Ushbu uslubiy qo’llanmada PHP texnologiyalarini ishlash printsiplari, asosiy komponentlari va asosiy imkoniyatlari keltirib o`tilgan. Qo`llanmada webserverlarni o`rnatish, PHP sintaksisini, operator va funksiyalari bilan ishlash, MySql MBBT bilan ishlashni hamda ulardan foydalanib ma`lumotlarni qayta ishlash, cookie va sessiyalar bilan tanishish.
Interaktiv o’quv materiallarini tayyorlashdan oldin C++ dasturlash tili, statik ma’lumotlar tuzilmalari va interaktiv o’quv materiallarini tayyorlashda foydalaniladigan dasturiy taminotlar o’rganib chiqilgan. Bu interaktiv o’quv materiallaridan C++ dasturlash tilini o’rganishda va o’quv jarayonida foydalanilsa, ta’lim oluvchilar mustaqil, erkin va ixtiyoriy bilim оlish imkоniyatiga ega bo’ladi
C++ dasturlash tilida STL kutubxonasidagi dinamik strukturalar o’rganib chiqildi (ro’yxat, stek, navbat). O’quv materiallarini tayyorlash jarayoni o’rganilgan. O’quv materiallarini tayyorlashda foydalaniladigan dasturiy ta’minotlar o’rganildi va shular asosida o’quv materiallar tayyorlangan. C++ dasturlash tili, dinamik strukturalar, o’quv materiallarini tayorlashda foydalaniladigan dasturiy ta’minotlar. C++ dasturlash tilida STL kutubxonasidagi dinamik strukturalarni o’rgatishda eng samarali usul va metodlarni ishlab chiqish va undan o’quv materiallarini tayyorlashda foydalanish.
Ushbu qo`llanmada XML tili va uning imkoniyatlar, PHP tili orqali XML dan foydalanish haqidagi boshlang`ich tushunchalar keltirilgan. Web dastrulash bilan mustaqil o`rganuvchilar uchun mo`ljallangan. Bundan tashqari XML bilan ishlashni o`rganishni xohlovchilarga mo`ljallangan bo`lib, ular mazkur qo`llanmadan foydalanishi maqsadga muofiqdir.
Malakaviy ish maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi. ASP.NET web dasturlash texnologiyasini imkoniyatlarini o’rganish, modul yaratishda ASP.NET texnlogiyasidan foydalanib uning imkoniyatlarini ko’rsatish. HTML, Java script, ASP.NET texnologiyasi, SQL tili va bloklar. WEB serverni dasturlashda ASP.NET texnalogiyasidan va ma’lumotlar bazasi ma’lumotlarini ishlashda SQL tilidan faydalanilgan.
Bitiruv malakaviy ishi Phet tizimida virtual laboratoriyalarni tayyorlash metodologiyasiga asoslangan. Phet dasturida virtual laboratoriyalarbo’yicha uslubiy qo’llanma tayyorlagandan so`ng talabalar bu qo’llanmani ma`lumotlari bilan tanishib chiqib keyin dars jarayonida to’liq foydalanishlari mumkin.
Avtomatlashtirilgan tizimlar hozirgi kunda alohida mavqega ega sanaladi. Ushbu tizimini yaratishda Visual studio 2012 muhitida zamonaviy dasturlash tili C# dan foydalanish, MS ACCESS ma’lumotlar omborini qo’llash bitiruv malakaviy ishimizning predmeti sanaladi. C# dasturlash tili orqali MS ACCESS ma’lumotlar omboriga bog’lanish, C# dasturlash tili orqli multimedia imkoniyatlarni o’rganish va dasturiy vositaga tadbiq qilingan.
Tadqiqot obyekti bo’lib, Buxoro Davlat Universiteti marketing bo’limida to’plangan ma’lumotlar bazasi, Buxoro Davlat Universitetining shartnoma to’lovlari holatini ko’rish uchun yaratilgan rasmiy web sayti (https://shartnoma.buxdu.uz), internet tarmog’ida joylashtirilgan materiallar, algoritmik tillar (PHP, HTML, JSON) telegram messenjerining grafikasi elementlari, jumladan telegram ijtimoiy tarmog’ining grafik imkoniyatlari hisoblanadi.

Сўровнома

Оцените работу движка

Бошқа сўровномалар