Mustaqil O’zbekiston muzeylarida ko’rgazmalar tayyorlanishi texnologiyalari

Краткое описание:


Tadqiqotning asosiy maqsadi, oldingi davrlardagi konseptual g‘oyalarni umumlashtirib, analiz qilib, shuningdek muzey ekspozitsiyasi shakllaridagi muammolar va turli aspektlarga tegishli qo‘shimcha tadqiqotlarni o‘tkazib, ekspozitsiyaning mazmun-tematikasi, tili va ko‘rgazmachilik o‘ziga xosliklari bilan bir qatorda, muzey kommunikatsiyasining asosiy funksiyalarini amalga oshirish qobiliyatiga ega ekanligini ko‘rsatishdan iborat. Shuningdek O‘zbekistonda ekspozitsion texnologiyalarning axamiyatini aniqlash, muzey nazariyasi va amaliyotining rivoji uchun zarurligini ochib berish xam asosiy maqsadlardan biri qilib belgilangan. Mazkur tadqiqotda quyidagi vazifalarni echish ko‘zda tutilgan: - qator nomuzey ko‘rgazmalar bazasida vujudga kelgan jahon muzeylarining yaratilish tarixini tadqiq etib, muzey ekspozitsion evolyusiyasini analiz qilib, ekspozitsion funksiyalarni aniqlash; - muzey ekspozitsiyasi va badiiy ko‘rgazma tipologiyalarini analiz qilib, prinsipial o‘ziga xosliklarini kengroq o‘rganish maqsadida tahlil qilish; - muzey ko‘rgazmalari klassifikatsiyasining an’anaviy kriteriyalarini umumlashtirib, ekspozitsion faoliyat shakllari, xilma-xilligi prinsipial o‘ziga xosligini xarakterlay oladigan tomonlarini aniqlab, muzey ko‘rgazmachilik faoliyatini klassifikatsiyalash prinsiplarini tadqiq etish; - O‘zbekiston muzeylari ekspozitsiyalarida zamonaviy tendensiyalarning nazariy asoslarini tadqiq etib, ularning bugungi kundagi perspektivalarini aniqlash. - muzeylarning bugungi kunda O‘zbekiston tarixi va madaniyatining kam o‘rganilgan hamda dolzarb muammolarini hal etishda qo‘shayotgan hissalarini ko‘rsatish; - O‘zbekiston muzeylaridagi ekspozitsion texnologiyalarini jahon muzeylari tarixi, ekspozitsiya faoliyatidan kelib chiqib tadqiq etish va tavsiyalar ishlab chiqish. - O‘zbekiston muzeylari va ularning mustaqillik davridagi faoliyatini nazariy hamda ilmiy jihatdan ochib berish, natijalar va xulosalarni umumlashtirishdan iborat.



Автор: Suyunov Sh. (dots. Ergashev B. rahbarligida).
Издано: в 2014 году
Категория: Диссертация / Магистерская диссертация
Ваш комментарий:
Введите код с картинки:*
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив