Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsad va vazifalari, metodologik asoslari

Milliy istiqlol tufayli O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishdi. Mamlakatimizda insonparvar, demokratik jamiyat, huquqiy davlat qurilishi jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Endigi vazifa mustaqilligimizni har tomonlama mustahkamlash, mamlakatimizni jahonning rivojlangan davlatlari darajasiga ko‘tarishdan iboratdir. Bunday inqilobiy o‘zgarishni amalga oshirmoq uchun, milliy istiqlol g‘oyalarining maqsad va vazifalarini, ya’ni insonparvar, demokratik jamiyat strategiyasi va taktikasini mamlakatimizning har bir fuqa-rosi, xususan jamiyatimiz kelajagi bo‘lgan har bir yigit-qiz ongiga singdirishimiz zarur. Aniqroq qilib aytganimizda, mamlakatimiz fuqarolarini insonparvar, demokratik jamiyat qurish g‘oyasi atrofida birlashtirishimiz darkor. Ana shunday umumjamiyat, umumdavlat ahamiyatiga molik ulkan vazifa milliy istiqlol mafkurasi yordamida amalga oshiriladi. Xuddi shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 18 yanvardagi Farmoni bilan “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” alohida fan qilib ta’lim tizimiga kiritildi.

Муаллиф: Номаълум
Нашр қилинган йили: 2010

Юклаб олиш

Фикр қолдириш

Муаллиф ва фойдаланувчиларга сизнинг фикрингиз фойдали бўлиши мумкин.

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Фикрлар 0