Umum ta'lim maktablarining 9-sinflarida “Tarbiyaviy soat” mashg`ulotlarini tashkil etish bo`yicha metodik qo`llanma (sinf rahbarlari uchun)(eski)

Краткое описание:


16-mavzu:Oilada o`g`il va qiz bolani biron bir kasb-hunarning egasi bo`lishi shartmi (9-sinflar bitiruvchilar uchun)

Kun shiori: “ Hunar hunardan unar”

Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, har bir kasbning o`z o`rniga  ekanligini  uqtirish, har bir shaxs jinsidan qat’iy nazar kasb egasi bo`lishiga haqli ekanligini singdirish.

Natija: O`quvchilarningerkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Hunarli kishi xor bo`lmas”

O`qituvchi: 

      Bordi-yu kishining uchta farzandi bo`lsa, har uchchoviga ham ilm o`rgatgani yaxshi. Agar bunday imkoniyatga ega bo`lmasa, bittasiga ilm o`rgatsin, bittasiga hunar va yana bittasiga ziroat yoki tijorat o`rgatsin. Umuman, ularni biror foydali ish bilan mashg`ul qilish, nobakor va qabih kishilar bilan ulfat, hamsuhbat bo`lishidan qaytarish kerak.

Muhammad ibn Muhammad al-Jomiy 

Hunar chashma erur, oltin-chi shabnam! Hunarni qadrlamagan och qoladi. Insonning hunari uning boshlig’i, pul tugaydi, biroq hunar tugamaydi.

  Mashriqzamin Hikmatlar Bo`stonida  Muhammad Javhar Zamindor shunday deyiladi:

   Ey o`g`il! Bu nasihatlarga quloq sol, kasbu hunar o`rganishdan or qilma, mehnat qilishni o`rgan. Yurt va elning rivoji ham hunarga bog`liq. Eng halol va eng yoqimli yemish va kiyish hunardan hosil bo`ladi. Hunar – yashirin xazina. Kuni kelib dunyo tasodiflari tufayli mol-mulkdan ajralsang ham, hunardan hech qachon ajralmaysan. Hunar sening doimiy hamrohing, madadkoringdir.

  Haqiqatan, har bir o`g`ili bola yoki qiz bola bo`lmasin oilada ularga albatta, birorta bir hunar o`rgatiladi. Masalan, o`g`il bolalarga  qishloq joylarda bo`lsa kemon chopish, suvoq qilish, chorvador bo`lsa, qo`ylarni qirqish, buzilgan narsalarni tuzatish, qiz bolalarga esa kashta tikish, gilam to`qish, ovqat qilish, turli xil pishiriqlar, salatlar o`rgatiladi. 

         Ayniqsa, hozirgi vaqtda shaharlarimizda hunar o`rgatish bo`yicha juda ko`plab, o`quv markazlari ochilganki, bularni ko`rib demak, farzandlarimizni bo`sh vaqtini hunar bilan shug`ullantirishni ma’qul ko`rmoqdalar. Dono xalqimiz juda topib aytganlarki, hunarli kishi xor bo`lmas. 

      Bugungi yoshlarimizni ko`rib havasingiz keladi, ularning qo`lidan kelmaydigan hunarning o`zi yo`q. O`g`il bolalarimiz texnika asboblaridan tortib, kompyutergacha tuzatishni, qizlarimiz esa pishiriqdan tortib, sartorashlikkacha har bir hunarni egallab olmoqdalar.                 Bularning hammasi yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishdir.

Topshiriq:Har bir o`quvchi qanday hunarni bilishi haqida davra suhbati o`tkaziladi.


17-mavzu:  Harbiy bo`lish mening orzuim (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan, 9-sinflar bitiruvchilar uchun)

Kun shiori: “Harbiylik – mardlar kasbi”

Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, har bir kasbning o`z o`rniga  ekanligini  uqtirish, har bir shaxs jinsidan qat’iy nazar kasb egasi bo`lishiga haqli ekanligini singdirish, Vatan himoyachilariga bo`lgan hurmat va iftixorni rivojlantirish.

Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Mardlar qo`riqlaydi, Vatanni!”





Автор: Неизвестно
Издано: 2013 году
Категория: Другие
Ваш комментарий:
Введите код с картинки:*
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив