"Рустамхон" достони сўз бойлиги (лексикографик, функционал-семантик ва лингвостилистик таҳлил)
Ushbu avtoreferat Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan dissertatsiya asosida tayyorlangan boʻlib, unda "Rustamxon" dostonining leksik-semantik, funksional-stilistik jihatlari hamda leksik manbalari ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqotda dostonning boy til xazinasi, undagi metaforalar, frazeologik va parimologik birliklarning lingvistik xususiyatlari, shuningdek, koʻp maʼnoli soʻzlar va ularning oʻrni ilmiy jihatdan oʻrganilgan. Tadqiqot natijalari zamonaviy oʻzbek tilshunosligi, filologiya va lingvistik folklorshunoslik uchun muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.