Milliy mafkura tushunchasi va uning mohiyati

Xalqimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, boy tarixiy merosimizga, ma’naviy qadriyat va an’analarimizga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. Bu davrda, davlatimiz rahbari Islom Karimovning “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida ta’riflanganidek, insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch –ma’naviyatga eng ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida ulkan e’tibor qaratildi. Istiqlol yillarida ko‘hna tariximiz, boy madaniy-ma’naviy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi, aziz-avliyolarimizning qarovsizlikdan nurab, deyarli yo‘q bo‘lib ketish arafasiga kelib qolgan maqbaralari, masjid va madrasalar tubdan ta’mirlandi. Bugungi kunda mehr-oqibat, bag‘rikenglik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yuragimizning tub-tubidan o‘rin oldi. Ushbu holatlarni tahliliga bag‘ishlangan “Sharq mutafakkirlari merosining milliy mafkura rivijida tutgan o’rni” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi bugungi kunda dolzarb masalalardan hisoblanadi. Talaba azaldan yurt tinchligi va obodligi, yangi avlodning ajdodlar ruhiga sadoqati, ulardan qolgan merosni avaylash va boyitishga safarbar qilib tarbiyalash yo‘lida hormay-tolmay mehnat qilib, yashab kelayotgan xalqimizning buyuk farzandlari haqida asrlar osha jahon taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shib kelganligini ta’kidlaydi. Ularning ilm-fan va ma’naviyat sohalarida erishgan yuksak natijalari SHarqu G‘arbni o‘zaro bog‘lagan, buyuk sivilizasiya o‘choqlarini tutashtirganligini aytib otadi.

Муаллиф: Номаълум
Нашр қилинган йили: Номаълум

Юклаб олиш

Фикр қолдириш

Муаллиф ва фойдаланувчиларга сизнинг фикрингиз фойдали бўлиши мумкин.

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Фикрлар 0