11-Sinf Barcha fanlardan yillik ish rejalar (2018-2019)

Краткое описание:


19-mavzu: Yaxshi tarbiya - inson ziynati. (1 soat) 

O‘quvchilar qalbi va ongiga odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish tuyg‘ularini singdirish, ularni zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviq qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlardan himoya qilish, o‘quvchilarda ichkilikbozlik, giyohvandlik va “ommaviy madaniyat” kabi bizga yot illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish.


20-mavzu: Bobolarimiz deydilar… (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan).

(1 soat) 

O‘quvchilarda avliyolar avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlar sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bo‘lgan hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyg‘ularini singdirish. Shuningdek, ularda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga ona Vatanga mehr-muhabbat, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarini singdirish.


21-mavzu: Dono bobolar o‘gitlari. (Xalq maqollari va matallari haqida) (1 soat) 

O‘quvchilarning xalq maqollari va matallarini hamda vatanimiz hududidan yetishib chiqqan buyuk allomalar ma’naviy merosini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish orqali ularda mehr-oqibatlilik, insoniylik, vatanparvarlik, rostgo‘ylik, halollik, ilmlilik, or-nomuslilik, samimiylik, ajdodlar merosiga hurmat va sadoqatlilik fazilatlarini tarbiyalash.


22-mavzu: Bizni dunyo taniydi (2 mart O‘zbekiston BMTga qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat)

Mustaqil O‘zbekiston – seni tanidi jahon. Mustaqillik kunini nima uchun eng ulug‘, eng aziz ayyom sifatida bayram qilinishi,hayotimizdagi bugungi imkoniyatlar qanday paydo bo‘lganligi, sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirganligi, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning buyuk ma’naviy jasorati va o‘tmishni unutmaslik haqida aytgan fikrlari. 


23-mavzu: Mehribonim onam (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).

(1 soat) 

O‘quvchilarga  aziz onajonlarimiz va opa-singillarimizga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘ularini singdirish orqali ularni “Ayolga e’tibor – kelajakka e’tibor”, “Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat ham baxtli bo‘ladi” degan g‘oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalash. 


24-mavzu: Odobli bola elga manzur. (1 soat) 

O‘quvchilar qalbi va ongiga odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish tuyg‘ularini singdirish, ularni zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviq qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlardan himoya qilish, o‘quvchilarda ichkilikbozlik, giyohvandlik va “ommaviy madaniyat” kabi bizga yot illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish.


25-mavzu: Navro‘z  bahor bayrami ( 21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan).(1 soat) 

O‘quvchilarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizga hurmat tuyg‘ularini kuchaytirish orqali ular ongiga mehr-oqibat, insoniylik, milliyligini yo‘qotmaslik, boy, asrlardan asrlargacha yetib kelayotgan urf-odatlarimizni saqlab qolish xislatlarini tarbiyalash.


26-mavzu: Mehnat-mehnatning tagi rohat. (1 soat) 

O‘quvchilarda mehnatga bo‘lgan to‘g‘ri munosabatni shakllantirish orqali ularga halol mehnat bilan topilgan boylik hech qachon yo‘q bo‘lmasligi haqidagi tushunchalarni singdirish, o‘quvchilarni aqliy va jismoniy mehnatga o‘rgatish hamda ularda jamoa bilan birgalikda mehnat qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash, ularga orzu va orzusi bo‘yicha tanlagan kasbining mohir ustasi bo‘lib yetishishlarida, barcha  orzularining ro‘yobga chiqishida irodaning, mehnatning, harakatning va ustozlar o‘gitining o‘rni alohida ahamiyat kasb etishligini tushuntirish.


27-mavzu: Ona tabiat qo‘ynida. (1 soat)

Ekskursiya mashg’uloti orqali o‘quvchilar ongida atrof-muhitga, olam va odamga, hayvonot va o‘simlik dunyosiga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo’lish, tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, atmosfera va atrof-muhit tozaligini asrash, tarixiy va tabiiy boyliklarni asrash tuyg‘ularini shakllantirish.


28-mavzu: Men sevgan ertak qahramoni. (1 soat)

Ertak qahramonlari o‘quvchilarga orzu va orzusi bo‘yicha tanlagan kasbining mohir ustasi bo‘lib yetishishlarida kuchli ta’sir ko‘rsatishi, shu bilan bir qatorda orzularining ro‘yobga chiqishida irodaning, mehnatning, harakatning va ustozlar o‘gitining o‘rni alohida ahamiyat kasb etishligini va bu jarayonda ertaklarning ahamiyatini tushuntirish.


29-mavzu: Mening qahramonim. (1 soat) 

Men sevgan qahramon. Qahramon deganda kimlar anglanishi, haqiqiy qahramonlik nima ekanligi, bugungi va ertangi kun qahramonlari kimlar bo‘lishi haqida tushunchalar hosil qilish.


30-mavzu: Bobom xotiralari (Xotira va qadrlash kuni oldidan). (1 soat)

O‘quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuyg‘ularini singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda ajdodlarga munosib voris bo‘lish xislatlarini tarbiyalash.


31-mavzu: Kitobim - oftobim. (1 soat) 

O‘quvchilarda kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, hayotni o‘rgatuvchi murabbiy ekanligi haqida tushunchalar hosil qilish orqali ularning qalbi va ongiga kitob o‘qishga bo‘lgan munosabat, kitobni asrab-avaylash va kitobga mehr-muhabbat tuyg‘ularini singdirish.


32-mavzu: Yoz – o‘tadi soz! (1 soat) 

O‘quvchilarga yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berish, ularga yozgi oromgohlarga yoki cho‘milish havzalariga borganda ehtiyot bo‘lishlikni uqtirish.


33-mavzu: Men 1-sinfni tugatdim (Maktab haqida taassurotlarim). (1 soat) 

O‘quvchilarning o‘quv yili davomidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, ularga yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berish, yozgi oromgohlarga yoki cho‘milish havzalariga borganda ehtiyot bo‘lishlikni uqtirish va albatta kattalar nazorati ostida borishlikni tushuntirish.





Автор: AIM
Издано: 2018-2019 году
Категория: Разработка уроков
Ваш комментарий:
Введите код с картинки:*
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив