Fandan laboratoriya ishlari bajarish bo`yicha tuzilgan mazkur uslubiy ko`rsatma oliy o`quv yurtlarining bakalavriatura bosqichi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, unda kimyoning asosiy stexiometrik qonunlari, kimyoviy reaktsiya tezligi va muvozanat, eritmalar va ularning xossalari, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari hamda metallarning xossalariga oid tajribalar berilgan. Talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida savol va mashqlar keltirilgan.
Majmua zamonaviy pedagogik texnologiya talablariga mos ravishda tayyorlanib, unda dars maqsadi, identiv o’quv maqsadlari, mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar, nazorat savollari va mustaqil ish topshiriqlari keltirilgan. O’quv metodik majmuaning IV-qismida talabalar tomonidan bajarilishi lozim bo’lgan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish tartiblari bayon qilingan.
Ma’ruzalar matnlaridan akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining o’qituvchilari va talabalari ham foydalanishlari mumkin. Ma’ruzalar matni NamMPI «Kimyoviy texnologiya» kafedrasining 2005 yil 22 iyundagi (11-sonli bayonnoma) va NamMPI ilmiy-uslubiy kengashining 2005 yil 20 iyuldagi (12-sonli bayonnoma) majlislarida ko’rib chiqilgan va chop ettirishga tavsiya etilgan.
Дарсликда оҳак, гипс, магнезиал боғловчи моддалар ва турли цементлар тайёрлашнинг технологик схемалари, улар олинадиган хом ашёлар ҳамда бу материалларнинг характеристикаси, уларнинг синфланиши ҳақида энг янги маълумотлар келтирилган, боғловчи моддалар, хусусан цементнинг қотишида руй берадиган жараёнлар талқин этилган ва уларга хос физик-механик хоссалар ҳамда уларни ишлатиш соҳалари ёритилган.
Ma'ruzalar matnida atom, molekula tuzilishi, kimyoviy bog'lanish muammolari, termodinamika asoslarining kimyoda qo'llanilishi, kimyoviy kinetika, eritmalar haqidagi ta'limot, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, elektro-kimyo asoslari bayon qilingan. Har qaysi mavzuning oxirida nazorat savollari va tayanch iboralari keltirilgan.
«Umumiy va noorganik kimyo» fani kasb ta’limi (Kimyoviy texnologiya) yo’nalishi «Matematik va tabiiy fanlari»ning asosiy fanlaridan biri hisoblanadi. Ushbu muammoli ma’ruzalar matni «Umumiy va noorganik kimyo» fanining amaldagi dasturlari asosida hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining «Fanlar bo’yicha ma’ruzalar matnlarini tayyorlashga eslatma»sida ko’rsatilgan talablarni nazarda tutilgan holda yozilgan. Ma’ruzalar matnida kimyoning asosiy qonun va tushunchalari, atom va moddalarning tuzilishi to’g’risidagi hozirgi zamon tasavvurlari, davriy qonun va elementlar davriy sistemasi, kimyoviy jarayonlarni amalga oshirish qonuniyatlari, metallar va ularning xossalari alohida ko’rsatib o’tilgan.
Ушбу маърузалар матни З.М.Бобур номидаги Андижон давлат университети умумий кимё кафедраси томонидан тайёрланган бўлиб, факультетининг илмий Кенгаши ва университетнинг услубий Кенгаши томонидан қўлланилиш учун тавсия этилган.
Ушбу дастур педагогика Университети ва Олий укув юртларининг Кимё йўналиши бўйича бакалавр ўқитувчи ихтисоси учун уқув дастури сифатида тавсия этилади. Дастурда анорганик ва органик моддалар ишлаб чиқариш технологиясининг асослари кўрсатилган.
Ушбу ўқув-қўлланма 5522500 «Нефть, нефть ва газни қайта ишлаш технологияси», 5522400 «Кимёвий технология. Кимёвий технология жараёнлари», 850100 «Атроф-муҳит муҳофазаси» бакалавриат таълим йўналишларида белгиланган «Кимёнинг махсус боблари» фани бўйича тайёрланган.
Ko`pincha neft o`z tarkibida to`yingan uglevodorodlar (alkanlar, metan uglevodorodlari yoki parafin uglevodorodlar deb ham ataladi), sikloalkanlar (naften uglevodorodlar) va aromatik uglevodorodlar (arenlar) ni saqlaydi. Neft qaysi kondan qazib chiqarilganligiga qarab tarkibi turlicha bo`ladi. Masalan, Volgograd oblastidagi va Farg`ona vodiysidagi neftlar. Ayrim hollarda 1 regiondan qazib olingan 2 xil neft o`zaro keskin farq qilishi mumkin.

Сўровнома

Оцените работу движка

Бошқа сўровномалар