"Қубла арал бойы дельтасындағы қарақалпақлар: хожалығы ҳәм мәденияты (XIX әсирдиң ақыры – XX әсирдиң басы) "
Ushbu maqola Qoraqolpog'iston hududidagi xalqning ijtimoiy va madaniy hayotini o'rgangan rus tadqiqotchilari va sayohatchilarining ilmiy izlanishlari va xotiralarini tahlil qiladi. Xususan, XIX asrning 70-yillaridan XX asr boshlarigacha bo'lgan davrda Urta Osiyo, Xiva xonligining Rossiya tomonidan bosib olinishi bilan bog'liq ekspeditsiyalar davomida o'tkazilgan ilmiy safarlar va tadqiqotlar natijalari bayon etiladi. Maqolada o'sha davrdagi qoraqalpoq xalqining turmush tarzi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, iqtisodiyoti (baliqchilik, chorvachilik), madaniyati, tilshunosligi, arxeologiyasi, geografiyasi va boshqa ko'plab jihatlar haqida xorijiy sayohatchilar va tadqiqotchilar (N.G. Stoletov, N.M. Bogdanov, A.P. Kun, N.N. Zubov, N.A. Severtsov, N.N. Karazin, Hugo Stumm, David Ker, L. Sobolev, A.V. Kaulbars, Riza Kuli Mirza, Eliza Reclus, V. Mushketov) tomonidan yozilgan asarlar tahlil qilinadi. Shuningdek, qoraqalpoqlarning kelib chiqishi, urug'-aymoqlarga bo'linishi, joylashuvi, moddiy madaniyatiga oid ma'lumotlar ham keltiriladi. Ushbu asarlar orqali o'sha davrdagi qoraqalpoqlar haqida boy ilmiy va tarixiy ma'lumotlar to'plangan.