3-Sinf Tarbiyaviy Soat dars ishlanmalari yangi

Краткое описание:


1-mavzu: Serquyosh O`zbekiston!

I.Kirish:

Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:.

O`quvchilarga Vatan – insonning kindik qoni to`kilgan tuproqligini, insonni kamol toptiradigan, hayotiga ma`no ,mazmun baxsh etadigan tabarruk maskanligini anglatish.O`quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizga bo`lgan hurmatlarini oshirish.

Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat. tushuntiruvchi chizmalar va diyorimiz go`zalligiga oid kadrlar

Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

Tashkiliy qism:

O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi.

I.Asosiy qism

O`qituvchi o`quvchilar bilan salomlashadi.

-Bir so`z bor,u ilk

Kalomdan boshlanar,

Odobning boshi ham 

Undan boshlanar.

Unga odat qilgan yetar murodga,

Odat qilmagan-chi,qolar uyatga.

Jumboqning ma`nosin yeching farzandim,

So`ngra uni kanda qilmang dilbandim.

O`quvchilar:Assalomu alaykum!

Ma`naviyat daqiqasi.

(Vatan haqida qo`shiq eshittirish)Musiqa eshittirish orqali esa bolalarda qo`shiqqa, musiqaga qiziqish uyg`otish. 

Bolajonlar eshitgan qo`shig`ingiz nima haqida ekan? 

Bu qo`shiqda go`zal O`zbekistonimiz va uning jannatnakonligi tarannum etilgan.

Demak, bugungi mavzumiz  “Serquyosh O`zbekiston!” -deb nomlanadi.Slaydlar yoki rasmli plakatlar yordamida  mazmunini so`zlash va asoslash. 

-Aziz o`quvchilar,O`zbekistonimizning  o`tmishi ham, buguni ham ma`naviyati yuksak va madaniyati boy xalq.Bizning ajdodlarimiz,buyukallomalarimiz, olim-u shoirlarimizni bugun ham dunyo tan olmoqda. Dunyoning barcha mamlakatlarida Al-Xorazmiy matematikasi,Ibn Sino tibbiyoti,A.Navoiy she`riyati o`rganilmoqda.Xalqimiz davlat mustaqilligini qo`lga kiritgach, yurtimizda misli ko`rilmagan o`zgarishlar, yangilanishlar,yuksalishlar yuz berdi.

      Bugun Davlatimiz,Yurtboshimizning siz – yoshlarga bo`lgan g`amxo`rligi va e`tibori kun sayin oshmoqda.

O`quvchilar fikri chizmaga qaratiladi

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov : “Bizdan ozod va obod Vatan qolishi”, “Shu aziz Vatan barchamizniki. Uning baxt saodati, yorug` istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish kerak bo`lsa, joningni fido qilish, shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir”,-deb aytganlar.

       Prezidentimiz Shavkat  Mirziyoyev bejizga “Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim” deb aytmaganlar. Shu sababli ta’limni O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor yo‘nalish, deb e’lon qilingan.

          O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida har kimning bilim olish huquqiga egaligi va bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi belgilab qo‘yilganligi buning isbotidir.

             Prezidentimiz SH.Mirziyoev tashabbusi bilan davlatimizni barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish maqsadida, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqilib, hayotga izchil joriy etilmoqda. 



Автор: Неизвестно
Издано: 2017 году
Категория: Другие
Ваш комментарий:
Введите код с картинки:*
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив