Глобаллашув даврида давлатлараро ўзаро ҳамкорлик, тараққиёт ва хавфсизликни таъминлашда Ўзбекистон давлатининг ўрни ва роли
Maqolada globallashuv davrida davlatlararo hamkorlik, taraqqiyot va xavfsizlikni ta'minlashda O'zbekiston davlatining o'rni va roli masalalari yoritilgan. XXI asr globallashuv asri ekanligi, davlatlarning milliy va xalqaro huquqiy tizimini takomillashtirish zarurligi ta'kidlangan. Shuningdek, xalqaro maydonda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash, terrorizmga qarshi kurashish, Afg'onistondagi vaziyatni hal etish kabi masalalarda O'zbekistonning faoliyati va tashabbuslari ko'rib chiqilgan.