Марказий Осиё давлатларидаги ўзбеклар: тарихий таҳлил (1991-2020 йиллар)
Ushbu dissertatsiya Markaziy Osiyo davlatlaridagi oʻzbeklar tarixi va ularning transformatsion jarayonlarini oʻrganadi. Tadqiqotda oʻzbeklarning milliy-madaniy birlashmalari, matbuot organlari va Oʻzbekiston bilan hamkorlik aloqalari, shuningdek, milliy oʻzlikni anglash, til, madaniyat, urf-odatlar va anʼanalarni tiklash jarayonlari, shular jumlasidan milliy ozchiliklar va asosiy millat oʻrtasidagi munosabatlar atroflicha koʻrib chiqilgan. Tadqiqotda Markaziy Osiyo davlatlaridagi oʻzbeklarning demografik, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti, jumladan, ularning migratsiyasi, jamiyatdagi oʻrni va boshqa muhim masalalariga oid keng qamrovli tahlillar keltirilgan.