Jahon madaniyati bosqichlari. Ibtidoiy va qadimgi davr madaniyati.

Краткое описание:


Ibtidoiy jamoa tuzumi – insoniyat tarixidagi birinchi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum bo'lib, u ibtidoiy odamlarning paydo bo'lishidan to sinfiy jamiyat yuzaga kelguniga qadar bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Bu davrda kishilar hayotining umumiy sharoiti va shu bilan birga, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi darajasining past bo'lishi va ularning xarakteri birgalikda, jamoa bo'lib mehnat qilish zaruriyatini tug’diradi, jamoa mehnati esa ishlab chiqarish vositalariga ham va mahsulotlarga ham jamoa bo'lib egalik qilishga olib keladi. O'tmishda butun kishilik ibtidoiy davr yo'lini bosib o'tgan. Ayrim qabilalar va xalqlar bu davrni ma'lum darajada mustaqil bosib o'tib, o'z madaniyatini yaratgan va umuman madaniyat hazinasiga o'z hissasini qo'shgan. Biroq bunchalik uzoq o'tmishdan saqlanib qolgan ma'lumotlarning kamligi va g’oyat bo'lak-bo'lakligi tufayli, ayrim qabilalar va xalqlarning ibtidoiy tarixini har tomonlama va to'la tiklash uchun hozircha imkoniyat yo'q.



Автор: Атакулова М.
Издано: в 2014 году
Категория: Реферат
Ваш комментарий:
Введите код с картинки:*
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив