Oilada farzand tarbiyasi

Inson aslida baxt va ezgulik uchun dunyoga keladi, shu orzu-umid bilan yashaydi. Lekin bu bilan ish bitmaydi, u shu niyatiga yetishi uchun intilishi, g'ayrat ko'rsatishi, yaxshilik ko'rishi uchun yaxshilik qilishi lozim. Insonning shakllanishida, hayotda o'z o'rnini topishida, el-yurt ichida izzat-hurmatga sazovor bo'lishida, yuksak axloq-odob qoidalarini o'zida mujassam etishida oila asosiy o'rinni egallaydi. Oila shunday makonki, unda hayotning davomiyligini ta'minlovchi shaxs shakllanadi, etnik madaniyat, urf-odatlar, axloqiy-milliy qadriyatlar saqlanadi va rivojlantiriladi, jamiyat taraqqiyotini belgilovchi iqtisodiy va ma'naviy hayot poydevori qo'yiladi va mustahkamlanadi. Oila anil va totuv bo'lsa, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi.

Муаллиф: Номаълум
Нашр қилинган йили: 2006

Юклаб олиш

Фикр қолдириш

Муаллиф ва фойдаланувчиларга сизнинг фикрингиз фойдали бўлиши мумкин.

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Фикрлар 0