“Investitsiya loyihalarini boshqarish” fanidan amaliy mashg’ulotlar olib borish uchun uslubiy qo’llanma
Ushbu uslubiy qo'llanma "Investitsiya loyihalarini boshqarish" fanidan amaliy mashg'ulotlar olib borish uchun mo'ljallangan. Unda fan mavzulari bo'yicha turli xususiyatlar va murakkabliklarga ega topshiriqlar, jumladan, kalit so'zlar, mustaqil o'zlashtirish uchun savollar, testlar, masala va topshiriqlar keltirilgan. Qo'llanma magistrantlar, oliy o'quv yurtlari pedagoglari, ushbu fandan dars olib boruvchi professor-o'qituvchilar hamda fanni mustaqil o'rganuvchilar uchun mo'ljallangan.