Amir Temur faoliyatida adolat tamoyiliga asoslanishi

Hukmdor o’z siyosiy mavqeini saqlab qolishi uchun uning adolatli va komil inson bo’lishi yetarli emas, maqsadga erishish uchun uning atrofidagi mansabdorlar ham o’z kasbining ustasi, fidoyi va halol bo’lishlari kerak. Amir Temur o’zi tayinlagan vazirlar, amaldorlar va sipohiylar vositasida davlat boshqaruvini amalga oshirganligi uning eng katta yutuqlaridan biridir. Amir Temur ayniqsa, vazirlar tanlash masalasini to’g’ri hal qilishga intilgan. U podshoh “qoshida adolatli vazirlar tutsin, toki podshoh zulm qilgudek bo’lsa, odil vazir uning chorasini topsin. Agarda vazir zolim bo’lsa, ko’p o’tmay saltanat uyi qulaydi”- deb ta’lim bergan. Amir Temur boshidanoq boshqaruv jilovini o’z qo’lida mustahkam ushlagan bo’lsa ham hokimiyatni o’z xodimlariga bo’lib berish, ammo ularning ustidan nazorat o’rnatish yo’lidan borgan. Bundan Amir Temurning mamlakat ichkarisidagi muxolif kuchlarga nisbatan qo’llagan taktikasini anglab yetish mumkin. Hukmdor davlat qudratining ramzi bo’lganligi sabab uning ozgina salbiy hatti-harakati ham ommaga tez ta’sir etadi. Uning har qanday masalada adolatli, rahmdil va mehribon bo’lishi hamda qonunlarning ijrosini ta’minlay bilishi yutuqlariga kafolat bo’lib xizmat qiladi. Tarixiy saboqlar shaxsan Amir Temurning o’zi va oilasi qonunlar ijrosini ta’minlashda xalqqa o’rnak bo’lganligini ko’rsatadi. Uning fikriga ko’ra “saltanat ishlarini ishonchli va mo’tabar bir necha kishiga bo’lib berish lozim. Shunda har biri o’z ishiga bog’lanib, saltanat taxtiga ko’z olaytira olmaydi” . Bundan Amir Temur o’sha davrdayoq hokimiyatning bo’linish tamoyili boshqarishni tashkillashtirishning maqbul usullaridan ekanini anglab yetgani, uning davlatchiligida ana shunday kurtaklar mavjud ekanini anglash mumkin.

Муаллиф: Janonov F
Нашр қилинган йили: 2017

Юклаб олиш

Фикр қолдириш

Муаллиф ва фойдаланувчиларга сизнинг фикрингиз фойдали бўлиши мумкин.

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Фикрлар 0