2-Sinf Tarbiyaviy Soat dars ishlanmalari yangi

Краткое описание:


1-mavzuVatan kelajagi bizning qo’limizda

I.Kirish:

Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:

Yurt,ona Vatan haqidagi tushunchalarni o`quvchilar ongiga yetkazish.Vatanga muhabbat tuyg`usini uyg`otish; o`quvchilar nutqini o`stirish.

Tarbiyaviy mashg`ulotning  jihozi: DVD,disk, tarqatma material,rasmlar.

Tashkiliy qism: O`quvchilarning   darsga  tayyorgarligi, navbatchi  axboroti.

Ma`naviyat daqiqasi

Vatan ona, Vatan chamandir,
Vatan quyosh, Vatan osmondir.
Vatan she`rdir, Vatan xayoldir,
Vatan tuproq, Vatan iymondir.

II Asosiy qism:

Bizning Vatanimiz O`zbekiston! O`zbekiston –muqaddas Vatan. Aziz bobolarimiz ota-onamiz  tug`ilib o`sgan maskan. Farzandlarimizni shuzaminga  sadoqat  ruhidatarbiyalash,  ularning  qalbidashu  muborak  zaminninghar  bir  qarichigamehru-muhabbat  uyg`otish  bugungikunning  eng  ustuvorfazilatlardan  biridir.  Bizuchun  Vatan  bitta!Mamlakat  bitta!  Bizninggo`zal  yurtimiz,  noyobtabiatimiz,  betakror  Vatanimiz,bag`ri keng  va  oliyjanobxalqimiz  bor.

Men  shudiyorda  yashayman.  Shuyurtda  tug`ilib  o`sdim. O`zbekiston  judago`zal  diyor.  O`zbekistondago`zal  bog`lar, yuksak  tog`lar,bepayon  dalalar,  zilolsuvlar,  zamonaviy  qishloqlarva  bir-biridan  go`zalshaharlar  ko`p.  O`zbekistonimizning  tabiatixilma-xil  bo`lib,  go`zallikdatengi  yo`q.  O`zbekiston jannatmakon diyori. 

O`zbekistonning  poytaxti-  Toshkent  shahri.Toshkent  juda   ko`hnava  qadimiy, shu  bilanbirga  zamonaviy  shahardir. Toshkent  shahrirespublikamizning  yuragi  hisoblanadi. Shu  zaminningmunosib  farzandi  bo`libyashaylik.

         O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentimiz: “Bizdan ozod va obod Vatan qolishi”, “Shu aziz Vatan barchamizniki. Uning baxt saodati, yorug` istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish kerak bo`lsa, joningni fido qilish, shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir”,-deb aytganlar.





Автор: Неизвестно
Издано: 2017 году
Категория: Другие
Ваш комментарий:
Введите код с картинки:*
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив