"99 maslahat" - T.Qayipberganov
Ushbu kitob, Toʻlepbergan Qayipberganov qalamiga mansub boʻlib, kitobda 99 ta pand-nasihat va hayotiy tajribalar bilan boʻlishilgan. Kitob yosh avlodga, ayniqsa XXI asrda voyaga yetayotgan yoshlarga yoʻnaltirilgan boʻlib, unda hayotning turli qirralari, insoniy munosabatlar, milliy qadriyatlar, oʻzlikni anglash, oila tarbiyasi, Vatanga muhabbat kabi muhim mavzular chuqur tahlil etilgan. Muallif oʻzining boy hayotiy tajribasi va koʻplab xulosalariga asoslanib, yoshlarga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatishga harakat qiladi. Kitob hayotning murakkab yoʻllarida adashmaslik, haqiqiy baxtni topish va maʼnaviy kamolotga erishish uchun yoʻl-yoʻriqlar beradi.