4-Sinf Tarbiyaviy Soat dars ishlanmalari yangi

Краткое описание:


3-mavzu: Odob-axloq qoidalari

I.Kirish:

Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O’quvchilar qalbi va ongiga odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish tuyg’ularini singdirish, ularni zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviq qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlardan himoya qilish, o’quvchilarda ichkilikbozlik, giyohvandlik va «ommaviy madaniyat» kabi bizga yot illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish.

Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:mavzuga oid rasm,DVD  

Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

Tashkiliy qism:

O`quvchilarni darsga hozirlash

II.Asosiy qism:

O’qituvchi o’quvchilarga odob-axloq qoidalari haqida tushuncha berib o’tadi:

Ta’lim muassasasi hududida odob-axloq qoidalari

 Maktabga mashg‘ulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin, ta’lim muassasasi Ustavida belgilangan o‘quvchilar libosi (formasi)da kelish;

toza va orasta kiyinish, saranjom-sarishta yurish, sochlarni ozoda va tartibga keltirilgan holda tutish (o‘g‘il bolalar sochlarining uzunligi meyor (2-3 sm)dan oshmasligi, qiz bolalarning ixcham zirakdan tashqari boshqa taqinchoqlarni taqmasligi lozim);

chiqindilarni faqat maxsus belgilangan idishlarga tashlash;

ustozlar va maktab mehmonlari bilan uchrashganda salom berish;

o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik;

ta’lim muassasasi mulki (parta, stol, stul, doska, o‘simliklar, hayvonot dunyosi va hokazolar)ga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;

maktab yo‘laklarida tinchlikni saqlash, baland ovozda gaplashmaslik;

maktabga o‘quv-qurollari, dars jadvalida belgilangan darsliklar va daftarlar bilan kelish (o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan papka tutishi, kundalik daftarining bo‘lishi, ma’naviyatga zid rasmlar tushirilgan yozuv daftarlaridan foydalanmasligi);

narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlarining iste’mol qilinishi hamda tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik.

 Dars vaqti (sinf xonalari)da:

 dars jarayoniga xalal beradigan harakatlar qilishdan saqlanish;

uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yish;

dars vaqtida o‘rinsiz gaplashmaslik;

jihozlarni asrab-avaylash, partalarga, stol va stullarga chizmaslik;

qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmaslik;

ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik.

 Tanaffusda:

 tanaffusdan unumli foydalanish;

o‘z o‘qish joyini toza saqlash va tartibga keltirish;

navbatdagi dars bo‘ladigan xonaga o‘z vaqtida o‘tish;

fan o‘qituvchisining ko‘rsatmasi bo‘yicha sinfni kelgusi darsga tayyorlash;

katta tanaffus vaqtida navbatchi o‘quvchilar tomonidan sinf xonasining tozaligini ta’minlash.

O`qituvchi: 

        Bugun biz tez sur’atlar bilan o`zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o`ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Axborotlar asri deb yuritilayotgan bu davrda biz o’zimizni-o’zimiz himoya qilmog’imiz lozim. Chunki internet tarmoqlarida berilayotgan har xil ko’ngil ochar hamda zo’ravonlikka moyva sport mashg’illik hissini kuchaytiruvchi o’yinlar zamirida yurtga, millatga bo’lgan tahdid yashiringandir. Shuning uchun har birimiz bunday o’yinlardan yiroq bo’lishimiz, bo’sh vaqtlarimizni mazmunli o’tkazishimiz kerak. Har xil to’garaklar va sport mashg’ulotlari sog’lom turmush tarzimizning bir bo’lagiga aylanmog’i darkor.  

       Har xil spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar inson ongini zaiflashtiradi. Boylikka o’chlik esa tubanlikka yetaklaydi.

Bilimlarning etarli emasligi esa har xil diniy oqimlar ta’siriga tushib qolib, oila hamda yurt tinchligiga rahna solishiga olib keladi.

Shuning uchun inson doima bilim olishga intilishi, zararli illat va odatlardan yuroq bo’lishi zarurdir.

III.Yakuniy qism:

1-topshiriq:Klaster usulida ichkilikbozlikning ijobiy va salbiy tomonlari haqida so’zlab berish topshiriladi.

2- topshiriq :Klaster usulida internet tarmog’ining faodali va zararli oqibatlari haqida so’zlash

Dars yakunida  o’quvchilarni rag`batlantiriladi. 





Автор: Неизвестно
Издано: 2017 году
Категория: Другие
Ваш комментарий:
Введите код с картинки:*
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив