Umum ta'lim maktablarining 7-sinflarida “Tarbiyaviy soat” mashg`ulotlarini tashkil etish bo`yicha metodik qo`llanma (sinf rahbarlari uchun)(eski)

Краткое описание:


O`qituvchi: 

     Tabiat shunday odil mo`jizaki, atrof-muhitni muvozanatga keltiradi. Chunonchi, chiqarilgan karbonat angidridni o`simliklar yutib, uni kislorodga aylantiradi. Demak, o`simliklar dunyosi, ramziy ma’noda aytganda, havoni chang va karbonat angidriddan tozalab beruvchi bebaho vositadir. Bundan inson o`z atrofini o`rab turgan tabiatni, uning o`simliklar dunyosini ko`z qorachig`iday asrabgina qolmay,  uni boyitishi, qo`lidan kelganicha ko`proq daraxt ekishi, ko`kalamzorlashtirishga intilishi zarur degan xulosa kelib chiqadi. Shuning  uchun ota-bobolarimiz daraxt ekish, bog`-rog` yaratishni savobli ish deb bilishgan. Bir tup mevali daraxt ekkan kishining ikki dunyosi obod bo`ladi, deb bejiz  aytishmagan.

      Inson ehtiyoji uchun zarur bo`lgan suv, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak ham tabiatdanolinadi, hattoki insonning xastalikdan qutulishi, salomatligini tiklash uchun zarur bo`lgan dori-darmonlar ham ona tabiatda yetishgan mevalar, turli giyohlar va ziravorlardan tayyorlanadi. Inson tanasida birorta ortiqcha a’zo bo`lmaganiday, tabiatda ham ortiqcha yaratilgan birorta narsa yo`q. Ularning hammasi hayot uchun zarur. 

    Bugun O`zbekistonda olib borilayotgan har bitta atrof-muhitni tozalash va obodonlashtirish bo`yicha amaliy ishlar qilinmoqda. 

  Bu yo`nalishda tanlovlar olib borilmoqda.

Topshiriq: “Obod turmush yili” munosabati bilan yurtimizda qanday bunyodkorlik  ishlari amalga oshirilmoqda? degan savolga  o`quvchilar respublika bo`yicha va  o`zlari yashayotgan hududlari bo`yicha javob beradilar. 

Izoh: O`qituvchi  jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka  undab boradi. 


4-mavzu: Ko`chalarda piyodalar qanday harakatlanishi kerak (Yo`l harakati qoidalari)

Ushbu mavzu “7-8 sinflarda “Yo`l harakati qoidalari”ni o`rgatish yuzasidan mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan holda o`tiladi.  Elektron manba: www.rtm.uz    



5-mavzu: Ustozlar – elda aziz(1- oktabr – O`qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan)

Kun shiori: “Dunyo imoratlari ichida eng ulig`i maktab bo`lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o`qituvchilik va murabbiylikdir”.

                                         (Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch)

Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, ustozlarni hurmat qilishlarini   rivojlantirish.

Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada:  “Sizga bir umr ta’zimdamiz aziz ustozlar”

O`qituvchi: 

     Inson qalbiga yo`l  avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi.

Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo`lgan yana bir buyuk zot-o`qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz.

   Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas`uliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o`rnimizga keladigan yoshlarning ma`naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o`zimizga yaxshi tasavvur qilamiz.

     Bu yorug` olamda har bir odam o`zining mehribon ota-onasiga, ustoz va muallimlarga nisbatan hamisha minnatdorlik tuyg`usi bilan yashaydi. Inson o`z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta`lim-tarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo`lib shakllanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasiz.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, ma`rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug`i maktab bo`lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o`qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o`ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo`lamiz.

       Biz yurtimizda 1 oktabr sanasini O`qituvchilar va murabbiylar kuni sifatida umumxalq bayrami deb e`lon qilganimizning chuqur ma`nosi bor, albatta.

Bu bayram avvalo o`zining bilim va tajribasi, iste`dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko`z nuri va qalb qo`ri, butun borlig`ini ayamasdan, ma`rifat yo`lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir.





Автор: Неизвестно
Издано: 2013 году
Категория: Другие
Ваш комментарий:
Введите код с картинки:*
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив