Yo'nalishga kirish
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasida kommunal infratuzilma va uy-joy kommunal xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Kitobda O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish, boshqarish tizimi, moliyaviy-iqtisodiy masalalari, tarif siyosati, aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish kabi muhim mavzular chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, kommunal xo‘jalikning tarkibi, moliyaviy ko‘rsatkichlari, mexanizmlari, jismoniy va ma’naviy eskirishini hisoblash uslublari, investitsiyalar va resurslardan samarali foydalanish kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.