Umum ta'lim maktablarining 8-sinflarida “Tarbiyaviy soat” mashg`ulotlarini tashkil etish bo`yicha metodik qo`llanma (sinf rahbarlari uchun)(eski)

Краткое описание:


Mustaqil O`zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog`I - O`zbekiston Respublikasi  Oliy Kengashining navbatdan tashqari o`tkazilgan VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabr kuni tasdiqlangan. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i-mamlakat davlat suverenitetining  ramzlaridan biridir. U bugungi O`zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo`lgan davlatlar bilan  tarixan bog`liqligini anglatadi hamda mamlakatning  milliy-madaniy an’analarini  o`zida mujassamlashtiradi.

  Respublikamizda  davlat ramzlari qonun tomonidan muhofaza qilinadi; O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1994-yilning 22-sentabrida tasdiqlangan va 1995-yilning aprelidankuchga kiritilgan O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga alohida “Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish” deb nomlangan 215-modda kiritilgan. Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog`iston Respublikasining davlat bayrog`i, davlat gerbi yoxud davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat deb ta’riflanib, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlariga mahkum etish jazosi belgilangan.

Davlat ramzi- bu mustaqil davlat belgisidir. U davlat bayrog`i, davlat gerbi, davlat gimni, mamlakat milliy valyutasi, mamlakat Konstitutsiyasida va muhim qaror hamda an’analarida o`z ifodasini topadi.

Prezidentimiz Islom Karimov o`zining “O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura” asarida: “Davlatimiz ramzlari- bayroq, tamg`a, madhiya O`zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtiradi, mana shu ramzlarni e’zozlash o`zining qadr-qimmatiga, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan ishonchni mustahkamlash demakdir”,

deb aniq ta’rif bergan.    

Topshiriq: O`quvchilardan yana qaysi davlat bayroqlarini biladilar va ularga Markaziy Osiyodagi Davlatlar bayrog`ini tasvirlab berish.

Izoh: O`qituvchi  jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka  undab boradi. 


12-Mavzu: Transportda yurish odobi. Yo`nalishi belgilangan transport vositalarining bekatlari va piyodalarning o`tish joylari

(Yo`l harakati qoidalari)

Ushbu mavzu “7-8 sinflarda “Yo`l harakati qoidalari”ni o`rgatish yuzasidan mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan holda o`tiladi.  Elektron manba: www.rtm.uz    


13-Mavzu: Konstitutsiya – baxtimiz qomusi

(O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan)

Kun shiori: Qonun bor joyda intizom bor

Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, Konstitutsiyamizga bo`lgan hurmatni singdirish, davlat ramzlari muqaddas ekanligini singdirish.

Natija: O`quvchilarningerkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.





Автор: Неизвестно
Издано: 2013 году
Категория: Другие
Ваш комментарий:
Введите код с картинки:*
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив