Elektrotexnika va elektronika
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan muhandislik-qurilish instituti tomonidan tayyorlangan «Elektrotexnika va elektronika» fanidan o‘quv-uslubiy majmua bo‘lib, unda elektrotexnika fanining asosiy qonunlari, elektr mashinalari, transformatorlar, yarim o‘tkazgichli asboblar, elektr o‘lchash usullari va energiyani hisoblash kabi muhim mavzular yoritilgan. Kitobda nazariy ma’lumotlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlar uchun ham materiallar, nazorat savollari va keyslar keltirilgan. "FSMU" mantiqiy fikrlashga o’rgatuvchi texnologiya, klaster usuli, Venn diagrammasi kabi interfaol o’qitish metodlaridan foydalanish ham ko’rsatilgan. Kitobda O‘zbekistonning energetika tizimi, gidroenergetika, issiqlik elektr stantsiyalari va atom elektr stantsiyalari haqida ham ma’lumotlar berilgan.