Олмалиқ кон-металлургия комбинати АЖда хомаки мис ишлаб чиқаришнинг энергия самарадорлигини ошириш
Ushbu dissertatsiya O‘zbekiston Respublikasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda mis qazib olish va qayta ishlash jarayonlarining energiya samaradorligini oshirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda energiya iste'molining asosiy omillari aniqlanib, energiya sarfini kamaytirish bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xususan, xomashyoni yuklash darajasining energiya sarfiga ta'siri o'rganilib, texnik kislorod va siqilgan havoni ishlab chiqarishda energiya sarfini hisoblash metodikasi ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari asosida zamonaviy, iqtisodiy jihatdan samarali energiya tejamkor uskunalar joriy etilgan va texnologik jarayonlar optimallashtirilgan.