15- Mavzu: O`quvchilarning yo`l-transport hodisasi ro`y bergandagi vazifalari (Yo`l harakati qoidalari)
Ushbu mavzu “5-6 sinflarda “Yo`l harakati qoidalari”ni o`rgatish yuzasidan mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz
16-mavzu: Yangi yilda yangi orzular. (Yangi yil bayrami yaqinlashishi bilan)
Kun shiori: “Yangi yil kelmoqda, sovg`a-salomi bilan”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, yangi yilni yangi bilimlar bilan boshlash lozim ekanligini uqtirish .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi,shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Yangi yilingiz qutlug` bo`lsin”
O`qituvchi:
Har bir kelayotgan yil o`zgacha bir yangiliklarga boy bo`ladi. Yangi yilni hamma o`zgacha bir hayojon va umidlar bilan qarshi oladilar. Ayniqsa, yangi yilda bolalar juda ham zavqu-shavqqa to`ladilar. Yangi yil yana qish faslida kelganligi bilan ajralib turadi. Qorning oppoq va mayin yog`ishi, bundan bolalar xursand bo`lib, chanalarini olib ko`chalarda mazza qilib, quvnab qish havosidan bahramand bo`ladi.
Har yili Mustaqillik maydonida va barcha viloyat va shahar markaziy maydonlarida ko`m-ko`k archaning turli o`yinchoqlar bilan yal-yal tovlanishi har bir insonning qalbida tinch kunlarga shukronalik tuyg`usini uyg`otadi. Har bir maktabda, jamoat joylarida bayram tantanalari zo`r ko`tarinki, kayfiyat bilan o`tkaziladi.
Yangi yil o`zga yurtlarda masalan, Hindistonning janubida mart, shimolida aprel va g`arbida oktabr oylarida nishonlanadi.
Afrika davlatlari bo`lmish Efiopiya va Myanmada yil almashinuvi sentabr va aprel oylariga to`g`ri keladi.
O`zbekistonda yangi yil 31 dekabrdan 1 yanvarga o`tar kechasi boshlanadi. Soat millari 24-00 ko`rsatganda yangi yil bongi jaranglaydi va televideniya orqali Yurtboshimiz Islom Karimovning tabrigi butun O`zbekiston xalqiga o`zbek va rus tilida taqdim etiladi. Hamma yurtdoshlarimiz bir-birini tabriklay boshlaydilar.
Yana shohidi bo`lamizki, xalqimizning mehribonchiligi va oqibatliligiga.
Topshiriq: Har bir o`quvchi o`zbuva-buvisi, ota-onasi va uka-singillariga atab “yangi yil sovg`asi” tabrigi va otkritkasini yaratadilar.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
17-mavzu: Vatanga muhabbat, Vatan oldidagi burchni anglash. (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan)
Автор: | Неизвестно |
Издано: | 2013 году |
Категория: | Другие |