Umum ta'lim maktablarining 10-sinflarida “Tarbiyaviy soat” mashg`ulotlarini tashkil etish bo`yicha metodik qo`llanma (sinf rahbarlari uchun)

Краткое описание:


2-Mavzu:“Nаmunаli хulq vа оdоb – insоn ko‘rki”

Kun shiori: “Adabiyotga e’tibor-kelajakka, ma’naviyatga e’tibor”

Islom Karimov

Maqsad: O`quvchilarda  vatanparvarlikni singdirish, fan oylikda faol bo`lishga undash, ona tili millat tili ekanligini hech qachon unutmasligi lozim ekanligini ular ongiga singdirish.

Natija: O`quvchilarning  erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika,  shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Ba’zi bir so`zda sehr bordir” (Hadis)

O`qituvchi: 

Insoniyat odobining  va odamiylik asosining ulug` qasri ustunlaridan biri so`zlash va nutqning qimmatbaho gavharini muloyimlik va odob parmasi bilan teshmoqdir. Axloq arkining yuqorisida o`tiruvchilarning aytishicha, insonning kamolati va bilimning baland martabalaridan biri chiroyli gapirish va chiroyli so`zlash bo`lib, bu bog`ning guli aql bahoristonining nasimi bilan ochiladi va saodatning yorqin javohir dasturxonini aql savdogarigina yoza oladi. Yoqimli va qimmatbaho so`zlari donolik va iqbol arbobining toji bo`lgan yunon hakimlarining aytishlaricha, til har bir aql sohibi fazilati xazinasining kalitidir va har kimsaning bilimi miqdori uning so`zlari orqali ma’lum bo`ladi:

                            Har kishi gapirmay turgani zamon,

                            Ayb ila hunari bo`ladi nihon!

Barxurdor ibn Mahmud

Behruz Boqliy shunday degan edi: “Dunyoda menga ikki narsa xushdir: biri dilga yoqadigan so`z, ikkinchisi so`z yoqtiradigan dil. Shodon ko`ngilli kishi shunday kishiki, uning dili so`zdan fayz topa oladi. Yoqimli so`z shunday so`zki, u kishining diliga shodlik yetkiza oladi!” Bayt:

    Jonu tanning quvvati yoqimli shirin so`zdir,

Masihning nafasidan guvohlik berar elga!

                                    Abulbarakot Qodiriy

Mashriqzamin – Hikmat Bo`stoni  

“So`z izlash, so`z o`ylash, so`zga rang-tus berish, uni chiroyli ijroda taqdim etishga urinish, ko`zlarni, quloqlarni o`zingga mubtalo qilish uchun jon teriga tushib jang qilish, bu degani – so`zda o`lib, so`zda tirilish mening hayot tarzimga aylandi”

Tursunoy Sodiqova

   Agar 1897 yilda mamlakatimiz hududida 70 millat va elat vakillari yashagan bo`lsa, 1926 yilda ularning soni 91 taga, 1959 yilda 113 taga, 1979 yilda esa 123 taga yetdi. Hozirgi kunga kelib, ularning soni 130 dan ziyod bo`lib, O`zbekiston aholisi tarkibidagi ulushi 20 foizni tashkil etadi. 

   O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar institute tomonidan o`tkazilgan so`rovnoma natijalari tahlil qilinganda, boshqa millat vakillari, ya’ni slavyan diasporasi (ruslar, ukrainlar, beloruslar) ning – 38,6 foizi, Volgabo`yi xalqlarining (tatarlar, boshqirdlar, chuvashlar) ning – 72,5 foizi, Markaziy Osiyo xalqlari (qozoqlar, tojiklar, qirg`izlar, turkmanlar) ning – 78,2 foizi O`zbekistonni o`zlarining ona Vatani deb hisoblaydilar. Bu boshqa millat vakillarining O`zbekistonni o`z ona yurtidek e’zozlashi hamda uning tiliga bo`lgan munosabat hurmat va ehtirom darajasiga ko`tarilganligidan dalolat beradi.

  Hozirgi paytda ko`pmillatli respublikamizda 27 millat vakillari tomonidan tuzilgan 150 ga yaqin milliy madaniy markaz Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan “Turkiston- umumiy uyimiz” g`oyasi asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan 14 ta milliy-madaniy markaz respublika maqomiga ega. 





Автор: Неизвестно
Издано: 2017 году
Категория: Другие
Ваш комментарий:
Введите код с картинки:*
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив