"Ájaǵa" - M.Jumanazarova
Minayxan Jumanazarova qalamiga mansub ushbu kitobda uning oʻziga xos uslubda yozilgan turli janrdagi asarlari jamlangan. Kitobda muallifning chinakam oʻzbekona mehr-muhabbati, qalbiy tuygʻulari, shaxsiy hayotiy voqealari, xususan, buvisi bilan boʻlgan munosabatlari, yaqinlari bilan kechirgan lahzalari, xalqimizning urf-odatlari, milliy qadriyatlar, jamiyatdagi ijtimoiy masalalar, maʼnaviy qadriyatlar, shaxsiy hayotning achchiq-chuchuklari, baxt-saodat izlash yoʻllari, hayotiy qiyinchiliklar va ulardan chiqish yoʻllari oʻzining samimiy va taʼsirchan uslubida yoritilgan. Ijodkorning hayot haqidagi oʻy-xayollari, dunyoqarashi, millatimiz taqdiriga boʻlgan eʼtibori hamda qiziqishlari ham kitobga singdirilgan.