Ўзбек ва инглиз бадий матнларида дискурс холати
Ushbu dissertatsiya ingliz va oʻzbek badiiy matnlarida diskursning lingvopragmatik va lingvosemantik jihatlarini tadqiq etadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi diskurs tushunchasini, uning tilshunoslikdagi oʻrnini aniqlash, matn va diskursning oʻzaro uygʻunligini yoritib berish hamda ingliz va oʻzbek badiiy matnlarida diskursning qiyosiy tahlilini aniqlashdir. Ishda deskriptiv, qiyosiy-chogʻishtirma tahlil metodlaridan foydalanilgan. Ingliz va oʻzbek badiiy matnlarida diskurs kategoriyalarining tahlili va ularning tasnifi ishning yangiligi hisoblanadi. Tadqiqotda diskursning nazariy asoslari, uning muhim kategoriyalari (propozitsiya, presuppozitsiya, implikatura, deyksis, inferensiya, referensiya) hamda ularning badiiy matnlarda qoʻllanishi tahlil qilingan. Xususan, Abdulla Qahhorning “Dahshat