Erkin Samandarning “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” romanida tabiat va inson munosabatlari badiiy talqini
Ushbu kitobda Erkin Samandar qalamiga mansub boʻlgan “Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq” romani Erkin Samandarning oʻziga xos uslubi, obrazlar tizimi, ijtimoiy-falsafiy va badiiy-estetik jihatlari chuqur tahlil qilinadi. Kitobda tabiat va inson munosabatlarining romanda badiiy talqini, Orol dengizining qurishi kabi ekologik muammolar, insonning tabiatga nisbatan yondashuvi va uning oqibatlari chuqur oʻrganilgan. Shuningdek, romandagi personajlarning, ayniqsa Ganja va Amudaryo obrazlarining ochib berilishi, ularning tabiat bilan boʻlgan aloqasi atroflicha tahlil qilingan. Kitobda Erkin Samandarning oʻzbek nasri tarixida oʻziga xos oʻrin tutishi, uning ijodiy mahorati va jahon adabiyotiga qoʻshgan hissasi haqida ham fikr yuritiladi.