Umum ta'lim maktablarining 5-sinflarida “Tarbiyaviy soat” mashg`ulotlarini tashkil etish bo`yicha metodik qo`llanma (sinf rahbarlari uchun)(eski)

Краткое описание:


7-mavzu:Тил – дил калити (O`zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida” gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan)

Kun shiori: “Ona tili — bu millatning ruhidir”

Maqsad: O`quvchilarda Davlat tiliga bo`lgan hurmatni yanada rivojlantirishni uqtirish.

Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitoblari,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Ona tilim, davlat tilim, o`z tilim-bo`lgin deyman-jahon tillaridan biri”

O`qituvchi: 

Ma'lumki, o'zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog'liqlik til orqali namoyon bo'ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili — bu millatning ruhidir.

Avvalo, respublika Oliy Kengashi qoshida davlat tili bo'yicha taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar, jurnalistlar va jamoatchilik vakillaridan iborat maxsus komissiya tashkil qilindi. Komissiya a'zolari aholining turli ijtimoiy qatlamlari, siyosiy guruhlar, barcha millat va elat vakillari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni atroflicha o'rganib, respublika rahbariyati va keng jamoatchilikka doimiy axborot berib borar edi. Ana shunday ishchanlik ruhida Oliy Kengash sessiyasiga taqdim etiladigan loyihaning har bir moddasi bo'yicha har taraflama fikr almashuv, bahs va munozaralar bo'lib o'tdi.

Nihoyat, 1989-yilning 19-oktabr kuni bu o'ta muhim masala Oliy Kengash sessiyasi muhokamasiga qo'yildi. Va qariyb bir yarim asrlik qaramlikdan so'ng mamlakatimizda o'zbek tili davlat tili deb e'lon qilindi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri  bo'lmish ona tilimiz o'zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo'ldi. Bu Vatanimiz tarixida tor ma'nodagi buyuk voqea edi.

1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan aniq belgilanib, mustahkamlab qo'yildi.  Shu tariqa o'zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog'i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo'li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi. 





Автор: Неизвестно
Издано: 2017 году
Категория: Другие
Ваш комментарий:
Введите код с картинки:*
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив