"C" da ko’p qiymatli analitik funksiyalar
Ushbu bitiruv malakaviy ishi ko'p qiymatli funksiyalar va ularning Riman sirtlarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda analitik funksiyalar nazariyasining asosiy tushunchalari, xususan analitik davom ettirish, kanonik elementlar, elementar funksiyalar va ularning xossalari, ko'p qiymatli funksiyalarning tarmoqlari va ularni ajratish usullari, hamda Riman sirtlari batafsil ko'rib chiqilgan. Ish kompleks analizning fundamental masalalariga bag'ishlangan bo'lib, matematika yo'nalishi talabalari uchun foydali bo'lishi mumkin.