turli g’oya va mafkuralarning tarix fani taraqqiyotiga ijobiy va salbiy ta’sirini o’rganish, XI-XII asrlar O’rta Osiyo siyosiy hayoiti tarixini yoritish ishlariga eng muhim darajada hissa qo’shgan olimlarning tadqiqot ishlarini tahlil qilishdan iboratdir.



Автор: Mamatqulov Sh. (dots. Ergashev B. rahbarligida)..
Издано: в 2014 году
Категория: Диссертация / Магистерская диссертация
Ваш комментарий:
Введите код с картинки:*
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив